Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Qora materiya

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Qora materiya

Koinotni tashkil qiluvchi materiyaning katta qismini biz ko‘ra olmaymiz. 1932-yilda astrofizik olim Yan Oort galaktikamiz - Somon Yo‘lining o‘zida mavjud va kuzatish mumkin bo‘lgan moddalari miqdoriga mos bo‘lmagan tarzda, juda shiddat bilan aylanayotganini aniqladi. Ko‘p o‘tmay, yana bir astrofizik Frits Svikki shunga o‘xshash effektni boshqa galaktikalar harakatida ham kuzatdi va ushbu, ko‘zga ko‘rinmas materiyani dunkle materie deb nomladi. Avvallari ushbu terminni "yashirin massa" deb tarjima qilinar edi. Lekin, yaqin-yaqindan beri endi ilm-fan kishilari uni "qora materiya" deb nomlashmoqda.

 

Svikki gipotezasiga ko‘ra, Koinotga qaraganimizda qorong‘i bo‘shliq bo‘lib ko‘rinadigan fazo aslida bo‘m-bo‘sh emas. Aslida unda shunday bir materiya mavjudki, u o‘zidan yorug‘lik chiqarmaydi va shu sababli ham biz uni umuman ko‘ra olmaymiz. Biz o‘sha ko‘rinmas materiyaning faqat gravitatsion ta'sirini sezishimiz mumkin xolos.

Oort va Svikki gipotezalaridan keyingi 40-yil ichida ushbu mavzuga deyarli hech kim jiddiy e'tibor bermadi. Qora materiyaga olimlar unchalik ham e'tibor qaratishmadi. Chunki, uni aniqlash deyarli imkonsiz darajada qiyinligi va aslida bu gipoteza puch bo‘lib chiqishi xavfi ko‘pchilik olimlarni bu borada tadqiqot o‘tkazishdan tiyilishga chorlagan. Faqat 1970-yillar boshiga kelib, Koinotning muayyan qismlaridagi qora materiya miqdorini, uning yorug‘likka nisbatan gravitatsion linzalar orqali ko‘rsatadigan ta'sirini kuzatish orqali taxminiy aniqlashgan muvaffaq bo‘lindi. Ya'ni, bunda yorug‘lik fazo bo‘ylab otib kelar ekan, qora materiyaning ulkan gravitatsiyasi orqali fazoning egrilanishi tufayli, o‘z to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishidan og‘ishga uchrar edi. o‘sha tadqiqotlar shuni ko‘rsatib berdiki, Koinotda qora materiya miqdori, biz bilan va ko‘rib ko‘nikkan oddiy materiya miqdoridan 5 barobar ko‘p ekan!

Bu borada kim qanchalik ko‘p gapirmasin va izlanishlar natijalarini bayon qilmasin, hozirgi kunda ham, o‘sha qora materiya aslida nima ekanini hech kim aniqlay olgan emas! Ta'kidlash joizki, qora materiyani aynan shunday nomlanishiga sabab, uning rangi qoraligi emas (aslida uning rangi qandayligini ham hech kim bilmaydi) balki, u haqida olimlar umuman hech narsa bilmasliklari sababidandir. Shuning uchun, bu borada harqalay o‘sha "yashirin materiya" nomi ko‘proq mos bo‘lardi.

Zamonaviy fizikada olimlar qora materiyaning tuzilishi borasida ikkita asosiy talqinga egalar. Bulardan birinchisi - kuchsiz o‘zaro ta'sirlashuvchi katta massali zarrachalar (Weakly Interacting Massive Particles - WIMP, tarjima qilganda, "ezmalar" degan ma'noni beradi). Bunday zarrachalar garchi massaga ega bo‘lsa-da, lekin, detektorlarda sezilmaydi. Ikkinchi xil talqinga ko‘ra esa, qora materiyani tashkil qiluvchi modda bu - ulkan massali astrofizik ixcham galo obyektlar (Massive Astrophysical Compact Halo Objects - MACHO, ya'ni, "macho") qaralmoqda. Ushbu g‘alati atama o‘z ichida qora tuynuklar, neytron yulduzlar va ko‘rishning imkoni yo‘q darajada to‘q rangdagi obyektlarni - qo‘ng‘ir mittilarni birlashtiradi.

Rasmda: Rassom o‘z tasavvuriga ko‘ra qora materiyani shu tarzda ifodalashga uringan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 18:46  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!