Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Serera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Serera

Serera (1 Ceres) - Asteroidlar belbog‘ida joylashgan, Yerga eng yaqin karlik sayyora. Serera 1801-yilning 1-yanvar tunida Italiyalik astronom, Palermo universiteti olimi Juzeppe Piatssi tomonidan kashf qilingan. Mars Yupiter orasida biror bir sayyora mavjud bo‘lishi haqidagi g‘oya ilk marta olmon astronomi Iogann Elert Bode tomonidan bildirilgan bo‘lib, u Titsius-Bode qonuniyatiga asoslangan edi. 1781-yilda Uilyam Gershel Uranni kashf etgach, uning orbital radiusi mazkur qonuniyatga mos bo‘lib chiqdi. shunga ko‘ra astronomlar, Quyoshdan 2.8 a.b. masofada ham biror sayyora bo‘lishi kerak degan fikr bilan, qidirish ishlarini boshlab yuborishdi. Buning uchun, Frans Ksaver fon Tsax boshchiligida, 24 nafar astronom mutaxassisdan iborat guruh tuzilib, ular tinimsiz kuzatuvlar olib borishga kirishishdi. Biroq, ularning barcha urinishlari zoe ketdi. Ulardan mustaqil ravishda, Palermo rasadxonasida kuzatuv olib borayotgan Piatssi, burj yulduzlari katalogidagi 87-yulduzni qidirish ishlari davomida, tasodifan ko‘rib qoladi. Piatssi avvaliga uni kometa deb o‘ylaydi va bu haqida Berlinga, Iogann Bodega xat orqali ma'lum qiladi. Tez orada, Piattsining o‘zi, bu osmon jismi, aynan Mars va Yupiter orasidagi sayyora ekanligini fahmlab qoldi va bu haqida, endilikda, to‘laroq ma'lumot va qiymatlar bilan batafsil xat yozib, ham Bodega, ham, Parijlik olim Jerom Lalandga yo‘lladi. Piatssining ma'lumotlaridan kelib chiqib, mashhur matematik olim Karl Fridrix Gauss, Sereraning orbitasini hisoblab chiqdi. uning natijalariga ko‘ra, 1801 yilning dekabr oyida fon Tsax, rasmiy ravishda yangi sayyora - Sereraning kashf etilganligini e'lon qildi.

Yangi sayyoraga nom berishda avval, uning kashfiyotchisi Piatssi "Serera Ferdinandea" (Ceres Ferdinandea) nomini, ya'ni qadimgi Rim dehqonchilik va hosildorlik ma'budining nomi bilan, Sitsiliya qiroli Fernandea III ning o‘zaro biriktirilgan shaklidagi nomni berishni taklif qildi. Biroq, olimlarning muzokaralaridan so‘ng, Fernandea ismi boshqa mamlakatlar, ayniqsa, Sitsiliya bilan diplomatik sovuqchilikka ega davlatlar tomonidan qabul qilinmaydi degan mulohazaga ko‘ra, undan voz kechildi va oddiy qilib, "Serera" nomi qoldirildi. 1803-yilda kashf etilgan yangi kimyoviy element ham Sereraning sharafiga "Seriy" deb nomlandi.

Serera bir necha bor ilmiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan: u kashf etilgan ilk davrda Quyosh tizimining odatiy sayyorasi sifatida qaralgan va tegishli katalog va darsliklarga kiritilgan. Biroq, ko‘p o‘tmay, 1802-yildayoq uni asteroid sifatida qayd etilgan va to 2006-yilgacha shu maqomda bo‘lgan. Bu davr mobaynida Serera koinotdagi eng katta asteroid sifatida qaralgan. XAI 2006-yildan e'tiboran Sererani karlik sayyora sifatida e'tirof etdi.

Serera orbitasi, Pluton va Merkuriylarnikiga nisbatan ancha barqaror. Uning Quyoshgacha bo‘lgan masofasi, perigeliyda 2,54 a.b. va affeliyda 2.98 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita ekstsentrisiteti 0.08. Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish muddati 4.9 yil. Serera bir kecha-kunduzi 9 soat va 44 daqiqani tashkil qiladi. Yer va Serera o‘rtasidagi o‘rtacha masofa ~263,8 million km.

~950 km diametrga ko‘ra, Serera, asteroidlar belbog‘idagi eng yirik obyekt hisoblanadi va belbog‘dagi obyektlar umumiy massasining 32% qismini tashkil qiladi. Serera o‘z xususiyatlariga ko‘ra ba'zi sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlaridan ancha katta. Uning shakli ham sferik shaklga ancha yaqin bo‘lib, uning yuzasida suv muzlari va ba'zi minerallarning gidratlari aniqlangan. "Gershel" teleskopi esa, Sererada suv bug‘lari mavjudligini qayd etdi. shuningdek, olimlar, bu karlik sayyoraning ichki qatlamlarida suvli okean mavjud bo‘lishi mumkinligini ham istisno etishmagan.

Yerdagi kuzatuvchi uchun Sereraning ko‘rinadigan yulduz kattaligi 6.7 dan 9.3 yulduz kattaligigacha o‘zgarib turadi. Bu Sereraning eng yorqin ravshanlikka ega bo‘lgan vaqtlarida ham, uni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmasligini bildiradi. 2008-yilda olib borilgan o‘lchash ishlarining uchta eng aniq qiymatlariga ko‘ra, Sereraning massasi 9,4·1020 kg, o‘rtacha zichligi esa 2,077 gr/sm3. Serera sirtidagi o‘rtacha harorat 167 K (–106 ºC) ni tashkil qiladi. Harorat perigeliyda 240 K (33 ºC) gacha chiqishi mumkin.

Sereraning Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Juzeppe Piatssi

Kashf etilgan joy

Palermo, Italiya

Kashf etilgan sana

1-yanvar, 1801 yil

Kashf etish usuli

Kuzatuv

Sereraning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

2,5465 a.b. ; 381 028000 km;

Afeliy

2,9842 a.b. ; 446 521000 km;

Katta yarim o‘q (?)

2,7653 a.b. 413 767000 km;

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,07934;

Siderik aylanish davri

1680,5 kun; ≈4.6 yil.

Orbital tezligi (v)

17,882 km/soniya;

o‘rtacha anomaliya

27,448º

Peritsentr argumenti

2,825º

Og‘ishi

10,585º

Yo‘ldoshlari

-

Sereraning fizik ko‘rsatkichlari

Ekvatorial radiusi

487,3 ± 1.8 km;

Qutb radiusi

454,7 ± 1.6 km;

Hajmi (V)

6,39·109 km3;

Massasi (m)

9,43 ± 0,07·1020 kg;

o‘rtacha zichligi (?)

2,077 g/sm3;

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

0,27 m/soniya2;

o‘qining og‘ish burchagi

~3º

Albedo

0,090 ± 0,0033;

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

6.7 dan 9.32 gacha;

Mutloq yulduz kattaligi

3,36 ± 0.02

Sirtidagi o‘rtacha harorat

-167 K (?106 ºC)

Yer, Oy va Sereraning o'lchamlarining taqqoslanishi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 09.10.2019 08:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11858869

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!