Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Benua Pol Emil Klayperon

Benua Pol Emil Klayperon

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Benua Pol Emil Klayperon

Benua Pol Emil Klayperon (fransuzcha Benot Paul mile Clapeyron) farang muhandisi va fizik olimi. Temir yol tarmoqlari, koprik qurilishi va yolsozlik masalalari boyicha koplab ilmiy-amaliy ishlar muallifi. Ideal gaz holati tenglamasini keltirib chiqargan olim.

Pol Klayperon 1799 yilning 26-fevral sanasida Parijda tugilgan. Avvaliga 1816-1818 yillar davomida Parij Politexnika maktabida tahsil olgan. 1820 yilda Sankt-Peterburgdagi Aloqa yollari muhandisligi institutda professor bolib ishlayotgan dosti Gabriel Lamening oldiga jonaydi va u yerda 10 yil davomida ishlab, yolsozlik va kopriklar qurilishi boyicha loyihalarda muhandis sifatida ishtirok etadi. 1930 yilda Parijga qaytgach, Fransiya boylab qurilayotgan yangi temir yol tarmoqlari va kopriklar va yollar qurilishida muhandis, loyihachi va nazoratchi sifatida ishtirok etadi. Xususan ilk fransuz temir yol tarmoqlari bolmish Parij-Versal va Parij-Sen Jermen yonalishlari aynan Klayperon nazorati bilan qurilgan edi.

Pol Klayperonning fizik olim sifatidagi ishlari asosan issiqlik, plastiklik va qattiq jismlarning muvozanat holatlari masalalariga bagishlangan bolib, uning termodinamika borasidagi izlanishlari ayniqsa mashhur bolgan. Sadi Karnoning Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza birinchi bolib jiddiy ilmiy ahamiyat qaratgan va uning goyalariga matematik asos bergan ilk olim aynan Pol Klayperon bolib, ushbu goyalardan kelib chiqib u, termodinamika uchun dastlabki grafik uslublarni indikator diagrammalarni, xususan, p-V koordinatalar sistemasini kiritgan edi. 1834 yilda Klayperon, Boyl-Mariott, Gey-Lyussak va Avogadro qonunlarining umumlashtirilishi natijasidan, ideal gaz holati uchun tenglama keltirib chiqardi. (Ushbu tenglama D.I. Mendeleyev tomonidan 1874 yilda yanada umumlashtirilgan bolib, Mendeleyev-Klayperon tenglamasi deb yuritiladi.) Shuningdek u jismning erish va qaynash harorati va bosimi orasidagi bogliqlikni ornatuvchi va 1851 yilda Klauzius tomonidan nazariy asoslab berilgan tenglamani (Klayperon-Klauzius tenglamasi) keltirib chiqargan.

Pol Klayperon 1858 yilda Parij Fanlar Akademiyasiga, boshqa bir mashhur olim Koshining orniga azolikka saylandi. Hozirda uning nomi, Eyfel minorasining birinchi qavatiga joylashtirilgan Fransiyaning buyuk olimlari royxatiga kiritilgan bolib, olim shuningdek Sankt-Peterburg fanlar akademiyasining ham azoligiga ega bolgan.

Klayperonning termodinamikaga bagishlangan qator asarlari mavjud, xususan, Qattiq zarrachalarning ichki muvozanati haqida hamda, Issiqlikning mexanik nazariyasi haqida asarlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Klayperonning yolsozlik, qurilish va jamoatchilik ishlari masalalariga bagishlangan asarlari oz davrida katta mashhurlikka ega bolgan.

Benua Pol Emil Klayperon 1864 yilning 28-fevral sanasida Parijda vafot etgan.

 
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11685282

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)