Ko’pchilik magnitni shar shaklida yasab bo’lmaydi deb hisoblaydilar. Ularning fikricha: «magnitning qutblari shaklning oxirgi nuqtalarida, ya’ni uchlarida bo’lish lozim; sharning esa bunday nuqtalari yo’q, demak, unda qutblar ham bo’lishi mumkin emas; magnit esa qutbsiz bo’lmaydi…»
Agar sharni magnitlash mumkin bo’lmasa, po’lat sharlarni magnit o’ziga tortmas edi. Chunki, magnitning tortish kuchi shunga asoslanganki, induktsiya tufayli, tortilayotgan jismning o’zi magnitga ayaladi. Magnit boshqa shakldagi jismlarni qanday tortsa, sharsmon jismlarni ham huddi shunday tortadi. Buni siz velosiped podshipniklari bilan amalda sinab ko’rgan bo’lsangiz kerak. Yoki usatxonalarda shunday holat guvohi bo’lgansiz.
Sharsimon magnitning qutblari qayerda bo’ladi?
Gap shundaki, qutblarning joylashishi uning shakliga emas, balki, qanday sharoitda magnitlanishiga bog’liq. Agar shar uzunchoq shakldagi magnit bilan magnitlansa, uning shimoliy qutbi magnitning janubiy qutbiga yaqin turgan joyida va janubiy qutbi aksincha masofadagi qarama-qarshi nuqtada bo’ladi. Shunday qilib, magnetizm hodisasi nuqtai nazaridan sharning boshqa jismlardan hech qanday farqi yo’q.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|