Tesla
Tesla – Xalqaro Birliklar Tizimi (SI) ga ko‘ra, magnit maydon induksiyasining o‘lchov birligi. Xalqaro belgilanishi T. O‘zbekcha belgilanishi Tl shaklida.
Bir jinsli magnit maydonining 1 Tl induksiyasi bu shunday induksiyaki, unda, magnit induksiyasi vektoriga perpendikulyar bo‘lgan, ichidan 1 amper tok oqib o‘tayotgan, hamda, uzunligi 1 metr bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichga 1 nyuton kuch ta’sir etayotgan bo‘ladi.
SI ning asosiy birliklari orqali Tesla quyidagicha ifodalanadi: kg∙s−2∙A−1.
Sining hosilaviy birliklari orqali teslani quyidagi nisbatlar bilan ifodalash mumkin:
- Vb/m2;
- V∙s/m2;
- N∙A−1∙m−1.
SI ning hosilaviy birliklariga taalluqli imlo qoidalariga muvofiq, garchi, olim ismi bilan atalgan termin bo‘lsa-da, birlik nomi sifatida «tesla» aynan kichik harflar bilan yoziladi. Uning belgilanishi, ya’ni, «Tl» ifodasi esa, matnning istalgan qismida faqat bosh harf bilan boshlab yoziladi.
Tesla birligining magnit induksiyasining boshqa birliklari bilan nisbatlari:
1 Tl = 10000 gauss;
1 Tl = 1∙109 gamma (geofizikada qo‘llaniladigan birlik).
Birlik nomi Serbiyalik mashhur olim va ixtirochi Nikola Tesla sharafiga nomlangan va O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Bosh Konferensiyasining 1960-yildagi XI-konferensiyasida qabul qilingan.
Tabiat va texnikadan misollar:
- Tashqi Koinotdagi magnit induksiyasi 0,1 nanotesladan 10 nanoteslagacha bo‘ladi;
- Yerning magnit maydoni fazo va vaqt uyg‘unligi bo‘ylab sezilarli o‘zgaradi. Masalan, 50 ° kengliklarda Yer magnit maydonining o‘rtacha induksiyasi 5∙10−5 Tl ni tashkil qiladi. Ekvatorda (0 ° kenglik) 3,1·10−5 gacha o‘zgaradi.
- Muzlatgich eshigiga yopishtiriladigan suvenir magnit taxminan 5 millitesla maydon hosil qiladi.
- Katta Adron Kollayderi (KAK) ning dipol magnitlari 0,54 Tl dan 8,3 Tl gacha maydon hosil qiladi.
- Magnit rezonansli tomograf (MRT) uskunasi tomonidan hosil qilinadigan standart magnit maydoni kuchlanganligi 1,5 Tl bo‘ladi.
- Quyosh dog‘laridagi kuchlanganlik 10 Tl;
- Oq mittilarda 100 Tl atrofida;
- Odam tomonidan hosil qilingan va qurilmaning bus-butunligi saqlab qolingan eng katta rekord doimiy magnit maydoni induksiyiasi 1200 Tl;
- Laboratoriyada hosil qilingan eng katta rekord magnit maydoni induksiyasi 2,8·103 Tl;
- Atomlarning magnit maydonidagi induksiya 1 kilotesladan 10 kiloteslagacha;
- Neytron yulduzlarda 1 megatesladan 100 megateslagacha
bo‘ladi.
Karrali va ulushli birliklari va ularning old qo‘shimchalari.
Karrali birliklar |
Ulushli birliklar |
||||||
Kattalik |
Nomi |
Belgilanishi |
Kattalik |
Nomi |
Belgilanishi |
||
O‘zbekcha |
xalqaro |
O‘zbekcha |
xalqaro |
||||
101 Tl |
Dekatesla |
daTl |
daT |
10−1 Tl |
Detsitesla |
dTl |
dT |
102 Tl |
Gektotesla |
gTl |
hT |
10−2 Tl |
Santitesla |
sTl |
cT |
103 Tl |
Kilotesla |
KTl |
kT |
10−3 Tl |
Millitesla |
mTl |
mT |
106 Tl |
Megatesla |
MTl |
MT |
10−6 Tl |
Mikrotesla |
mkTl |
μT |
109 Tl |
Gigatesla |
GTl |
GT |
10−9 Tl |
Nanotesla |
nTl |
nT |
1012 Tl |
Teratesla |
TTl |
TT |
10−12 Tl |
Pikotesla |
pTl |
pT |
1015 Tl |
Petatesla |
PTl |
PT |
10−15 Tl |
Femtotesla |
fTl |
fT |
1018 Tl |
Eksatesla |
ETl |
ET |
10−18 Tl |
Attotesla |
aTl |
aT |
1021 Tl |
Zetatesla |
ZTl |
ZT |
10−21 Tl |
Zeptotesla |
zTl |
zT |
1024 Tl |
Yottavat |
YTl |
YT |
10−24 Tl |
Yoktotesla |
yTl |
yT |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:@OrbitaUz
Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|
Bildirilgan fikrlar
Mulohazalar uchun RSS tasmasi