Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar Rentgen nurlari tibbiyotda

Rentgen nurlari tibbiyotda

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 35
Juda yomon!A'lo! 

Rentgen nurlari tibbiyotda

Rentgen nurlarining qattiq jismlardan, masalan, odam muskullaridan ham o‘ta olishi, ularning tibboyotdagi benazir dastyorga aylanishlariga sababchi bo‘ldi. Rentgen nurlari, hakimlarga mijoz organizmida nimalar sodir bo‘layotganligini aniqlashga yordam beradi.

Rentgen nurlari 1895-yilda Vyurtsburg universitetining olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) tomonidan kashf etilgan edi. Bu nurlar ham, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar, gamma-nurlanishlari, radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil, ultrabinafsha nurlanishlar singari, elektromagnit spektrining bir turi hisoblanadi. Rentgen nurining kashf etilishiga tasodif sababchi bo‘lgan.

Konrad Rentgen katod nurlari taratuvchi elektron-nur trubkasi bilan tajribalar olib borar edi. Bir safar, trubka zich va qop-qora qalin qog‘ozli g‘ilof bilan berkitilgan holatda tasodifan elektrni ulab yubordi va yaqin orada joylashgan platinosianistik bariyning kristallari yashil rangda rovlana boshlaganini payqab qoldi. Rentgen trubkani o‘chirishi bilanoq, tovlanish to‘xtadi. Qaytadan yoqsa, kristallar yana yorishib, tovlana boshladi. Tekshirishlarni davom ettrib, Rentgen avvalari ma’lum bo‘lmagan nurlanish turi bilan to‘qnash kelganini fahmladi. U katod nurlari, elektron-nur trubkaning ichida qandaydir to‘siqqa duch kelayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi.

Qayd etilgan yangicha turdagi nurlanishning intensiv oqimini olish uchun Rentgen, katod nurlanishlari elektron nur trubkasining konstruktsiyasiga o‘zgartirishlar kiritdi. Shu tufayli, bunday yangicha trubka Rentgen trubkasi deb nomlanish oldi. Yangi nurlarning g‘aroyib xususiyatlari ko‘zga tashlanar edi: ular shaffof bo‘lmagan to‘siqlar (masalan o‘sha qalin qora qog‘ozli g‘ilofdan) erkinlik bilan o‘tib keta olardi, biroq qo‘rg‘oshin plastinkalardan o‘ta olamsdi.

Tajribalarning birida Rentgen hayratlanarli natijani qayd etdi. U odatiy yorug‘lik nurlari yordamida olinadigan fotokadrning yangi nurlar bilan ham olish imkoniyati mavjudmi yo‘qmi, tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi va fotoplastinka ustiga turmush o‘rtog‘ining qo‘lini qo‘yib ko‘rishini iltomos qildi. Rentgenlar oilasining jiddiy hayratiga sabab bo‘lib, fotoplastinkada kaft va barmoqlarning emas, balki kaft va barmoq suyaklarining tasviri paydo bo‘ldi. Barmoqlarning biridagi nikoh uzugi ham shundoqqina ko‘zga tashlanib turardi.

Rentgenning o‘zi bu nurlarni X-nurlar deb atadi. Keyinroq ularni Rentgen nurlari deb atay boshlashdi. 1898-yilda rentgen nurlarini birinchi marotaba tibbiy maqsadlarda foydalanishga kirishildi. Harakatdagi Britaniya armiyasi uchun maxsus Rentgen trubkasi bilan jihozlangan tashxis apparati loyihalandi va jarohatlangan askarlarni tekshirish uchun harbiy poligonlarda keng qo‘llanila boshlandi.

1901-yilda Vilgelm Konrad Rentgen o‘z kashfiyoti uchun Fizika sohasidagi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu fizika sohasi uchun ta’sis etilgan birinchi Nobel mukofoti edi.

Bir qancha muddatdan keyin rentgen trubkasi takomillashtirila boshlandi. 1913-yilda AQSHlik olim Uilyam Kulidj Rentgen trubkasining katodini volfram tolalari bilan ta’minlab, rentgen trubkasining yanada takomillashtirilishiga o‘z xissasini qo‘shdi. Buning natijasida yana ham sifatli va tiniqroq tasvir olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Keyinchalik ham olimlar va muhandislar, hamda, tibbiyot mutaxassisalari umumiy izlanishlar orqali Rentgen nurlarining samaradorligini oshirish, ularning bemorlar va doktorlarga salbiy ta’sirlarini kamaytirish borasida muttasil izlanishlar olib bordilar.

Hozirgi kunda ham Rentgen apparatlari tashxis va davolash masalalarida o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniqsa o‘pka kasalliklari, suyak sinishlari va tish kasalliklarini tashxis qo‘yishda Rentgen diagnostikasiga yetadigan vosita yo‘q. 1970- yillardayoq KT-skanerlar – rengen va kompyuter tomograflarining o‘zaro duetlari paydo bo‘ldi. Bu usulning mohiyati shunda ediki, odam organizmidagi turli xil to‘qimalar, rengen nurlarini turlicha o‘tkazadi. Shu sababli, har xil organlarning rentgen tasvirlarini olish uchun kompyuterda murakkab qayta ishlash jarayonlari bajariladi. KT skanerlangan organning turli qalinlikdagi to‘qimalari qatlamlar bo‘yicha alohida alohida tasvirga tushiriladi va ular keyingi qayta ishlash jarayonida kompyuterdagi maxsus dastur orqali yagona va yaxlit organ tasviriga qayta birlashtiriladi.

Lekin, rengen nurlaridan foydalanishning salbiy taraflari ham mavjud:  Ular odam organizmiga tushgach, to‘qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va saraton kasalliklarini kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi xavfi mavjud. Shu sababli, organizmning rentgen tekshiruvlari oraliq masofasini saqlash vrachlar tomonidan doimiy va jiddiy nazorat qilinadi.

Rentgen trubkasi elektron-nur trubkasining bir turi bo‘lib, u radiatsiyaning aks ta'sirlarini minimallashtirish maqsadida atroflama to‘liq metall qoplama bilan qoplanadi. unda faqat juda kichik tirqish bo‘lib, u orqali rentgen nurlari mijoz tanasining tekshirlayotgan qismiga yuboriladi. Trubkaning ichida kuchli quvvatga ega elekt toki, elektronlarni musbat anod va manfiy katod orasida harakatlanishga majbir qiladi. Elektronlarning anodga ta'siri rengen nurlarinishining paydo bo‘lishiga olib keladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 06.03.2018 11:07  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

"Dohiyona" qisqartirish:

????????????????????????



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis