Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Oy

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Oy

Oy - Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida kattaligi bo‘yicha 5 o‘rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko‘rinadigan yulduz kattaligi −12,71m, ya'ni Oy, ravshanligi bo‘yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish ko‘rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona astronomik obyektdir.
Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo‘ladi va zarrachalar miqdori biroz ko‘payadi. Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo‘ladi va u kunduzi +120 °C gacha isiydi. Kechasi esa −170 °C gacha tushib ketadi.
Oy sirti esa, fanda Regolit deb yuritiladigan jismlar - yupqa chang qatlami va meteorit zarbalari natijasida hosil bo‘ladigan tog‘ jinslari parchalarining aralashmalaridan iborat bo‘lgan moddadan iborat. Regolit qalinligi bir necha santimetrlarda, o‘nlab metrlargacha bo‘lishi mumkin. Oyning ichki tuzilishi esa, taxminan 68 - 107 km qalinlikdagi qobiq (yoki po‘stloq), tashqi va o‘rta mantiya, quyi mantiya (atenosfera), hamda, yadrodan iborat.
Oyda magnit maydoni mavjud emas.
Oydan turib Yerning ko‘rinishi, Yerdan Oyning ko‘rinishiga nisbatan, 13.5 marta kattaroq ko‘rinadi. Yerdan qaytgan nurlarning Oyni yoritish darajasi esa Oydan qaytgan nurlardan Yerning yoritilganligidan deyarli 50 marta kuchli bo‘lib, Yerning Oydan ko‘rinadigan Yulduz kattaligi ?16m ni tashkil qiladi. Oy, Quyoshdan kelayotgan yorug‘likning atiga 7% ni qaytaradi (akslantiradi xolos).
Atmosfera yo‘qligi sababli, hatto Quyosh gorizontdan balandda bo‘lgan ya'ni, Oydagi kunduz vaqtida ham, osmon qorong‘u bo‘ladi. Oy kunduzida ham yulduzlar va boshqa sayyoralarni kuzatish mumkin.

 

Apollon-17 Astronavtlari olgan fotosuratlar asosidagi Oy yuzasinining panoramasi

Oy odamlarni qadimdanoq o‘ziga jalb qilib kelgan va munajjimlarning doimiy kuzatuvida bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrda yunon olimi Gipparx, Oy orbitasining ekliptikaga nisbatan og‘ishini aniqlagan. Gipparx kuzatuvlari asosida Klavdiy Ptolomey "Almagest"da qayta ko‘rib chiqilgan va rivojlantirilgan. Teleskop kashf etilganidan keyin, 1651-yilda Jovanni Richiolli tarixda birinchi marta Oy xaritasini tuzdi. Aynan Richiolli Oydagi yirik qoramtir joylarni birinchi bo‘lib "Dengizlar" deb atagan shundan buyon oydagi botiqliklar va yirik kraterlar Oy dengizlari deb ataladi. Richiolli bunday fikrga kelishiga sabab, u Oyning qoramtir rangda ko‘ringan chuqurliklarini suv bilan to‘la dengizlar, yorqin qismlarini esa, quruqliklar deb o‘ylagan. Lekin Xorvatiyalik astronom Rujer Boshkovich Oy atmosferasi mavjud emasligini isbotlab berdi. Bunday holatda esa oyda suv mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Lekin baribir, Richiollining an'anasi yashovchan bo‘lib chiqdi. Richiollining o‘zi Oydagi "dengiz"larga buyuk olimlarning nomini berish an'anasini ham boshlab bergan.

Oyni tadqiq qilish XIX asrda fotografiya ixtiro qilinganidan keyin yangi sur'atlarda rivojlandi.Fotosuratlar asosida, Oyni yanada mufassal tadqiq qila boshlandi. Oyning dastlabki mukammal fotosuratlarini 1852-yilda Uorren de la Ryu va 1865-yilda Lyuis Rezerfordlar olishgan. 1881-yilda esa Pyer Jansen Oyning birinchi fotografik atlasini tuzdi.

XX-asrda koinotni zabt etish erasi boshlanishi bilan, Oy haqidagi bilimlar ancha mukammallashdi. Kosmik apparatlar tufayli, ming yillar davomida barcha munajjimlarning qiziqtirib kelgan Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomonini ilk marotaba ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi. Oyga maxsus apparatlar uchirila boshladi. Ulardan eng birinchisi "Луна-1" bo‘lgan. U 1959-yilning 13-sentyabrida Oyga yetib borgan. Oyning teskari tomonining dastlabki fotosuratini "Луна-3"apparati 1959-yilda Yerga yuborgan. Oyni tadqiq qilish jarayoning tezlashuviga XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan "sovuq urush" siyosiy holati ham katta ta'sir qilgan. XX-asrning 60-yillarida AQSH hukumati, sobiq ittifoqning Oyni tekshirish borasida ancha ilgarilab ketganligidan xavotirga tushib, o‘zining maxsus Oyni tadqiq qilish milliy dasturini ishlab chiqdi. Prezident Jon Kennedi, Oyga AQSHlik astronavt 1970 yilgacha albatta yetib boradi deb bayonot berdi. Oyga uchuvchili apparat yuborilishi oldidan bir nechta tayyorlanish bosqichlari o‘taldi. "Reynjer" 1961-1965 yillarda Oy sirtini batafsil fotosuratlarga tushirdi; "Surveyer" yumshoq qo‘nish va joyni o‘rganish ishlarini; "Lunar orbiter" esa joyning sirtini mukammal o‘rganish ishlarini bajardi. Nihoyat, 1969-yilning 20-iyulida Apollon-11 Oy kemasi bortida astronavtlar Nil Armstrong va Edvin Oldrinlardan iborat ekipaj Oy sirtida yumshoq qo‘nishni amalga oshirib, Oyga qadam qo‘ygan birinchi insonlarga aylanishdi.

Apollon dasturi oxirgi marta 1972-yilda bajarilganidan so‘ng, to‘xtatildi. SSSRga tegishli "Lunaxod-1" seriyasidagi oy apparatlari 1970-76 yillarda Oy sirtida ish olib borib, ko‘plab ma'lumotlarni yig‘di va Yerga yetkazdi. 1976 yilda "Lunaxod-24" Yerga Oy tuprog‘i namunasi bilan qaytgach, Oyni tadqiq qilish ishlari birmuncha so‘ndi. Keyingi Oy apparati - "Hiten" faqat oradan 14 yil o‘tib, 1990 yilda Yaponiya tomonidan uchirildi. Undan keyin esa ikkita apparatlar Clementina (1994) va Lunar Prospector (1998) uchirilgan. Hozirgi vaqtga kelib, Oyni tadqiq qilish ishlariga, Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyadan tashqari, 2007-yildan, Xitoy Xalq Respublikasio‘zining "Chane-1" va "Chane-2" apparatlari, hamda, 2008 yildan boshlab Hindiston "Chandryan-1/2" apparatlari orqali qo‘shilgan. XXI-asr Oyni tadqiq qilish ishlari asosan Oy orbital zondlari va robot texnikasiga suyanadi. Xususan, Yaponiyaning "Kaguya" Oy zondi, asosan robotlar faoliyatiga asoslanadi. Bundan tashqari, bugungi kunda Oyni tekshirish va o‘zlashtirish borasida xususiy korporatsiyalar ham ish boshlab yuborishgan. Masalan, Google kompaniyasi o‘zining Oyga sayohat uyishtirishni maqsad qilgan Google Lunar X-PRIZE dasturi haqida e'lon qilgan. Shuningdek, ayrim davlatlarda kelajakda, Oyda Oy tabiiy resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha bazalar qurilishi va Oyga turistik sayohatlar (Oy turizmi) uyishtirishni maqsad qilgan loyihalar mavjud.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.02.2020 08:44  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11857883

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!