Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Oy

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Oy

Oy odamlarni qadimdanoq o‘ziga jalb qilib kelgan va munajjimlarning doimiy kuzatuvida bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrda yunon olimi Gipparx Oy orbitasining ekliptikaga nisbatan og‘ishini aniqlagan. Gipparx kuzatuvlari asosida Klavdiy Ptolomey «Almagest»da qayta ko‘rib chiqilgan va rivojlantirilgan. Teleskop kashf etilganidan keyin, 1651-yilda Jovanni Richiolli tarixda birinchi marta Oy xaritasini tuzdi. Aynan Richiolli Oydagi yirik qoramtir joylarni birinchi bo‘lib «Dengizlar» deb atagan shundan buyon oydagi botiqliklar va yirik kraterlar Oy dengizlari deb ataladi. Richiolli bunday fikrga kelishiga sabab, u Oyning qoramtir rangda ko‘ringan chuqurliklarini suv bilan to‘la dengizlar, yorqin qismlarini esa, quruqliklar deb o‘ylagan. Lekin Xorvatiyalik astronom Rujer Boshkovich Oy atmosferasi mavjud emasligini isbotlab berdi. Bunday holatda esa oyda suv mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Lekin baribir, Richiollining an'anasi yashovchan bo‘lib chiqdi. Richiollining o‘zi Oydagi «dengiz»larga buyuk olimlarning nomini berish an'anasini ham boshlab bergan.

 

Lyuis Rezerford olgan oyning fotosurati. 1865- yil.

Oyni tadqiq qilish XIX-asrda fotografiya ixtiro qilinganidan keyin yangi sur'atlarda rivojlandi.Fotosuratlar asosida Oyni yanada mufassal tadqiq qila boshlandi. Oyning dastlabki mukammal fotosuratlarini 1852-yilda Uorren de la Ryu va 1865-yilda LyuisRezerfordlar olishgan. 1881-yilda esa Pyer Jansen Oyning birinchi fotografik atlasini tuzdi.

Oyga yetib borgan birinchi kosmik apparat «Lunaxod-1»

XX-asrda koinotni zabt etish erasi boshlanishi bilan Oy haqidagi bilimlar ancha mukammallashdi. Kosmik apparatlar tufayli, ming yillar davomida barcha munajjimlarning qiziqtirib kelgan Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomonini ilk marotaba ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi. Oyga maxsus apparatlar uchirila boshladi. Ulardan eng birinchisi «Luna-1» bo‘lgan. U 1959- yilning 13-sentyabrida Oyga yetib borgan. Oyning teskari tomonining dastlabki fotosuratini «Luna-3» apparati 1959-yilda Yerga yuborgan. Oyni tadqiq qilish jarayoning tezlashuviga XX-asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan «sovuq urush» siyosiy holati ham katta ta'sir qilgan. XX-asrning 60-yillarida AQSH hukumati sobiq ittifoqning Oyni tekshirish borasida ancha ilgarilab ketganligidan havotirga tushib, o‘zining maxsus Oyni tadqiq qilish milliy dasturini ishlab chiqdi. Prezident Jon Kennedi Oyga AQSHlik astronavt 1970-yilgacha albatta yetib boradi deb bayonot berdi. Oyga uchuvchili apparat yuborilishi oldidan bir nechta tayyorlanish bosqichlari o‘taldi. «Reynjer» 1961-1965 yillarda Oy sirtini batafsil fotosuratlarga tushirdi; «Surveyer» yumshoq qo‘nish va joyni o‘rganish ishlarini; «Lunar orbiter» esa joyning sirtini mukammal o‘rganish ishlarini bajardi. Nihoyat, 1969- yilning 20-iyulida Apollon-11 Oy kemasi bortida astronavtlar Nil Armstrong va Edvin Oldrinlardan iborat ekipaj Oy sirtida yumshoq qo‘nishni amalga oshirib, Oyga qadam qo‘ygan birinchi insonlarga aylanishdi.

EdvinOldrin Oy sirtida. 1969-yil 21-iyul

NilsArmstrong oy sirtida olgan birinchi fotosurat

Apollon dasturi oxirgi marta 1972-yilda bajarilganidan so‘ng, to‘xtatildi. SSSRga tegishli «Lunaxod» seriyasidagi oy apparatlari 1970-76 yillarda Oy sirtida ish olib borib, ko‘plab ma'lumotlarni yig‘di va Yrga yetkazdi. 1976-yilda «Lunaxod-24» Yerga Oy tuprog‘i namunasi bilan qaytgach, Oyni tadqiq qilish ishlari birmuncha so‘ndi. Keyingi Oy apparati - «Hiten» faqat oradan 14 yil o‘tib, 1990-yilda Yaponiya tomonidan uchirildi. Undan keyin esa ikkita apparatlar Clementina (1994) va Lunar Prospector (1998) uchirilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 18.08.2018 12:08  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov