Boriy
Boriy – beqaror radioaktiv element. Formulasi Bh. Atom raqami 107. 261 dan 272 massa soniga ega izotoplari ma’lum. Eng uzoq yashovchi nisbatan barqaror izotopi boriy-267 bo‘lib, yarim yemirilish davri 17 soniyaga teng.
Kashf qilinishi va atama etimologiyasi.
107-element sintez qilingani haqidagi ilk xabarni 1976-yilda Dubnadagi yadroviy tadqiqotlar institutida ishlovchi Yuriy Oganesyan boshliq ilmiy guruh tomonidan e’lon qilingan. Ushbu sintez xrom-54 va vismut-209 yadrolarining o‘zaro birlashish reaksiyasi hosilalarining spontan parchalanishi mahsulotlarini tadqiq qilishga asoslangan edi. Boriyning kashf qilingan ilk izotoplarining yarim yemirish davri 5 soniyadan 1-2 soniyagacha bo‘lgan. 1981-yilda, Darmshtadt og‘ir ionlar instituti ham vismut-209 nishonni xrom-54 yadrolari bilan bombardimon qilishga asoslangan 209Bi+54Cr reaksiyasini tadqiq qilgan va bunda, nuklidlarning α-yemirilishi sezish, hamda, uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan yangi texnologiyalarni qo‘llagan. Darmshtadtda olib borilgan eksperimentlar ham, 107-elementning 262-izotopiga taalluqli bo‘lgan α-yemirilishi hodisasini 5 bora payqagan. Nemislarning tajribalarida bu elementning 4,7 va 2,3 soniya yarim yemirilish davriga ega izotoplari aniqlangan.
1992-yilda Dubna va Darmshtadt olimlari o‘zaro kelishib, ushbu 107-elementni Nils Bor sharafiga nomlashga qaror qilishgan va dastlab nilsboriy nomini biriktirishgan. Biroq, 1994-yilda IUPAC element nomida olining ham ismi va ham familiyasi bir vaqtda bo‘lishini ma’qullamadi. Qolaversa, boriy nomi va bor elementi nomi o‘zaro juda o‘xshash bo‘lib qolayotgani, buning natijasida, chalkashliklar kelib chiqishi, xususan, ularning oksianionlarini bir xilda – boratlar deyishga to‘g‘ri kelishi xavfi masalasi o‘rtaga tashlandi. Maslahatlashuvlar 1997-yilgacha cho‘zilgan va jarayonga Daniyalik olimlar ham jalb etilgan (Bor Daniyalik bo‘lgani uchun). IUPAC 1997-yilda bu elementga boriy nomini uzil-kesil tasdiqladi.
Tarqalganligi.
Boriy sun’iy sintez qilingan radioaktiv element bo‘lib, tabiatda uchramaydi.
Izotoplari.
Hozirda boriyning 12 xil izotopi ma’lum. Ular ichida ilmiy dalillangan nisbatan barqaror yarim yemirilish davriga ega izotopi 17 soniyada parchalanadi. Lekin, 40 soniya (274Bh) va 61 soniya (270Bh) yarim yemirilish davriga ega boriy izotoplari ham aniqlangan bo‘lib, bu borada hali ilmiy xulosa berilmagan. Shuningdek, 278Bh ning yarim yemirilish davri 11,5 daqiqa (690 s) ekani haqida tasdiqlanmagan xabarlar mavjud.
Boriyning fanga ma’lum barcha izotoplari α-yemirilish orqali parchalanadi. Shunga qaramay, olimlar boriy spontan parchalanishi mumkinligini ham istisno qilishmaydi.
Boriyning protonga boy bo‘lgan 261, 262 va 260-izotoplari sovuq sintez jarayonida olingan; shuningdek, 262 va 264 massali boriy izotoplarini meytneriy va rentgeniy parchalanish reaksiyasi qoldiqlaridan aniqlangan. 265, 266 va 267 massali boriy izotoplarini esa aktiniy nishonni nurlatish orqali sintez qilingan. Boshqa nisbatan og‘irroq boriy izotoplari esa, 282Nh, 287Mc, 288Mc, 294Ts va 290Fl radioaktiv elementlarining yadroviy parchalanish zanjiri mahsulotlarida hosil bo‘ladi.
Nuklid |
Z(p) |
N(n) |
Izotop massasi (m.a.b.) |
Yarim yemirilish davri |
Kashf qilingan yili |
Qo‘zg‘atish energiyasi |
|||||
260Bh |
107 |
153 |
260,12197 |
300 ms |
2007 |
261Bh |
107 |
154 |
261,12166 |
11,8 ms |
1986 |
262Bh |
107 |
155 |
262,12289 |
84 ms |
1981 |
264Bh |
107 |
157 |
264,1246 |
0,97 s |
1994 |
265Bh |
107 |
158 |
265,12515 |
0,9 s |
2004 |
266Bh |
107 |
159 |
266,12694 |
0,9 s |
2000 |
267Bh |
107 |
160 |
267,12765 |
17 s |
2000 |
270Bh |
107 |
163 |
270,13362 |
61 s |
2006 |
271Bh |
107 |
164 |
271,13518 |
1,2 s |
2003 |
272Bh |
107 |
165 |
272,13803 |
9,8 s |
2005 |
274Bh |
107 |
167 |
274,14244 |
40 s |
2009 |
278Bh |
107 |
? |
(278)? |
?11,5 daqiqa ? |
1998 |
Umumiy ma’lumotlar |
|
Nomi |
Boriy; |
Formulasi |
Bh |
Raqami |
10, 7-davr, VIIB guruh; |
Kashf etgan olimlar |
Dubna va Darmshtadt yadro tadqiqot institutlari . |
Kashf etilgan sana |
1976-yil (Dubna) va |
Kashf etilgan davlat |
SSSR va Germaniya; |
Atom xossalari |
|
Atom raqami |
(267) m.a.b. (g/mol); |
Elektron konfiguratsiyasi |
5f146d57s2 |
Atom radiusi |
≈128 pm; |
Kimyoviy xossalari |
|
Kovalent radiusi |
141 pm; |
Elektrod potensiali |
0 V; |
Oksidlanish darajasi |
0; |
Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron) |
740 kJ/mol; |
Termodinamik xossalari |
|
Zichligi |
37,1 g/sm3 (0 ℃ da); |
Struktura panjarasi shakli |
geksagonal; |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|