Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Quyma ichiga nazar...

Quyma ichiga nazar...

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Quyma ichiga nazar...

Solishtirma og’irlik ajoyib narsa. U haqida bilish ko’p hollarda insonga naf keltirishi tayin. Masalan men, yaqindagina xorij safaridan yaqinlarim uchun sovg’a salomlar oldim. Qo’l mehnati bilan tayyorlanadigan suvenirlar do’konida savdo qilayotgan habash yigit menga, vazni taxminan 1.5 kg keladigan globuschani tavsiya qildi. Narxi esa bir oz qimmat. Sababini so’raganimda, u globuschaning maqtash asnosida, uning to’liq mis metallidan ekanligini va qolipga quyilishda u g’ovaklarsiz, yaxlit holatda quyilishini, shu tufayli narxi bir oz qimmatligini tushuntirdi. Qolaversa, namunaga badiiy bezak berish, materiklar va okeanlar, orollar, davlatlar chegaralarini o’yib tushirish ancha mashaqqatli mehnat ekan. Buni tushunaman, albatta, qo’l mehnati oson yumush emas. Qolaversa, suvenir menga juda yoqib qolgandi. Uni sotib oldim...

Lekin, habash yigitning (o’zini aytishicha u usta ekan) suvenir misdan yaxlit quyilganligi haqidagi gapi menda shubha uyg’otdi. Men, o’zimni xayolan, zargarga buyurtma asosida tayyorlatilgan tojning tarkibini aniqlagan Arximed kabi tasavvur qildim.  Mehmonxonaga kelgach suvenirning haqiqatan to’liq misdan yasalganligi yoki, habash «usta» menga lag’mon ilganmi-yo’qmi tekshirib ko’rishga qiziqdim. Albatta, shunday chiroyli suvenirni o’rtasi bo’shliqmi, yoki yaxlitmi, shuni bilish uchun qiziqish yuzasidan ichini teshib ko’rish yaramaydi. Bu jarayonda menga – fizika yordam beradi.

Buning uchun men, avvalo suvenirning hajmini aniqlayman:

Balandligi 15, eni 12 sm bo’lgan to'g'ri burchakli bankaga suv to’ldirib, uning sathini marker bilan belgilab oldim. Boyagi suvenirni astalik bilan bankadagi suvga soldim. Suv sathi 1.3 sm ga ko’tarildi. Demak, suvenir globuschaning siqib chiqargan suv hajmi 15X12X1.3=234 cm3. Demak, suvenir globuschaning hajmi 234 sm3 ekan. 1 sm3 mis taxminan 9 gramm keladi. Demak, agar, men olgan suvenir yaxlit mis qiymasi bo’lganida, u 234▪9=2106 gramm, ya’ni taxminan 2 kg 100 grammdan sal ortiqroq vaznga ega bo’lishi kerak edi. Biroq, suvenirimni tarozida tortib ko’rganimda, u 1 kg va 740 gramm chiqdi. Demak, uning ichida umumiy hajmi 366 (2106-1740) gramm misnikiga teng bo’lgan bir yoki bir necha bo’shliq, yoxud, boshqa moddalar, masalan po’kak, paralon kabilar mavjud. 366 gramm mis esa, 366/9≈40 sm3 hajmni egallaydi.

Menku, 366 gramm mis narxiga aldanib, ertasi kuni qaytib borib «usta»ni o’z yolg’oniga iqror qilishiga imkon topmadim. Biroq, Siz aziz mutolaachi esa, bu kabi usul bilan maishiy turmushingizda metall quymasidan tayyorlangan biror buyum, mahsulot yoki oddiy qilib aytganda – namunaning ichki tuzilishini, yaxlitligi yoki g’ovakligi, bir jinslimi yoki qotishmami, va ishlab chiqaruvchining keltirgan ma’lumotlariga mos kelish kelmasligini tekshirib olishingiz mumkin. Buning uchun esa sizga metallarning solishtirma og’irligi jadvali zarur bo'ladi.

Maqolamiz yakunida shuni aytamizki, suvga solganda sifati buziladigan namunalar ustida tajriba o’tkazishdan tiyiling

??????????????????????????????...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 18.03.2018 12:24  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11838714

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)