Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

MRT

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 18
Juda yomon!A'lo! 

MRT

1970-yillar boshida AQSHlik olimlar Reymond Damian, Pol Loterbur hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild birgalikda, magnit rezonans vositasida tana a'zolarining tasvirini olish va qayta ishlash uslubini ixtiro qilishdi. Aniqrog‘i, magnit rezonansi yordamida odam a'zolarini tomografiya qilish g‘oyasi, dastlab 1971-yilning 2-avgust sanasida, kimyo professori Pol Loterburdan chiqqan edi. Uning bu boradagi tadqiqotlari bayon qilingan "Induksiyalangan mahalliy o‘zaro ta'sir vositasida tasvir hosil qilish; magnit rezonansiga asoslangan misollar" - deb nomlangan ilmiy maqolda "Nature" jurnalida chop etilgan. Bugungi kunda tibbiyot muassasalarining eng asosiy tibbiy uskunalaridan bo‘lmish MRT shu tarzda ommalasha boshlagan.

 

MRT - zamonaviy dunyoga kvant fizikasi taqdim etgan eng asosiy amaliy natijalardan biridir. Ushbu texnologiya asosida vodorod atomlarining radioto‘lqin diapazonidagi elektromagnit to‘lqinlarini chiqarish xossasi yotadi. Jarayonda eng asosiy jihat shuki, odam tanasi asosan suvdan iborat va suv molekulasi tarkibida albatta vodorod atomi bo‘ladi. Bu esa, tananing istalgan qismini magnit rezonans yordamida tekshirish imkonini beradi.

Vodorod atomlari yuqori kuchanganlikka ega bo‘lgan magnit maydoni ta'siriga tushgach, muayyan kombinatsiya bilan qo‘zg‘aladi. Tibbiyotda qo‘llanadigan MRT uskunasi ichida Yer magnit maydoni kuchlanganligidan 30000 dan 60000 martagacha kuchli magnit maydoni hosil qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Yerning magnit maydoni kuchlanganligi 0,5 ersted (40 A/m2) ni tashkil qiladi. MRT uskunasi ichida o‘ta o‘tkazgich elektromagnit mavjud bo‘ladi. Odam organizmning taxminan 65% atrofidagi qismini suv molekulalari tashkil qiladi. Suv molekulasi tarkibidagi vodorod atomi protoni esa, shunday spinga ega bo‘ladi-ki, u aynan ushbu magnit maydoni ta'sirida xuddi mikroskopik magnit singari qo‘zg‘aladi (buriladi). Natijada protonlar muayyan boshqa bir spinga ega bo‘lib qoladi. Keyin esa, MRT ichidagi bemor tanasiga muayyan to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan radioto‘lqinlar yuboriladi va ushbu radioto‘lqinlar protonlarning spinini qarama-qarshisiga o‘zgartirishga majbur qiladi. Radioto‘lqin uzatilishi to‘xtatilishi hamonoq, protonlar avvalgi holiga qaytadi va ushbu qaytish jarayonida o‘zida muayyan to‘lqin signallari chiqaradi. Ushbu signallarni esa o‘ta sezgir elektron datchiklari qayd etadi. Natijada, uskuna organizmning u yoki bu qismidagi suv miqdoriga proporsional bog‘liq ravishdagi yorqinlikka ega bo‘lgan kulrang rangdagi tasvir hosil qiladi. Ushbu tasvir orqali esa, tekshirilayotgan organning patalogik o‘zgarishlarini aniqlash va umuman olganda, unga tashxis qo‘yish mumkin bo‘ladi.

MRT odatda markaziy asab tizimi kasalliklarida (bosh miya, orqa miyadagi o‘zgarishlarda), tayanch-harakat a'zolari (umurtqa, muskul-bo‘g‘im tizimi xastaliklari) va qator ichki organlarga tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi. Tibbiy diagnostikaning boshqa usullari, jumladan, rentgen, yoki, kompyuter tomografiyasi kabilar bunday hollarda nisbatan samarasiz bo‘lib, hozirda, MRT diagnostikasi vrachlarning eng yaqin yordamchilaridan biriga aylanib bo‘lgan.

Hozirda MRTning "funksional MRT" (qisqacha fMRT) deb nomlangan turi ham ommalashgan bo‘lib, u odam harakatlanayotgan paytda, yoki, muayyan bir aniq vazifani bajarayotganda, masalan, rasm ko‘rayotganda bosh miyaning faolligi qanday o‘zgarishini tekshiradi va qayd qiladi. Bunday fMRT yordamida vrachlar rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rish, xususan, bosh miyadagi o‘simtalarni olib tashlashda, miyaning faol va muhim hududlariga zarar yetkazmaslik choralarini ko‘rishadi.

Xullasini aytganda, MRT tashxisi, bugungi kunga kelib, tibbiyot sohasida ko‘plab kasalliklarga samarali tashxis qo‘yish va davolash imkonini bergan muhim uslubga aylanib bo‘ldi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 17:55  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11835569

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov