Osmiy sotiladi, arzonga!
Metallarning narx-navosi va kimyo fanidan xabardor bolgan kishilar mazkur sarlavhani oqib hayron bolishlari turgan gap. Chunki, osmiy metalli qimmatligi boyicha eng oldingi orinlarda turadi. Osmiyning nisbatan keng tarqalgan oddiy izotopining bir grammi taxminan oltin bahosi bilan teng yuradi. Lekin, osmiy-187 izotopi esa qimmatligi boyicha hamma metallarni ortda qoldiradi va atiga bir grammi uchun 200 000 AQSH dollari talab qilinadi. Bundan ham qimmat turadigan yagona metall - kaliforniydir. Unda nega sarlavhada osmiy arzonga sotilishi gapirilyapti deysizmi? Qiziqib qolgan bolsangiz, maqolani oxirigacha oqing.
Biz yuqorida eng qimmat metallar haqida gap boshladik. Osmiy eng qimmat metallar ichida yetakchilardan biri bolish bilan birga, eng katta zichlikka ega element ham hisoblanadi. Ha, ishonavering, zichligi yuqori bolgan simob va yoki uran emas, aynan osmiy eng katta zichlikka ega metalldir! Oddiy modda shaklidagi osmiyning zichligi, simob zichligidan qariyb, 1,5 baravar katta boladi.
Sun'iy ostirilgan sof osmiy kristallari
Olimlar osmiyning tabiatda eng katta zichlikka ega modda ekanini aniqlashgach, uning zichligini yanada orttirish imkoniyati ustida izlanib korishgan. Bu shunchaki qiziqish yuzasidan olib borilgan tajriba bolmay, balki, muayyan aniq ilmiy maqsadni kozlab qilingan ish edi. Chunki, ayrim moddalar katta bosim ostida qolganida, ozining xossalarini keskin ozgartirishi kuzatiladi. Xususan, yarqiroq metall natriy moddasi katta bosim ostida qolganida, shaffof tusdagi dielektrikka aylanadi. Odatda gaz holatida boladigan kislorod esa, yuqori bosim ostida qotib, ota otkazgichga aylanishi mumkin. Bunday tajribalar orqali, olimlar, masalan, sayyoralar yadrosida mavjud bolgan ota yuqori katta bosim ostidagi sharoitlarda kechadigan fizik jarayonlar haqida tasavvurga ega boladilar. Bunday sharoitni oz kozi bilan korish uchun Yer qa'riga, sayyoramiz yadrosiga tushib otirmaslik uchun, olimlar ajoyib laboratoriya uskunasini - olmos sandonni ixtiro qilishgan. Olmosning favqulodda qattiqligi tufayli, ikkita olmos orasida hatto Yer yadrosidagi bosimdan ham ikki barobar yuqori bolgan bosim hosil qilish mumkin. Olmosning shaffof modda ekanligi esa, bu bosim ostida qolgan moddani ham bemalol kuzatish imkonini beradi. Xuddi shunday uskuna bilan, olimlar biz aytayotgan eng zich modda - osmiyni ham katta bosim ostida qoldirib, uning zichligi yanada ortadimi, yoqmi - tekshirmoqchi bolishgan. Bosim million atmosferagacha kotarilgan. Bu degani, har bir sm2 ga 1033271 kg kuch bilan eziladi demakdir. Tasavvur qilyapsizmi, atiga bir kvadrat santimetr yuzaga 1 million kilogrammdan ortiq kuch bosmoqda!
Xosh, bunday favqulodda ulkan bosim ostida osmiy nima boldi deysizmi? Deyarli hech narsa. Osmiy bunday bosim ostida ham oz kristall strukturasini saqlab qoldi va yol-yolakay, "yuqori bosimga eng chidamli modda" nominatsiyasini ham qolga kiritdi.
Ota yuqori bosimga ham bemalol chiday oladigan osmiyning yana bir muhim xossasi bor. U ota yuqori haroratlarga chidamliligi boyicha ham avvalgi orinlardan birini egallaydi. Osmiyning erish harorati 3000 °C dan ham baland (anigi 3033 °C). Uning ushbu xossasi choglanma lampa ishlab chiqaruvchilarning e'tiborini tortgan edi. Ushbu turdagi lampalar endi-endi paydo bolgan zamonlarda, muhandislar, lampa ichidagi ingichka sim tolani aynan osmiydan tayyorlashgan. Biroq, keyinchalik, bu maqsadda, osmiydan arzonroq va chidamliligi ham yanada yaxshiroq bolgan volfram qollanila boshladi.
Osmiy amaliy qollash sohasida choglanma lampalardagi oz ornini volframga boy bergach, u keng qollaniladigan yana bir soha qolgan edi. Biroq, kop otmay osmiying bu boradagi ahamiyati ham yoqoldi. Gap avvallari keng qollanilgan avtoruchka perosi haqida bormoqda. Tushunganingizdek, oddiy sharikli ota arzon ruchkalar ommalashgach, odamlar birmuncha daxmazali avtoruchkani ishlatmay qoyishdi. Osha avtoruchkalarning uchidagi perosi uchidagi kichkinagina tomtoq sharsimon joyi aynan osmiydan tayyorlanar edi. albatta, peroning uchidagi bu sharcha faqat osmiyning ozidan tayyorlangan deyish ham notogri. Lekin, u nafaqat osmiy, balki, platina guruhi metallarining, xususan palladiy va iridiyning osmiy qotishmasidan yasalgan. Hozirda bunday peroli ruchkalar faqat shinavandalar uchun maxsus ishlab chiqariladi va asosan xattotlar, yoki, chiroyli yozish ishqibozlari tomonidan qadrlanadi. Bozor narxi juda qimmatbaho bolgan bunday ruchkalarni kundalik yozuv-chizuvlar uchun qollashga hech kimning jur'ati yetmasa kerak
. Odatda, osmiy va palladiy qotishmasidan tayyorlangan peroli qimmatbaho avtoruchkalarni hozirda faqat puldor biznesmenlar va yoki ruchka toplash vasvasasiga uchragan ishqiboz kolleksionerlar xarid qilishadi xolos.
Siz, Koinotda, masalan, kosmik stansiyada ish olib borgan fazogirlar kundalik yozuv-chizuvi uchun qanday ruchkadan foydalanishini hech oylab korganmisiz? Kosmosda yozish masalasini NASA astronavtlari va SSSR kosmonavtlari qanday hal qilgani haqida keng tarqalgan bir mif mavjud. Balki uni siz ham eshitgan bolsangiz kerak. Unga kora, Koinotda yozish uchun, vaznsizlik sharoitida ishlaydigan, ya'ni, siyohi pastga oqib keladigan maxsus ruchka yaratish uchun NASA millionlab dollar sarflagani, bu vazifani esa, sovet kosmonavtlari bir tiyin ham sarflamasdan, juda oddiy hal qilgani ta'kidlanadi. Ya'ni, emishki, sovet kosmonavtlari oddiy qalam vositasida yozib-chizib yuraverishgan. Zadornovcha aytganda "tupoy" amerikaliklar esa, millionlab dollar sarflab, maxsus ruchka yaratishgan emish. Aytish joizki, bu gap - uydirmadan boshqa narsa emas. 1960-yillar ortalariga qadar, astronavtlar ham, kosmonavtlar ham kosmosda yozish uchun faqat qalamdan foydalanishgan. Biroq, keyinchalik, AQSHlik xususiy tadbirkor va ixtirochi Pol Fisher vaznsizlik holatida va umuman boshqa koplab ekstremal sharoitlarda ham yozadigan maxsus ruchka ixtiro qilgan. U oz mahsulotini NASA tavsiya qilgan va uni astronavtlar sinab korishgan. Fisher ruchkasining vaznsizlik holatida ham siyohi pastga oqaverishining siri shunda ediki, uning uchidagi yozadigan ishchi organi - sharik volfram karbididan tayyorlangan bolib, siyoh esa, qattiq holatda bolgan. lekin, ruchka qolga olib, yozish boshlansa, ushbu qattiq siyoh suyuqlanib, oqib kela boshlaydi. Uni ruchkaning ketidagi maxsus kartridjda, suyuq azot bosimi ostida tutib turiladi. Albatta, oddiy ruchkaning bu qadar murakkab konstruksiya bilan yasalishi uning narxini ham ancha qimmat qilib yuboradi. Lekin, bu ruchka, osha gap-sozlarda aytilganidek millionlab dollar emas, atiga bir necha yuz dollar turgan. Fisher ruchkasi sinovdan muvaffaqiyatli otgach, astronavtlar ham va hatto kosmonavtlar ham undan foydalanishga otishgan. Sizda haqli va oddiy savol tugilishi mumkin. Nega arzon va oddiy qalam turib, kosmosda yozish uchun baribir shu qimmat ruchkaga otildi? Gap shundaki, kosmosda qalam oson sinib qoladi. Uning singan bolaklari esa kosmik kema ichida erkin suzib yuradi. Bu esa kosmonavtlar uchun va umuman kema uchun xavf tugdiradi. Arzimagan qalam sinigi tufayli fazogir jarohatlanishi yoki, kema borti shikastlanishi hech gap emas. Xavf-xatar maksimal istisno qilinishi lozim bolgan bunday sharoitda, qancha qimmat bolmasin, maxsus ruchka benazir yordamchi boladi.
Fisher kosmik ruchkasi. © James Fee/Flickr.com CC BY-NC-ND 2.0
Biz kosmik ruchka haqida gapirishga otib ketib, asosiy mavzuimiz - osmiydan chetlashib ketdik.
Aytgancha, osmiy oz nomini biroz yoqimsiz narsaning, aniqrogi hidning nomidan kelib chiqib olgan. Osmiyning havodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi tufayli, uning uchuvchan birikmasi - osmiy tetraoksidi hosil boladi. Bu modda esa, aynigan sarimsoqpiyoz singari qolansa sassiq hid taratadi. Boz ustiga, bu modda favqulodda zaharli ham bolib, agar, uning bu xossasi ham hisobga olinsa, balki, element nomi yanada vahimaliroq nom berilishi mumkin edi. Yaxshiki, mazkur elementni 1803-yilda kashf qilgan ingliz kimyogari Smitson Tennat unga "qolansa", yoki, "sassiq" deb nom berishdan tiyilib, shunchaki, "hid" ma'nosini beruvchi yunoncha osme nomini bergan. Tajribalar jarayonida Tennat juda qiynalgan bolsa kerak...
Qanchalik qimmatbaho va zaharli, hamda, qolansa bolmasin, osmiy baribir kimyo laboratoriyalarida kop uchraydigan moddadir. Masalan, uni ayrim gormonal dori vositalarini sintez qilishda (masalan, kortizon olishda) ishlatiladi. Shuningdek, ota mayda zarralarni elektron mikroskop ostida tekshirish uchun ham, unga avvaldan osmiy bilan ishlov beriladi.
Biror biologik obyektning elektron mikroskop orqali tasvirini olishda, unga osmiy tetraoksidi bilan ishlov beriladi. Rasmda ichak tayoqchasining osmiy bilan ishlov berish orqali olingan mikroskopik tasviri korsatilgan. © Anupama Lakshmanan/Caltech/Flickr.com CC BY-NC 2.0
Endi, maqolaga qiziqish uygotish maqsadida yozilgan sarlavhadagi intriganing ma'nosini ochish vaqti keldi. Agar yolingiz Yevropa mamlakatlari yoki AQSHdagi yirik bogdorchilik fermalariga yolingiz tushib qolsa, ular yaqinida aynan shunday, ya'ni, "Arzonga osmiy sotaman" degan e'lonlarni uchratishingiz mumkin. Bogdorchilikka esa biz soz yuritayotgan metall osmiyning hech qanday aloqasi yoq. Bu bogbonlarga daraxtlarni changlatish uchun taklif qilinayotgan asalarining bir turining nomi xolos. Haqiqatan ham, biologlar yaxshi biladigan osmiy nomli asalari turi mavjud. Bu turdagi asalarilar boshqa oddiy asalarilardan farq qiluvchi hayot tarzi bilan yashaydi. Ya'ni, osmiy asalarilari oilalarga birlashmaydi va aksincha, yolgiz umr kechiradi. Shuningdek, osmiy asalarisi bol toplamaydi va umuman, asal ishlab chiqarmaydi. Shunga qaramay, bu turdagi asalari gullarni changlatishda boshqa turdoshlaridan kora yaxshiroq natija beradi. Osmiy asalarisi bilan changlatilgan boglardagi hosildorlik sezilarli darajada yaxshi boladi. Shu sababli ham, bogbonlarda bunday asalariga doim ehtiyoj mavjud boladi. Arzonga osmiy sotiladi degan e'lonlar ham, shular uchun oylab topilgan. Uning qimmatbaho metall - osmiyga mutlaqo aloqasi yoq .
Osmiy asalarilarining Osmia cornuta turi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|