Neyl yarim kubik parabolasining yoy uzunligi
Matematika tarixida notrivial algebraik egri chiziqning yoy uzunligini aniqlagan ilk olim Angliyalik Uilyam Neyl (1637-1670) bo'ladi. Uilyam Neyl 1657-yilda yarim kubik parabola deb nomlanadigan va y2=ax3 tenglama orqali ifodalanadigan egri chiziq uchun yoy uzunligini hisoblashning uddasidan chiqdi. Agar tenglamani y=±bx3/2 tarzida shakl almashtirishga keltirilsa, nima sababdan egri chiziqni yarim kubik deb nomlanishi oydinlashadi va "kubning yarmi" masalaga qayerdan aralashib qolayotganini payqash mumkin bo'ladi. Neylning ushbu yo'nalishda qayd etgan natijalari haqida yana bir yetuk matematik - Jon Vallis (1616-1703) tomonidan 1659-yilda e'lon qilingan "Sikloida haqida" nomli asarda alohida to'xtalib o'tilgan va butun dunyo ilmiy jamoatchiligiga ma'lumot yetkazilgan. Qizig'i shundaki, Neylning mazkur ishigacha matematikada faqat logarifmik spiral va sikloida singari transendent egri chiziqlarning yoy uzunligini aniqlashga muvaffaq bo'lingan xolos edi.



Matematika



Boy sirti 1901-yilda buyuk matematik
Ko'pyoq deb, yoqlari tekisliklardan va qirralari to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan uch o'lchovli jismlarni aytiladi. Kub, to'g'ri tetraedr singari ko'pyoqlarni deyarli hamma yaxshi taniydi. To'g'ri tetraedr bu - teng yonli uchburchaklardan yasalgan to'rt tomonli piramidadir. Ko'pyoqni "to'g'ri ko'pyoq" deb atash uchun, ushbu ko'pyoqning hamma yoqlari teng bo'lishi kerak.
Episikloida bu – qo‘zg‘almas aylana atrofida harakatlanuvchi boshqa bir aylanada joylashgan nuqtaning harakat trayektoriyasini ifodalovchi egri chiziqdir. Giposikloida singari, episikloidada ham a va b radiuslarning nisbatiga bog‘liq holda episikloida turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin:


