Muzdan olov chiqarish? qanday qilib?
Jyul Vernning Kapitan Gattersning sayohatlari nomli asarida qahramonlaring -48 gradusli qahraton sovuqda, o'tsiz-olovsiz nochor ahvolga tushib qolishgani syujeti bor. Quyida ushbu syujet qahramonlari tilidan dialog keltiramiz:
«-ish chatoqku, doktor - deydi Gatters doktorga
-ha, afsuski shunday... - javob berdi doktor
-Bizda durbin yo'qmi, linzasini olib, olov chiqarar edik
-afsuski durbin yo'qqa... trutni yondirish uchun quyosh nurlari bemalol yetardi.
-endi nima qilamiz, hom ayiq go'shti yeyishga to'g'ri keladi shekilli. - dedi Gatters.
-ha, noiloj shunaqa qilishga majburmiz - dedi xayolchanlik bilan doktor, - ammo nima uchun biz...
-nimani o'ylab qoldingiz? -deb qiziqib so'radi Gatters.
-miyamga bir fikr keldi...
-Fikr?! -deb xursand ovozda so'radi boltsman, -Sizga fikr kelgan bo'lsa, demak biz omonmiz! - uning ohangida tantanavorlik mavjud edi.
-Qaydam, bo'larmikanâ... -dedi ikkilanib doktor.
-Qani nimani o'yladingiz? - dedi Gatters.
-Bizda linza yo'qqa, ammo uni tayyorlaymiz.
-Qanday qilib? - so'radi boltsman.
-Muz parchasini silliqlab
-Bundan bir ish chiqadi deb o'ylaysizmi?
-Bo'lmasamchi, quyosh nurlarini bir nuqtaga to'plansa bas, buning uchun muz-linza yaxshi xrustal o'rniga o'ta oladi. Biroq, buning uchun chuchuk suvning muzi bo'lsa yaxshi bo'lar edi. U ham mustahkam, ham tiniq bo'ladi.
-Agar yanglishmasam - dedi boltsman yuz qadamcha naridagi muzlarni ko'rsatib, - hov anavi muzlar rangiga qaraganda siz aytgan muzga o'xshaydi.
-Siz haqsiz, boltangizni olingchi, yuringlar do'stlar.
Uchalasi ham ko'rsatilgan muz tepalikka qarab jo'nadilar. Muz haqiqatan ham chuchuk suvniki bo'lib chiqdi.
Doktor muzdan diametri 1 futli parcha chopib olishni buyurdi va uni bolta bilan tekislik boshladi. So'ngra uni pichoq bilan qirdi va nihoyat qo'li bilan silliqlab linza holatiga keltirdi. Go'yo, eng yaxshi xrustaldan ishlanganidek, tiniq, shaffof linza tayyor bo'ladi. Quyosh juda ravshan yoritar edi, doktor quyosh nurlarini muz linza bilan trutga to'g'irladi. Bir necha sekunddan keyin trut yondi»
Jyul Vern asaridagi hikoya xayoliy emas. Muz linza yordamida yog'ochni yondirish, tarixda ilk marotaba 1763-yilda katta muz linza orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. O'sha vaqtdan buyon yana ham takomillashgan usullar orqali, qayta-qayta muvaffaqiyat bilan ko'p marta takrorlandi.
Albatta bolta, pichoq kabi asboblar bilan qo'lda (48 gradus sovuqda!) linza yasash bir muncha qiyin masala, ammo uni soddaroq usulda tayyorlasa bo'ladi. Bining uchin linza shaklidagi idishga tiniq suv olib, uni muzlatish va qolipidan yaxlit, shaffof holatda ko'chirib olish kerak. Tajribani faqat ochiq quyoshli qahraton kunda, ochiq osmon ostida, takrorlashingiz mumkin. (deraza orqasida emas, chunki deraza oynasi quyosh nurlarining energiyasi ko'p qismini yutib qoladi va bu energiya qizitish uchun yetarli bo'lmay qoladi )
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+: https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|