Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Mikroto'lqinli pech

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 20
Juda yomon!A'lo! 

Mikroto'lqinli pech

Hozirgi kunda mikroto'lqinli pech uy bekalarimizning oshxonadagi yaqin dastyorlaridan biriga aylangan. Lekin bunday pechlar ota-bobolarimiz avvaldan ishlatib kelgan an'anaviy pechlardan ko'ra boshqacharoq ishlaydi. An'anaviy pechlar masalliqni, yoki, taomni tashqaridan qizdiradi. Mikroto'lqinli pech esa taomni o'z nomiga ko'ra, taomga mikroto'lqinlar vositasida ishlov beradi.

Har qanday modda singari, ovqat va uning masalliqlari ham molekulalardan tashkil topgan bo'ladi. Biz iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarning molekulalari asosan suv va yog' molekulalaridan iborat bo'ladi. Mikroto'lqinli pechga joylashtirilgan taomni tashkil qiluvchi molekulalar mikroto'lqinlar ta'sirida juda tezkor titrash va tebranish jarayoniga duchor bo'ladi. Texnikada bu jarayonni vibratsiya ham deyiladi. Aynan shu vibratsiya natijasid ovqatni tashkil qiluvchi molekulalar bir-biriga ishqalanadi. Ishqalanish esa qizishga olib keladi. Siz ham sovuqda qo'llaringizni beixtiyor bir-biriga ishqab isitganingiz esingizdami? Mikroto'lqinli pechga joylangan taom molekulalari ham xuddi shuning singari bir-biriga ishqalanib qiziydi. Natijada ovqat isiydi. Eng qizig'i shundaki, mikroto'lqinli pechga qo'yilgan taom isib, qizigani bilan, lekin pech va uning detallari o'zi umuman isimaydi. Bunday pechning an'anaviy oddiy pechdan farqi ham shunda. Oddiy pechga o'tin, yoki, ko'mir yoqsangiz, pechning o'zi bilan birga. Uning yaqin atrofidagi hamma narsa qiziydi. Mikroto'lqinli pechda esa faqat taom qiziydi xolos!

 

Mikroto'lqinli pech tarmoqqa ulanib, ishga tushirilgach, uning ichida maxsus uskuna - magnetron faollashadi. Mikroto'lqinlarni aynan shu detal, ya'ni, magnetron hosil qilib beradi. Magnetron hosil qilib bergan mikroto'lqinlar maxsus to'lqin uzatgich kanal orqali pech kamerasiga chiqib keladi. To'lqin uzatgich kanal oxirida ventilyatorga o'xshash vosita bo'lib, u to'lqinlarni pech ichkarisiga bir maromda teng yoyish vazifasini bajaradi. Uni to'lqin taqsimlagich desa ham bo'ladi. Natijada, pech kamerasi bo'ylab mikroto'lqinlar bir tekis taqsimlanib tarqaladi va ovqatg ham har tarafdan bir maromda, teng ta'sir qiladi.

To'lqin taqsimlagichdan pech kamerasiga yoyilgan mikroto'lqinlarning aksar qismi to'g'ridan-to'g'ri taomga, yoki, masalliqqa singib borib, uning molekulalarini titrata boshlaydi. Qolgan to'lqinlar ham pech devorlari va eshigidan ham akslanib qaytib, baribir ovqatga kelib tushadi va ular ham taomning qizishiga hissa qo'shadi. Taom bir maromda isishini ta'minlash uchun, pechlarning ichida uni aylantirib turuvchi supachasi ham bo'ladi. Ichkarida hosil bo'layotgan bug'ni so'rib chiqarib turish uchun ham pechning maxsus ventilyatori bo'ladi. Mikroto'lqinli pech shunday loyihalanadi va dasturlanadiki, uning eshigi ochilishi bilan magnetron mikroto'lqin generatsiyalashni to'xtatadi va to'lqinlar tashqariga ham chiqib ketmaydi, ichkariga qo'lini tiqqan odamning qo'liga ham ta'sir qilmaydi.

Zamonaviy mikroto'lqinli pechlar hozirda ichkaridan maxsus sensorlar bilan ham jihozlanmoqda. Bunday sensorlar qo'yilgan taomning haroratini aniqlab, undan menyuga ko'ra biror taom tayyorlash, yoki, belgilangan darajaga isitish uchun ketadigan vaqtni ham ko'rsatib ber oladi. "Aqlli pech" deb nomlanadigan bunday mikroto'lqinli pechlarda taomni maromiga yetkazib, ko'ngildagidek isitish uchun ko'plab qulayliklar hozirlangan bo'ladi. Bunday pechlarni "kompyuterlashtirilgan" pech ham deyish mumkin. Unda dasturlanadigan taymer, menyuga ko'ra o'zi taom tayyorlay oladigan "avtomat oshpaz», shuningdek, tayyorlangan taomning kaloriyasini aniqlab beruvchi va sizni semirib ketishdan ogohlantiruvchi funksiyalari bo'ladi. "Buyumlar interneti" tushunchasi rivojlan borishi bilan esa, mikroto'lqinli pechlar ham internetga ulanishi va turli gadjetlar orqali boshqarilishi tobora ommalashmoqda. Unda esa siz, ishdan uyga qaytish paytida, yo'ldaligingizda smartfoningiz orqali mikroto'lqinli pechga ovqatni tayyorlab turishga buyruq berib qo'yasiz. Kelguningizcha esa, mikroto'lqinli pechda ovqatingiz tayyor bo'lib, pishib turgan bo'ladi. Ustiga-ustak, mikroto'lqinli pechingiz sizni "keling bekam, charchamadingizmi, xo'jayin tuzukmilar? Oshxonad ko'rinmay qoldilar?""- deb hol-ahvol so'rab kutib olishi ham mumkin Смешно. (Balki bunisi ortiqchadir, lekin, harholda iloji bor qulaylik Смешно)

Mikroto'lqinli pech oddiy elektr pech v elektr plitadan ko'r ikki karr kam energiy sarflaydi. Lekin, real tejamkorlik shuningdek tayyorlanayotgan taom turig ham bog'liq bo'ladi. Masalan, kartoshk pishirish uchun oddiy duxovkad deyarli bir soat kerak bo'ladi. Mikroto'lqinli pech es kartoshkani 10 daqiqad tayyor qiladi.

Mikroto'lqinli pechni taom v masalliq turig qarab muayyan harorat darajasiga, vaqt intervalig v elektr quvvatig moslab sozlash mumkin. Magnetron tarqatayotgan mikroto'lqinlar taom yoki masalliqq singiydi v uning molekulalarini vibratsiyalanishg majburlab, shu orqali uning qizishig sabab bo'ladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlard ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 22.01.2025 11:58  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12088056

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!