Yer - yaxlit tirik organizm g'oyasi
Bizning sayyoramiz qandaydir qattiq jinslar va metallar uyumidan hosil bo‘lgan inert massa emas, balki, ulkan hajmli yaxlit tirik organizm bo‘lishi mumkinmi?
Lavlok «Margarita olami» nomli matematik model barpo qilgan. Uning asosida, Lavlok va uning tarafdorlari aytishicha, Yerdagi tirik organizmlar uyg‘unligi natijasida, sayyora bilan qayta aloqa mexanizmi shakllanar emish. Margarita olamida «qora» (yorug‘likni yutuvchi) va «oq» (yorug‘likni akslantiruvchi) «margaritkalar» yashar emish. Ushbu ikki tur margaritkalar tomonidan Quyosh nurlari energiyasining turlicha o‘zlashtirilishi natijasida, ular orasida raqobat yuzaga kelib, natijada, populyatsiya balansida bu narsa o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va mo‘tadil harorat barqaror bo‘lishi uchun, ular muayyan o‘sish templariga rioya qilishga majbur bo‘lishgan emish.
Lavlokning margaritka olami – xayolot mahsuli va shunchaki matematik model bo‘lib, u Yerdagi hayot o‘z-o‘zini global nazorat qila oladigan ulkan tirik organizmdan iborat degan g‘oyaga asoslanadi. Bu narsani fanda «Geya gipotezasi» nomi bilan ataladi.
Geya gipotezasini 1960-yillarda ingliz olimi Jeyms Lavlok tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Yer sayyorasi o‘zini-o‘zi idora qila oladigan yirik tirik organizm deb qaraladi. Lekin, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu ma’noda tushunmaslik kerak. Lavlok gipotezasi, sayyoradagi tirik organizmlar o‘rtasidagi ko‘p sonli murakkab o‘zaro munosabatlar va ularning atrof-muhit – okeanlar, qutb muzliklari va hattoki oyoq ostidagi toshlar bilan ham o‘zaro bilan chambarchas bog‘liqligi fakti – butun sayyorani yaxlit tirik organizm sifatida tasavvur qilishga zamin yaratadi deb ta’kidlaydi. Geya gipotezasiga ko‘ra, ushbu murakkab o‘zaro uzviylik Yerda hayotning barqaror rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar sayyoramizda muntazam mavjud bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Fanda «gomeostaz» deb nomlanuvchi ushbu barqarorlik hollari tirik organizmlarning o‘zi uchun ham xos bo‘lib, ular ham o‘z ichki biofiziologik jarayonlarini boshqarish orqali, «geya» statusini saqlab turishlari mumkin deyishadi Lavlok izdoshlari. O‘z gipotezasi himoyasi uchun ular keltiradigan asosiy isbot shundan iboratki, go‘yoki, Yerda mo‘tadil haroratning juda ko‘p ming yillardan beri barqaror saqlanayotgani aynan shuning dalili ekan. (Ya'ni, ular Yer tirik organizm o‘laroq, o‘z-o‘zidagi geobiologik va biofiziologik jarayonlarni boshqara oladi va haroratni mo‘tadil saqlanishi ham shundan deb ishonishadi). Shuningdek, bunga qo‘shimcha qilib, ular ko‘p sonli buzg‘unchi omillarga qaramasdan, dunyo okeani suvining sho‘rligi ham, atmosfera tarkibi ham doimiy bir xil saqlanayotgani, bu esa, aynan sayyoraning o‘z-o‘zini boshqarishidan darak ekanini ko‘rsatishadi. Lavlokning ushbu «Geya» gipotezasi ayniqsa biolog olimlar tomonidan keskin va ayovsiz tanqid qilinadi. Shunga qaramay, sayyorada tiriklikning barqaror mavjud bo‘lib turishida avvalo tirik organizmlarning o‘zi eng katta ahamiyat kasb etishi borasidagi g‘oyalar ham tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Oq margaritkalarga issiqlik, yoqadi; lekin, ular issiqlikni kosmosga qaytarib akslantiradi. Buning natijasida, margarita olami soviydi va qora margaritkalar uchun qulay sharoit yuzaga keladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
kеyingi > |
---|