Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Bu-qiziq... Fan haqida faktlar Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Ginnesning rekordlar kitobidan fizikaga oid faktlar

Avvalgi maqolalarimizda, Ginnesning rekordlar kitobida kimyoga oid keltirilgan ajabtovur raqamlar haqida suhbatlashgan edik. Keling, endi ushbu mashhur kitob sahifalaridan, fizikaga oid "eng-eng-eng" sifati bilan keltiriladigan ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.

Sun'iy hosil qilingan eng issiq haroratga oid dastlabki rekord, sovuq urush davrida sinab ko‘rilgan vodorod bombasining portlash markazida yuzaga kelgan. Vodorod bombasi portlashida 400000000 °С (to‘rt yuz million daraja!) jahannam hosil bo‘ladi. bu boradagi amaldagi rekord esa 2010-yilda Katta Adron Kollayderi (KAK) da qayd qilingan bo‘lib, unda yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklargacha tezlanish olgan qo‘rg‘oshin elementi ionlarining o‘zaro to‘qnashuvidan 10 trillion K darajadagi harorat hosil bo‘lgan.

Nazariy jihatdan olib qaralganda, sun'iy, yoki, tabiiy erishilishi mumkin eng yuqori harorat bu - Plank harorati bo‘lishi kerak. Plank harorati bo‘yicha rekord taxminan 1,411679·1032 K bo‘lishi hisoblangan. Bundan ortiq harorat mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan mumkin emas. Chunki, undan yuqori haroratlarda materiya to‘laligicha energiyaga aylanib ketadi.

Eng past harorat haqidagi birinchi qayd qilingan rekord esa 1989-yilda Olli Lounasmaa boshchiligidagi Xelsinki texnologiya universiteti olimlari tomonidan, laboratoriyada hosil qilingani to‘g‘risida bo‘lgan. Ular yadroni magnit xossasidan mosuvo qolish usuli bilan, 8·10−10 Kelvin, ya'ni, 0,8 nanokelvin harorat hosil qila olishgan. Hozirgi amaldagi eng past harorat rekordini 2003-yilda Massachusets Texnologiya Institutida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda olimlar Boze-Eynshteyn kondensati vositasida 450±80·10−12 K haroratga erisha olishgan edi.

Jahondagi eng kichik harorat o‘lchov asbobini esa, Buffalo shahrilik biofizik olim Frederik Saks yasagan. Uning diametri atiga 1 mkm bo‘lgan mitti termometri faqat bitta dona tirik to‘qima ichidagi haroratni o‘lchashga mo‘ljallangan edi.

Frederik Saks

Modomiki, gap haroratga oid rekordlar haqida borayotgan ekan, Yerda qayd etilgan eng issiq va eng sovuq haroratlarni ham esga olib o‘tish joiz. Masalan, Kaliforniyadagi "Ajal vodiysi" deb nomlanadigan sahroda 56,7 °С harorat qayd etilgan. Lekin bu rekord ko‘rsatkich emas. Yerdagi eng yuqori haroratli jazirama issiqni Sahroi Kabirda qayd etishgan. Ushbu qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuyadigan biydek cho‘lda, soydagi (!) harorat 63 °С ni tashkil etgani ma'lum. Umuman, olamdagi eng yuqori harorat esa, olimlarning fikricha, Olam yaralganidan bir necha soniya o‘tgach, ya'ni, Ulkan Portlashdan keyingi lahzalarda bo‘lgan emish. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha lahzalarda olamning harorati 1028 K bo‘lgan ekan.

Sovuq haroratlar haqida gap borganda, avvalo Yerdagi shimoliy va janubiy qutblarni yodga olish kerak. Xususan, janubiy qutbda yastanib yotgan Antarktida qit'asining markaziy hududlarida −94,5 °С gacha qahraton sovuqlar kuzatilgan. Bunday haroratda eng oson va tez yonuvchi yoqilg‘i moddalarni ham yoqishning iloji bo‘lmaydi. Aytgancha, eng oson yonadigan moddalar bu dietil efiri (C4H10O) serouglerod (CS2) bo‘ladi. Shuningdek, inson yashaydigan, yoki, doimiy faoliyat olib boradigan yerlardagi eng past haroratlar Grenlandiya va Yoqutiston hududlarida qayd etilgan. Ushbu joylarda havo harorati −70 °С atrofida bo‘lishi "odatiy hol" sanaladi. Quyosh tizimidagi eng past harorat ehtimolki, Neptunning yo‘ldoshi Triton sirtida bo‘lsa kerak. Astrofiziklarning ilmiy asoslangan taxminlariga ko‘ra, Triton sirtida −235 °С gacha past haroratlar bo‘lar ekan. Eslatib o‘tamiz, nazariy jihatdan, tabiatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng past harorat, ya'ni, mutlaq nol daraja −273,15 °С ni tashkil qiladi. Bu haroratda hatto molekulalar ham harakatdan butunlay to‘xtaydi.

Keling, Ginnesdagi bosimga oid faktlarga o‘taylik. 1978-yilda Vashingtondagi Karnegi Geofizika Instituti xodimlari olmoslarning sirti yuzasini tadqiq qilish yuzasidan o‘tkazgan tadqiqotlari jarayonida, eng ulkan bosimni hosil qilishgan. 170 GPa bo‘lgan ushbu bosim maxsus gigant gidravlik press vositasida hosil qilingan. Yer yuzidagi eng baland atmosfera bosimini 1968-yilning 31-dekabr sanasida g‘arbiy Sibir meteostansiyasi qayd etgan o‘shanda, agar asbob to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa, atmosfera bosimi yangi yil kechasida 812,4 mm simob ustuniga teng bo‘lgan ekan. Eng past atmosfera bosimini esa, 1935-yilda AQSHning Florida-Kis hududidagi dahshatli tornado paytida o‘lchashgan. o‘shanda barometrik bosim 669,3 mm simob ustunigacha tushib ketgan edi. Dunyodagi eng katta barometrni esa 1987-yilda Gollandiyalik muhandis Bertom Bolle yasagan. Uning o‘lchov asbobi 12 metr balandlikka ega bo‘lib, suv vositasida atmosfera bosimini o‘lchaydi. Hozirda u Martensdeyk shahridagi barometrlar muzeyida saqlanmoqda.

Eng katta barometr

Eng katta magnitni esa, Dubnadagi sinxrofazatronda uchratish mumkin. Vazni 36000 tonna bo‘lgan ushbu magnit sinxrofazatronda 10 GeV energiya hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Olimlar sun'iy hosil qilishga muvaffaq bo‘lgan eng kuchli magnit maydonining oqim zichligi 33,6 teslani tashkil qilgan bo‘lib, bunday magnit maydonini Massachusets texnologiya instituti ilmiy xodimlari 1986 yilning 20 mart sanasida qayd etishgan. Asboblar qayd qilgan eng zaif magnit maydoni esa 8·10−15 teslani tashkil qilgan.

�Saturn-5�ning start parvoziYer yuzida eng baland shovqin hosil bo‘lishi - "Saturn-5" raketasining parvozi chog‘ida yuzaga keladi. Uning shovqini 210 detsibell, yoki, boshqacha aytganda 400000 akustik vattni tashkil qiladi. Ushbu dahshatli shovqinni 160 km masofadagilar ham eshitib, qulog‘i qomatga keladi. Tasavvur qilish uchun, quyidagi faktlarni ham ilova qilib o‘tamiz: odam en past ovoz bilan pichirlab gapirgandagi "shovqin" 10−9 Vt ni tashkil qiladi. Eng ovozi o‘tkir odam qichqirib baqirganida 0,002 Vt shovqin soladi. Odam qulog‘i quvvati 10−12 Vt dan yuqori bo‘lmagan tovushlarni eshita oladi

Eng kuchli sun'iy vakuumni 1976 yilda, Nyu-Yorkdagi IBM firmasi xodimi Tomas Uotson tomonidan maxsus kriogen uskunada hosil qilishga erishilgan. 10−14 mm simob ustuniga teng siyraklik hosil qilgan ushbu vakuumda molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa 1 m dan 80 km gacha bo‘lishi mumkin.

Eng katta quvvatli elektrodvigatellar metall yoyadigan katta chig‘ir dastgohlari (prokataka stanoklari) ega bo‘ladi. Shunday dastgohning bittasi 10000 kVt elektr energiyasi iste'mol qiladigan dvigatel bilan jihozlangan bo‘ladi.

Elektrodinamikaga o‘tamiz. 1979-yilning 17-mayida AQSHning Ouk-Rij shahridagi "Milliy Elektrostatika" korporatsiyasiga tegishli laboratoriyada 32 million volt kuchlanishga ega potensiallar farqi hosil qilingan. Bunday kuchlanishda, uni hosil qiluvchi elektrodlar orasidagi masofa 100 metr bo‘lganida ham, havoda kuchli chaqnash va nihoyatda xatarli elektr yoyi hosil qiladi.

Eng uzoq vaqtdan buyon elektr toki ishlab chiqarayotgan "qariya" batareyka, ya'ni, galvanik element, 1840 yilda Londonda ishlab chiqarilgan oltingugurt-rux tandemidagi quruq batareykadir. Ushbu batareykaga Oksford shahridagi Klarendon laboratoriyasining qo‘ng‘iroq ulangan bo‘lib, mana deyarli ikki asr muddatdan beri ushbu batareyka qo‘ng‘iroqni elektr energiyasi bilan ta'minlab turibdi. Albatta, laboratoriya xodimlari ushbu qo‘ng‘iroqda qanchalik tez-tez foydalanishlari bizga noma'lum.

Meva-sabzavotlar ichida eng kaloriyaga boyi bu avokado mevasi turadi. Uning 100 grammida 163 kkal energetik quvvat olish mumkin. Eng past kaloriyali sabzavot esa, bodring bo‘lib, uning 100 grammidan odam tanasi atiga 16 kkal energiya oladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.12.2018 12:51  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11852641

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)