Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Qochish tezligi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Qochish tezligi

Kamondan osmonga tik yo‘naltirib (vertikal) o‘q uzilganda, o‘q ma'lum masofagacha ko‘tarilib, keyin yana baribir Yerga qaytib tushadi. Agar kamon ipini tarangroq tortib o‘q uzilsa, o‘q nisbatan uzoqroqqa ko‘tariladi va ko‘proq muddat havoda bo‘lib qaytadi. Kamondan o‘q uzilganda o‘q hech qachon Yerga qaytib tushmaydigan darajada tezlik olib uchib ketsa, bunday tezlikni "qochish tezligi" (ilmiy tilda "ikkinchi kosmik tezlik") deyiladi va fizik formulalarda u ve bilan belgilanadi. Ushbu tezlikni o‘rta maktab fizika kursida tanishtirladigan oddiy formula vositasida hisoblash mumkin:


bu o‘rinda: G - gravitatsiya doimiysi; r - jismdan sayyora markazigacha bo‘lgan masofa; M- sayyora massasi.

Ushbu formula istalgan sferik osmon jismi sirtidan biror jismning uchib chiqib ketishi uchun qanday tezlik zarur bo‘lishini bildiradi. Ona sayyoramiz- Yer sirtidan jismning butunlar uchib chiqib ketishi uchun kifoya qiladigan qochish tezligi, ya'ni, ikkinchi kosmik tezlik 11,2 km/soniyaga teng. Albatta, bu tovush tezligidan ancha baland tezlik bo‘lib, hech kim kamondan ushbu tezlikda o‘q uza olmaydi.

Ushbu formulaga e'tibor qaratsak, Yerdan uchib chiqib ketishi kerak bo‘lgan jismning o‘zining massasi e'tiborga olinmaganini payqash qiyin emas. Haqiqatan ham, jism xoh u kamon o‘qi bo‘lsin, xoh bahaybat fil bo‘lsin, uning massasi qochish tezligiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Lekin bu bilan jismning massasining umuman ahamiyati yo‘q degan xulosaga kelmaslik kerak. Jismga ikkinchi kosmik tezlik berish uchun, uning massasi baribir muhim. Chunki, aynan ushbu kattalikdan kelib chiqib, jism qochish tezligiga erishgunicha berish zarur bo‘lgan energiya miqdori aniqlanadi.

Mazkur formula faqat sferik shakldagi osmon jismlari uchun o‘rinli bo‘lib, unda otilayotgan jismning massasi, osmon jismning (sayyoraning) massasidan bir necha barobar kichik bo‘lishi shartdir.

Qochish tezligi shuningdek sayyoraning o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Yerda ekvatordan turib sharq tomonga otilgan o‘q uchun ikkinchi kosmik tezlik 10,7 km/soniyani tashkil qiladi.

Shuni alohida qayd qilish kerakki, yuqoridagi formula jismga ikkinchi kosmik tezlikka erishishi uchun, unga bir lahzaning o‘zida, birdaniga uzatilish lozim bo‘lgan tezlikni bildiradi. Amalda, koinotga uchirilayotgan raketalar va sun'iy yo‘ldoshlarga birdaniga ushbu tezlik berish shart emas. Chunki, zamonaviy raketalarning dvigatellari nisbatan pastroq tezlik bilan ham ishlab, raketani orbitaga eltib qo‘ya oladi va bunda dvigatellar butun parvoz davomida ishlab turadi.

Maqolaning "ikkinchi kosmik tezlik" emas, balki aynan "Qochish tezligi" deyilishining sababi shundaki, ushbu tezlik haqidagi tushuncha ilk bora Isaak Nyutonning "Olam tuzilishi" nomli asarida aynan ushbu termin bilan (qochish tezligi tariqasida) keltirilgan edi. Nyutonning ushbu asari uning o‘limidan keyin, aniqrog‘i, 1728-yilda chop etilgan bo‘lib, unda olim misol tariqasida to‘pdan o‘q uzilishini ko‘rib chiqqan. Qochish tezligini boshqa usullar bilan ham hisoblash mumkin. Xususan, Nyutonning butun olam tortishish qonunidan ham foydalanib, ikkinchi kosmik tezlikni hisoblasa bo‘ladi.

"Luna-1" - inson qo'li bilan yaratilgan va ikkinchi kosmik tezlikka erishgan eng birinchi jism. Ushbu kosmik apparatni 1959-yilda SSSR tomonidan uchirilgan va u tarixda eng birinchi sayyoralararo kosmik kemaga aylangan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 04.12.2018 10:37  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10920564

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis