Termodinamik harorat birligi - Kelvin
Termodinamik haroratning ta'rifi 10-O‘TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) "Kelvin gradusi" atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta'rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).
Kelvin - termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.
Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.
2005-yilda O‘TXI quyidagini ma'qulladi: (ya'ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)
Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng; 0.0003799 mol 17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.
Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma'lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya'ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
t=T -T0
Selsiy harorat shkalasi birligi - Selsiy gradusi, belgisi - °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-O‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat
t(°C)=T(K) - 273.15
ifoda orqali aniqlanadi.
Kelvin hamda Selsiy gradusi - O‘TXQ ning 1989-yildagi 5-tavsiyanomasi (CI-1989; PV, 57, 115 va Metrologia, 1990, 27, 13) orqali, 1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|
Bildirilgan fikrlar
Mulohazalar uchun RSS tasmasi