Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius

Rudolf Yulius Emmanuil Klauzius (nemischa: Rudolf Julius Emanuel Clausius) – asl ismi Rudolf Gottlib (Rudolf Gottlieb) – olmon fizigi, mexanik, matematika. Termodinamika fani asoschilaridan biri.

U 1822 yilda, Germaniya imperiyasining Kyoslin (hozirgi Koshalin) shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotni Berlin universitetida olgan. Klauziusning dastlabki ilmiy ishi 1850 yilda  nashrdan chiqqan bo‘lib, «Issiqlikning harakatlantiruvchi kuchi va undan issiqlik nazariyasi uchun keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan qonunlar haqida» deb nomlangan. Unda Klauzius, Karnoning issiqlikni ishga aylantirish haqidagi hamda, Mayer va Gelmgoltslarning energiyaning saqlanish qonuni borasidagi fikrlarini tizimlashtirilgan shaklda tahlil qilib, mazkur masalalarni o‘zining ko‘plab yangicha nazariy g‘oyalari bilan boyitadi. Xususan, uning o‘zi «issiqlik aksiomasi» deb atagan va fanda, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining eng dastlabki ko‘rinishidagi ta’riflaridan biri bo‘lgan «issiqlik sovuq jismdan harorati balandroq jismga o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin emas» tarzidagi tasdig‘ini keltiradi. Hozirda bu ta’rif Klauzius ta’rifi deb yuritiladi. Keyingi bir nechta asarlarida, Klauzius, o‘z ta’rifini yanada aniqlashtirdi va boshqa muhim faktlar bilan o‘z nazariyasini yanada boyitdi.

Ushbu asarning o‘ziyoq, u muallifning ilk ilmiy ishi bo‘lishiga qaramasdan, Klauziusga katta shuhrat keltirdi. Uni, asar nashrdan chiqqan yilning o‘zida Berlin Qirollik Artilleriya va Harbiy Muhandislik maktabiga, professor ilmiy unvoni bilan ishga tayinlanadi. 1855 yildan esa, Shveytsariya Politexnika maktabining matematik fizika kafedrasi professori bo‘lib ishlay boshlaydi. Klauzius shuningdek, bugungi termodinamikaning ajralmas qismi bo‘lgan entropiya tushunchasini fanga kiritgan olim hisoblanadi. Aynan uning 1865 yilda nashrdan chiqqan «Issiqlikning matematik nazariyasining ikkinchi bosh qonunining, qo‘llash uchun qulay bo‘lgan shakllari haqida» nomli asarida, entropiya atamasi ilk bor qo‘llaniladi va unga ilmiy ta’rif beriladi. Mazkur asar butun Yevropa bo‘ylab, ilmiy jamiyatlar va akademiyalarda katta e’tirofga sazovor bo‘lgan. Aynan 1865 yilda, Klauziusni, olib borayotgan samarali ilmiy tadqiqotlari uchun Fransuz Fanlar Akademiyasiga a’zolikka qabul qilinadi. 1867 yilda, endilikda ilmiy nufuzi eng yuksak doiralarda ham tan olingan olim, avvaliga Vyurtsburg universiteti, keyinroq – 1869 yilda esa, Bonn universiteti professori lavozimlariga erishadi.

Rudolf Klauzius, o‘z tadqiqotlarini, kitob shaklida nashr etish bilan cheklanib qolmasdan, ular bilan davriy nashrlarda, asosan ilmiy jurnallarda muntazam chiqish qilib borgan. Uning termodinamikadan tashqari, optika, elektr hodisalari va jismlarning elastikligi borasida ham olib borgan izlanishlari diqqatga sazovordir. U mexanika uchun muhim tushunchalardan bir bo‘lgan virial atamasini fanga kiritgan (1870).

Rudolf Klauzius, haqli ravishda, termodinamika fanining asoschilaridan biri hisoblanadi. U 1888 yilning 24-avgustida Bonnda vafot etgan.

 
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

СмешноУлыбаюсьПодмигиваю

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 885
O'qilgan sahifalar soni : 12086090

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!