Stoks
Stoks – fizikada va asosan sanoatda qo‘llaniladigan kinematik qovushqoqlik birligidir. O‘zbekcha va xalqaro belgilanishi St (кирилл алифбосида Ст). Birlik nomi ingliz olimi ser Gabriel Jorj Stoks sharafiga qo‘yilgan. Stoks birligi amaldagi Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga kirmaydi; u muomaladan chiqarilgan SGS tizimi birligidir. Xalqaro metrologiya qonunchiligi tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, stoks birligini milliy qoidalarga asosan, muayyan xos sohalarda qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ta’rifiga ko‘ra,
dinamik qovushqoqligi 1 puaz bo‘lgan va zichligi 1 gr/sm3 bo‘lgan muhitning kinematik qovushqoqligi 1 stoks deb qabul qilinadi.
Kinematik qovushqoqlik, dinamik qovushqoqlikning muhit zichligiga nisbatiga teng bo‘lib, muhitning muayyan sharoitlardagi – og‘irlik kuchi ta’siridagi qovushqoqligi haqida tushuncha beradi. Kinematik qovushqoqlik suyuqlikning og‘irlik kuchi ta’siri ostida, kalibrlangan kapillyar viskozimetrdagi tirqish orqali muayyan vaqt birligi ichida oqib tushishiga asosan aniqlanadi.
Ta’kidlash joizki, kinematik qovushqoqlikning SI ga ko‘ra birligi – m2/soniya bo‘ladi. 1 stoksning SI dagi muqobil qiymati: 1 St = 1 sm2/soniya = 10−4 m2/soniya ga teng bo‘ladi. Amalda ko‘pincha, qulayroq bo‘lishi uchun, santistoks ulushli birligi qo‘llaniladi. sSt (cSt) tarzida belgilanadigan santistoks = 1 mm2/soniya = 10−6 m2/soniya ga teng.
Ayrim moddalarning kinematika qovushqoqligining stoks birligida ifodalanishi:
Modda |
Harorat |
Kinematik qovushqoqlik, |
Chuchuk suv |
20 |
1,011 |
M-100 markali Mazut |
80 |
118 |
M-100 markali Mazut |
100 |
50 |
Dizel yonilg‘isi, |
20 |
3-6 |
−17 |
0,30 |
|
Dengiz suvi |
20 |
1,15 |
Glitserin 100% |
20 |
648 |
Kerosin |
20 |
2,71 |
Asal |
38 |
73,6 |
Sut |
20 |
1,13 |
20 |
0.118 |
|
Oltingugurt kislotasi 100% |
20 |
14,56 |
Freon-12 |
20 |
0,27 |
Paxta moyi |
38 |
37,9 |
Sirka |
15 |
1,35 |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|