Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Astronomiya Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko‘rinadi?

Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko‘rinadi?

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Boshqa sayyoralarda Quyosh qanday ko‘rinadi?

Siz Quyosh ufqda chiqishi va botishini ko‘p bora kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Ayrimlarga romantik kayfiyat bag‘ishlovchi tong otishidagi shafaq va kun botishidagi ufq qizarishlari, sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufaylidir. Lekin, hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz, boshqa sayyoralarda tong otishi qanday bo‘larkin? Bezakchi-rassom Ron Miller uzoq yillardan buyon koinot va sayyoralar tasviriga oid raqamli illyustratsiyalarni ishlab kelmoqda. Quyidagi tasvirlarda Ron Miller tomonidan chizilgan va turli sayyoralarda Quyoshning qanday ko‘rinishini ifodalagan illyustratsiyalar keltirilgan. Keling, biz ham rassom bilan koinot tilsimlari bo‘ylab xayoliy safar qilamiz...

 

Shuni alohida ta'kidlab o‘tmoqchimizki, ushbu suratlar rassomning tasavvuri mahsuli bo‘lib, ular albatta aniq ilmiy faktlarga tayangan holda ishlangan. Biro, real voqe'lik butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Chunki, hozirgacha astronom mutaxassislar faqat Mars sayyorasi sirtiga maxsus apparatlar tushira olishgan va shu sababli faqat Marsda tong qanday otishi borasida aniq real fotosuratlar mavjud xolos. Mars tongini namoyish qiluvchi suratlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Qolgan sayyoralarda tong aslida qanday otishini yaqin yillarda bilib olsak kerak...

1. Merkuriy

Merkuriy - Quyoshga eng yaqin sayyora bo‘lib, u Quyoshdan 57,9 million km masofada aylanadi. Bu Quyosh va Yer orasidagi masofaning 38% demakdir. Merkuriydan qaraganda Quyoshning yorqinligi Yerdagidan ko‘ra 3 barobar yorqinroq ko‘rinadi.


2. Venera

Venerada esa, garchi allaqachon tong otgan bo‘lsada, sayyora atmosferasidagi o‘ta qalin va zich bulutlar qoplami sababli, Quyosh osmonda deyarli ko‘rinmaydi. Veneraning Quyoshdan uzoqligi 108,21 million km bo‘lib, u Yer va Quyosh oraliq masofasining 72% qismiga to‘g‘ri keladi.


3. Yer

Yer va Quyosh orasi yaxlitlab 150 million kilometr deb olinadi. Bu masofada Quyosh va Oyning burchak ostida ko‘rinadigan kattaligi deyarli bir xil bo‘lgani uchun, agar osmonda Quyosh va Oyning joylashuvi bir-biriga to‘g‘ri kelib qolsa, tasvirda ifodalangan noyob tabiat hodisasi - Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi.


4. Mars

Astronomlar ixtiyorida Marsda tong otishi ifodalangan haqiqiy fotosuratlar ham bor. Ron Miller fantaziyasiga ko‘ra ifodalangan ushbu suratda esa, Marsda Quyosh ancha kichik ko‘rinishi tasvirlangan. Haqiqatan ham, Marsning Quyoshdan uzoqligi 227,9 million kilometrni tashkil qiladi. Bu degani, Mars va Quyosh orasidagi masofa, Yer va Quyosh orasidagi masofadan deyarli 1,5 marta kattadir. Mars sirtida ham Quyoshni doimo ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki, bunga sayyora sirtida muttasil bo‘lib turadigan kuchli qum bo‘ronlari halaqit beradi.


5. Yupiter

Gaz gigantlari turkumini ochamiz. Gaz sayyoralarining sirtida Quyosh qanday ko‘rinishini tasavvur qilish ham qiyin. Zero bu sayyoralarning asilda sirti ham bo‘lmasligi mumkin. Ularning o‘ta quyuq va zich tashqi atmosferasida Quyosh nurlari o‘tmasa ham kerak. Boz ustiga, masalan Yupiterda doimiy o‘ta kuchli shamollar (shamol deyilgani bu juda yumshoq qilib aytilgani bo‘ladi) muttasil, beto‘xtov esib turadi. Shu sababli, Ron Miller gaz gigantlarining qattiq jisnli tabiiy yo‘ldoshlaridan Quyosh qanday ko‘rinishini ifodalagan.

Tasvirda Yupiterning Yevropa yo‘ldoshidan Quyosh qanday ko‘rinishi keltirilgan bo‘lib, gorizontda Yupiterning o‘zi ham ko‘rinib turibdi. Yupiter Quyoshdan 778,8 million kilometr masofada joylashgan. Bu degani Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofadan 5,2 marta olisdir.


6. Saturn

Sayyoralar orasida eng oson tanib olinadigani ehtimol Saturn bo‘lsa kerak. Ushbu gaz giganti Quyoshdan 1 milliard 429 million kilometr masofada aylanadi. Bu Yer va Quyosh oraliq masofasidan 9,5 marta katta masofadir. Tasvirda Saturn atmosferasining yuqori qatlamlarida Quyosh qanday ko‘rinishi ifodalangan. Sayyora atmosferasidagi suv bug‘lari va gazlar tufayli, Quyosh nurlari sinib, hayratlanarli optik effektlar hosil qiladi. Quyosh nuri Saturnda Yerdagiga nisbatan 100 marta xiraroq ko‘rinadi. Lekin, aytib o‘tilgan optik effektlar tufayli u yerda Oy gardishiga o‘xshash manzaralarni doimiy kuzatish mumkin.


7. Uran

Uran yo‘ldoshlaridan biri - Ariel sirtida daxshatli qahraton sovuq hukmronlik qiladi. Chunki bu joylarni Quyosh nurlari deyarli isitmaydi. Uranning Quyoshdan olisligi, Yer va Quyosh oralig‘idan ko‘ra 19 marta kattadir. Ya'ni, Uran Quyoshdan 2 milliard 875 million kilometr masofada aylanadi.


8. Neptun

Qalam uchida kashf qilingan ushbu sayyora Quyosdan 4 milliard 504 million kilometr masofada joylashadi (Yer va Quyosh oralig‘idan 30 marta katta). Uning yo‘ldoshi Triton sirtidagi ulkan gezyer favvoralari va gaz-chang to‘zonlari shundoq ham juda kichik ko‘rinadigan Quyoshni deyarli to‘sib qo‘yadi.


9. Pluton

Plutonni aslida sayyoralar safida keltirish o‘zi noto‘g‘ri. Biroq, keling, Ron Miller shuncha harakat qilibdi va biz uning sazasini o‘ldirmaylik ??????????. Ushbu mitti sayyora Quyoshdan 5 milliard 900 million kilometr olislikda aylanadi. Yer va Quyosh orasidagi masofa Pluton va Quyosh oraliq masofasidan 40 marta kichikdir. Plutonga yetib borgan Quyosh nurlarining yorqinligi, Yerdagi yorug‘likka qaraganda 1600 marta xira bo‘ladi. Lekin, ushbu darajadagi yorqinlik ham, to‘linoy vaqtida Oydan qaytgan yorug‘likdan ko‘ra 250 marta kuchliroq bo‘ladi. Plutondan Quyosh deyarli boshqa yulduzlardan faqr qilmas darajada kichik ko‘rinadi va sayyora sirtiga deyarli issiqlik yetkazmaydi.

Yangilаndi: 22.11.2018 14:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11836921

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!