Yuqori harbiy unvon bilan iste'foga chiqqan bir kishi, maktab o'quvchilari uchun ma'ruzalar olib borar ekan. Ma'ruzalarning biri harbiy texnika haqida bo'libdi. Sobiq harbiy o'z ma'ruzasi davomida, bronitexnikaning bir turi haqida gapirib, shunday debdi:
-Bu harbiy texnikaning maksimal o'q otish burchagi 30 gradus...
Bir qitmir o'quvchi savol qistiribdi:
-Kechirasiz, gradus deganingiz Selsiydami yoki KelvindamI?
Harbiy gangib:
-Selsiyda... - debdi va auditoriyada kulgu ko'tarildi. Yanglishganini fahmlab qolgan harbiy, darhol qizishib:
-senlar bilan hazillashib ham bo'lmaydimi? Selsiydamas, albatta Kelvinda-da!!! -degan ekan.....
------------------------------------------------------------
Yana o‘sha harbiy ma'ruza qilyapti:
Suv hidsiz, rangsiz, ta'msiz suyuqlik, 90 gradusda qaynay boshlaydi
Bir o‘quvchi tuzatish kiritmoqchi bo‘lib:
-Bizga fizika darsida 100 gradusda deyishgandi
Harbiy ma'lumotnoma kitobini varaqlab chiqib:
-to‘g‘ri 100 gradusda qaynaydi, man uni to‘gri burchak ostida qaynaydi demoqchi edim
Degan ekan.
------------------------------------------------------------
Muhandisning muhandisligini uning passporitidan qanday aniqlash mumkin?
-Passportida ham u qolgan barcha rasmlaridagidek bitta har doim bir kostymda bo‘ladi.
------------------------------------------------------------
Agar natija yechish usuliga bog‘liq bo‘lmasa bu - matematika. Agar bog‘liq bo‘lsa bu - buhgalteriya!
------------------------------------------------------------
AQSHliklar SI xalqaro birliklar tizimiga yangi birlik kiritishni taklif etishmoqda, ya'ni: - unsiya shokolad=4 funt yog‘ miqdoridagi vazn
< avvаlgi |
---|