Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Elektromobillar erasida yordamga ummon keladi

Jahon energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchan energiya manbalarining ulushi ortgani sayin, hamda, ichki yonuv dvigateliga asoslangan an’anaviy avtomobillar o‘rnini elektromobillar egallashi asnosida, insoniyatning akkumulyatorlarga bo‘lgan ehtiyoji yana va yana ortib boradi. Bizga yaxshi tanish bo‘lgan akkumulyatorlar asosan metallar orqali kechadigan kimyoviy reaksiyalar evaziga ishlaydi va ushbu akkumulyatorlarni ishlab chiqarilishi uchun, qo‘rg‘oshin, marganets, kobalt va boshqa metallarning katta zaxiralari kerak bo‘ladi. Prognozlarga qaraganda, faqatgina elektromobillar uchun kerak bo‘lgan akkumulyatorlar bozori kelgusi 3 yil ichida har yili o‘rtacha 24 foizdan o‘sishi kutilmoqda va shu sababli, mutaxassislar akkumulyator ishlab chiqarish uchun zaruriy bo‘lgan metallar bozorida tanqislik yuzaga kelishi ehtimolidan xavotirga tushib qolishgan.

 

Shunga qaramay, mazkur muammoning yechimi uchun ba’zi ilmiy-texnik ishlanmalar va takliflar allaqachon mavjud. Xususan, 75 yildan ziyod vaqtdan beri chuqur tubliklardan neft va gaz qazib olish bo‘yicha ishlab kelayotgan Oil States Industries kompaniyasi dengiz va ummonlar tubidan metallarni qazib olish borasida yangicha yondoshuvlarni taklif qilgan. Bu haqida Offshore Energy nashri xabar bermoqda.

Haqiqatan ham, tarkiban turli metallarga boy bo‘lgan minerallarning ulkan zaxirasi dengiz va ummonlar tubida yastanib yotibdi. Odamzot ushbu zaxiralar haqida ancha yillardan beri yaxshi biladi va lekin, uning ko‘p kilometrlik suv qatlami ostida ekani tufayli, hali ushbu zaxiralardan foydalanishning imkoni bo‘lmagan.

Markaziy Amerika va Gavay orollari orasidagi Klarion Klipperton nomli suvosti hududi singari tubliklarda, tarkibida metall tutuvchi minerallarning quruqlikdagiga nisbatan yuqoriroq konsentratsiyali odatiy yarim metall konkretsiyalari yastanib yotibdi. Ushbu zaxiralarni suvosti traktorlari yordamida yig‘ish imkonini o‘rganish uchun qaratilgan tadqiqotlar doirasida, hozirda BMTning dengiz tubliklari bo‘yicha xalqaro organi hamda, qator tadqiqotchilar tomonidan, ushbu tublikda keng ko‘lamli ekologik tadqiqotlar olib borilmoqda va bundan maqsad, kelgusida bu sohada olib boriladigan qazilma ishlarining dengiz tubi hayotiga va muhitiga ta’sirini istisno qilishdan iboratdir.

Suvosti qazilmalarini o‘zlashtirish borasida, ushbu ekologik tadqiqotlardan ham tashqari, yana boshqa jiddiy muammo ham bor bo‘lib, u qazib olingan o‘sha konkretsiyalarni 6000 metrgacha bo‘lgan chuqurliklardan suv yuzasiga ko‘tarib tashish chiqish masalasi bilan bog‘liq. Oil States Industries kompaniyasi o‘zining RiserTec tarkibiy korxonasi bilan ushbu masalaning yechimi ustida ishlamoqda. Kompaniya chuqur suvosti tubliklaridan neft va gaz qazib olish muammolarini hal etish borasida 75 yillikdan ziyodroq tajribaga ega bo‘lib, suvosti metall qazilmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ham to‘liq integratorlik maqomini qo‘lga kiritmoqchi.

Oil States’ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Brayan Mizell bu haqida «Okeanning chuqur tubliklarini tadqiq qilishga kirishganlar qarshisida ko‘plab texnik muammolar yuzaga chiqadi. Xuddi koinotni tadqiq qilishdagi bo‘lgani singari, suvosti konlarini tekshirish jarayoni ham yuqori texnologik yondoshuvni talab qiladi» - deb aytgan. «Biz avvalo, o‘ta chuqur tubliklardagi o‘ta ekstremal sharoitlarda ish olib bormoqchi bo‘lgan buyurtmachilarning mahsuldorlik bo‘yicha talablari qandayligini tushunishdan ish boshlaymiz. Yaqinda o‘tkazilgan tijorat tadqiqotlardan birida biz 4000 metr chuqurlikda qidiruv ishlarini olib borib, konkretsiyalarni yig‘ishni maqsad qilgan bir yirik global buyurtmachiga qator potensial variantlarni o‘rganish bo‘yicha yordam ko‘rsatdik. Bunda, shu kabi o‘ta chuqur tubliklarda tog‘ konlari sistemasida ish olib borishning xavfsizlik va ekspluatatsion xarakteristikalarining bir necha texnik ssenariylarini o‘rganib chiqdik» - degan u yana.

Chuqur tubliklardan qazilma kavlashning texnik muammolari

Suvostidan qazilmalarni chiqarib olishda transport vositasini suv yuzasidagi kema bilan bog‘lash, okeandagi ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq ravishda, ushbu sistemaga tushadigan barcha dinamik yuklamalarni inobatga olish, suv uyurmalari tufayli yuzaga keladigan qalqishlar singari muammolarning barchasini e’tiborga olish lozim. Ish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun, ushbu shartlarga javob bera oladigan puxta sistema barpo qilish lozim.

RiserTec boshqaruvchi direktori Jon Shenks «Tadqiqot mobaynida biz buyurtmachiga loyihaning asoslarini yaratish, boshlang‘ich qadamlarni aniqlash va uyurmalar tufayli yuzaga keladigan qalqishlar ta’sirini bartaraf etish uchun xizmat qiladigan global tahlillarni o‘tkazish va shular orqali boshlang‘ich maket va konfiguratsiyalarni aniqlash masalasida xizmat ko‘rsatdik» - deb izoh bergan. U shuningdek, suv tubliklaridagi qazilmalar bilan ishlovchi texnik sistemalarning bardoshliligi, ishchi tezliklari, hamda, avariyaviy to‘xtalishlari borasidagi eng muhim masalalar ham ko‘rib chiqilganini qayd etgan. Natijada, tublikdagi barcha sharoitlarni inobatga olgan holda, qazilma konlarni o‘zlashtirish borasida iqtisodiy jihatdan eng samarador bo‘lgan va texnik jihatdan ishonchli optimal konfiguratsiyalar loyihasi ishlab chiqilgan. Shu orqali, 4000 metr tublikdagi tog‘ kon sistemasini o‘zlashtirish borasida bir necha muhim texnik yechimlar olingan.

Tadqiqotchilar, ushbu konlarni o‘zlashtirishda eng katta e’tibor masalaning ekologik jihatiga qaratilishi, hamda, konkretsiyalarni qazishda xavfsizlik masalasi birinchi navbatga qo‘yilishi kerakligini ta’kidlashgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.01.2021 09:14  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840064

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov