Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Rind papirusi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Rind papirusi

Qadimgi Misr matematikasiga oid saqlanib qolgan tarixiy ashyolar ichida Rind papirusi eng muhimi sanaladi. Eni 30 sm, uzunligi taxminan 5 m atrofida bo‘lgan ushbu o‘rog‘liq qog‘oz Nil daryosining sharqiy sohilidagi Fiva shahrida joylashgan sag‘analardan birida topilgan. Uni Axmes ismli odam yozgani ma'lum. Papirusda ierogliflar tizimiga o‘xshash bo‘lgan ieratik yozuv sistemasidan foydalanilgan. Papirusning yozilgan vaqtini tarixchilar eramizdan avvalgi 1650-yillarga taalluqli deb hisoblaydilar. Shunga ko‘ra, Axmes matematika tarixida nomi bizgacha yetib kelgan birinchi odam ham bo‘lib chiqadi! Bundan tashqari, aynan ushbu papirus - yozuvda turli matematik amallarni ifodalovchi belgilar qo‘llangan ilk yozma manba hamdir. Masalan, «qo‘shish» amalini ushbu papirusda bir juft oyoq ko‘rinishida belgilangan. Oyoqlar qo‘shilayotgan qiymatga qarab turgan tarzda chizilgan.

 

Ushbu papirusni 1858-yilda Shotlandiyalik huquqshunos Aleksandr Genri Rind (1833-1863) tomonidan mahalliy aholidan sotib olingan edi. 1864-yilda esa u mazkur qimmatli tarixiy yodgorlikni Britaniya muzeyiga sotgan.

Papirusda jumladan Axmes shunday yozadi: «bu narsalarni aniq sanashni va ularning sirlarini bilishni o‘rgatadi». Axmes papirusida turli nazariy matematik bilimlar ham bayon qilingan. Xususan, unda kasrlar bilan amallar, arifmetik progressiya, piramidalar geometriyasi va qisman algebraik amallar haqida so‘z boradi. Shuningdek, Axmes turli qurilish ishlarida va moliyaviy hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan aniq amaliy misollarni ham keltirib o‘tadi. Ayniqsa, uning 79-misoli ko‘pchilik zamonaviy matematiklarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. Uning mazmuni quyidagicha: «Yettita uyda yettidan mushuk bor. Har bir mushuk yettidan sichqon tutgan. Har bir sichqon yetti boshoqdan don yegan. Har bir boshoq don yetti o‘lchov (gektar desa ham bo‘ladi) maydonda don bergan bo‘lar edi. Bu yerda nimadan qancha hisoblangan?». Qizig‘i shundaki, 7 raqami va hayvonlar ishtirok etgan ushbu masala ming yillar davomida yashab kelgan va xuddi xalq og‘zaki ijodi singari, og‘izdan-og‘izga xalqdan-xalqqa ko‘chib yurgan! Xuddi shunga aynan o‘xshash masalani biz shuningdek, Axmesdan deyarli ikki yarim ming yil keyin yashab o‘tgan Fibonachchining 1202-yila yozilgan «Abak kitobi» asarida ham uchratamiz.

Axmes papirusi - matematika tarixiga oid mavjud manbalar ichida eng qadimiysidir. U turli matematik amallarga, xususan, kasrlar bilan ishlashga, arifmetik progressiyalarga, geometriya bo‘yicha masalalarga va boshqalarga bag‘ishlangan. Rasmda Rind papirusidan bir qismini fotosurati keltirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 11:16  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11615341

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)