Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Anders Selsiy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Anders Selsiy

Anders Selsiy (shvedcha - Anders Celsius) - shved astronomi, geolog, meteorolog.

1701 yilning 27-noyabrida Shvetsiyaning Uppsala sharida tug‘ilgan. Uning avlodi, xususan, otasi va har ikkala bobosi, shuningdek amakisi ham o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olim va ziyolilari bo‘lishgan. Xususan, amakisi Ulof Selsiy (1670-1756), taniqli sharqshunos, tarixchi va botanik bo‘lgan ekan. Anders Selsiy, boshlang‘ich ta'limni o‘z oilasida olgach, Uppsala universitetiga o‘qishga kiradi. Uning oliygohdagi ilmiy rahbari, mashhur astronom Jak Kassini bo‘lgan. 1730 yildan e'tiboran, o‘zi ta'lim olgan universitetda, matematika va astronomiya fanlari professori lavozmida ishlay boshlaydi.

Anders Selsiyning nomini ilm-fan tarixiga muhrlagan narsa, uning haroratni o‘lchash uchun taklif etgan qulay o‘lchov shkalasi bo‘lib, olim 1742 yilda, amaliy o‘lchashlar uchun, muzning erishi (suvning muzlashi) va suvning qaynashi haroratlarini tayanch nuqtalar sifatida tanlab olib, ular orasidagi 100 bo‘linmalik shkaladan foydalanishni tavsiya etgan edi. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Selsiyning o‘zi avvaliga, muzning erishini 100 °C, suvning qaynashini esa 0 °C deb qabul qilgan; shkalani bizga tanish holatga keltirgan olim esa, ingliz botanigi Karl Linney bo‘ladi. Aynan Linney, 1745 yilda (ya'ni, olimning o‘limidan bir yil o‘tib) Selsiy shkalasi uchun hozirgi ko‘rinishni tadbiq etib, ilm-fanga joriy qilgan edi.

Mashhur harorat shkalasidan boshqa, Selsiyning ilmiy yutuqlari sirasiga, uning shimol yog‘dusining tabiatini o‘rganish borasidagi izlanishlarini keltirish mumkin. U kompas strelkasining og‘ish harakati va shimol yog‘dusining inetnsivligi ko‘lami orasidagi korrelaytsion bog‘liqlikka ko‘ra, mazkur hodisaning (yog‘duning) tabiati, magnetizm hodisalari bilan bog‘liq ekanligini aniqlaydi. Bundan tashqari Selsiy, farang astronom olimi Lui de Mopertyui bilan birgalikda, shimoliy qutbga yaqin joylashgan Laplandiya o‘lkasi hamda, hozirgi Ekvador davlati hududida joylashgan ekvatorial kengliklardagi Yer meridianining 1′ yoyi uzunligini o‘lchash ekspeditsiyasi ishlarida ishtirok etadi.

 

1741-yilda Selsiy rahbarligida Uppsala astronomiya rasadxonasi tashkil etiladi. Anders Selsiyning o‘zi, ushbu rasadxonadagi kuzatishlar orqali, 300 dan ziyod yulduzlarning yorqinligi va osmon sferasidagi joylashuvi bo‘yicha ancha mukammal o‘lchashlarni amalga oshiradi va yozib qoldiradi.

Anders Selsiy 1744 yilning 25 aprelida, Uppsalada vafot etgan.

Yangilаndi: 27.11.2018 08:02  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!