Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Moziyga nazar Metallning vazni ahamiyati yoki? Talantlar pulga yalanadi!

Metallning vazni ahamiyati yoki? Talantlar pulga yalanadi!

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Metallning vazni ahamiyati yoki -

Talantlar pulga yalanadi!

Taniqli adibimiz Pirimqul Qodirovning buyuk ajdodimiz, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotidan hikoya qiluvchi "Yulduzli tunlar"[1] asarini o‘qimagan ziyoli odam kam bo‘lsa kerak. Boburning hayoti va ijodi, ranj va mashaqqatlarini yuksak badiiy did va mahorat bilan ochib berilgan ushbu tarixiy asarning sahifalaridan biz, xalqimiz o‘tmishiga oid muhim ma'lumotlar, tarixiy faktlar hamda, ajdodlarimizning shaxs sifatidagi fazilatlari, vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat kabi oliy insoniy burchlar to'g'risida ibratli syujetlar bilan ham tanishishimiz mumkin. Asarda komillikka intilish, odob axloq, mardlik kabi olijanob fazilatlar aniq shaxslar timsolida namuna qilib ko‘rsatib berilgan. Yosh uka va singillarimizga, va umuman bu asarni o‘qimagan yurtdoshlarimizga vaqt topib "Yulduzli tunlar"ni albatta mutolaa qilishlarini tavsiya qilgan bo‘lar edik. Zero, ommaviy madaniyat, yot tushunchalar va xalqimizning ming yillik boy an"ana va qadriyatlariga rahna soluvchi turli mafkuraviy ta'sirlar urchib borayotgan hozirgi davrda, bu kabi adabiy - namunaviy asarlarning g‘oyaviy ahamiyati ham beqiyos ortib bormoqda.

O‘lchov va pul birliklari haqidagi maqolada, bunday badiiy asar haqida so‘z ochganimizga hayron bo‘layotgandirsiz? Buning sababini quyida tushuntirish maqsadida asardan parcha keltiramiz:

Bozor kuni. Chorsuda odam juda ko‘p. Qizilbosh navkarlar yetti xil rang bilan tovlanayotgan Samarqand atlasiga xaridor bo‘lib qolishdi. Mulla yoqa ko‘ylak kiygan semiz bazzozga qarab, to‘rt kiyimlik atlas kesishni buyurishdi.

Bazzoz yog‘och gazni qo‘liga oldi-yu, qizilbosh nav-karlarga istehzoli ko‘z tashlab:

-Avval pulingni ko‘rsat, - dedi.  Aqchang qandoqa? Tangang?

Katta cho‘girma kiygan bir yigit charm hamyonidan uch-to‘rtta kumush tanga olib, bazzozga berdi. Bazzoz tangalarning old tomoniga Shoh Ismoilning tamg‘asi orqa tomoniga shia imomlarining nomi zarb berilganini ko‘rdi-yu, qo‘rqib ketdi. U sunniy mullalarning: "Shia puli harom, uni olgan odam choryorlarning qarg‘ishiga uchraydi", degan gaplarini eshitgan edi. Shuning uchun qo‘liga tangani emas, zaharli chayonlarni olganday jirkanib va shoshib tangalarni egasiga qaytardi. Beliga qilich va xanjar taqqan devqomat qizilbosh navkar avval kaftidagi yangi kumush tangalarga, so‘ng bazzozga taajjub bilan tikildi.

- Ne o‘ldi?! Bu oqchada ne illat va-ar?

- Bizda bu tangalar o‘tmaydi. Hech kim olmaydi.

-Nechun olmassan? Nechun? - kuyib-pishib so‘radi qizilbosh navkar.

- o‘tmaydi.

-Nechun o‘tmas?!

Bu savolga chetroqda turgan bezorinamo bir yigit javob berdi:

- Kelgindilarning puli harom!

- Harom?! - deb qizilbosh navkar haligi yigitga qarab intildi. Ammo u yigit o‘zini bozor

to‘la xaloyiqning orasiga urdi. Shunda do‘konlar orasidan kimdir qizilbosh navkarga tosh otdi:

- Rofiziylar, ket yurtingga! - degan tovush eshitildi.

Ko‘zlaridan olov chaqnayotgan ikkinchi qizilbosh bazzozdan tahdid bilan cho‘zib so‘radi:

- Bizim aqchani olmas-sa-an?!

Bazzoz endi uning g‘azabidan qo‘rqib, muloyimroq gapirdi:

- Olsam, kuygaymen, mehmon. Biz eski aqchada savdo qilishga o‘tganmiz.

- Eski aqcha? Shayboniyxonning aqchasi kerakmi?

Hozir Samarqand bozorida chindan ham Shayboniyxon chiqargan tangalar yaxshi o‘tardi. Bu tangalarga sunniylar sig‘inadigan choryorlarning nomi bitilgan edi. Savdogarlar uchun bundan ham muhimi - Shayboniyxon tangalarining vazni og‘irroq, demak, qiymati balandroq edi. Shayboniyxon o‘limidan uch-to‘rt yil burun Hirotdan to Toshkent va Turkistongacha bo‘lgan viloyatlarda pul islohoti o‘tkazgan, raqiblaridan moliya sohasida ham ustun kelish uchun o‘z tangalarining og‘irligini temuriylar chiqargan tangalarning vazniga nisbatan bir dang* oshirgan edi. Shuning uchun hozirgacha butun Xuroson va Movarounnahr bozorlarida Shayboniyxon tangalarining xaridori ko‘proq edi. Lekin bazzoz g‘azabi kelib turgan qizilbosh navkariga buni ochiq aytmadi.

Oltin quymasining vazni qanchalik og'ir bo‘lsa, uning qiymati ham shunchalik baland bo‘ladi. Buni xatto yosh bola ham juda yaxshi biladi. Bundan kelib chiqadiki, vazn va pul birliklari bir biri bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq ekan.

Tarixda pulning dastlabki ko‘rinishlari sifatida oldi - sotdi, xizmat ko‘rsatish va haq to‘lash munosabatlari uchun universial ekvivalent bo‘lib ko‘plab buyumlar xizmat qilishgan. Kishilik jamiyatidagi iqtisodiy munosabatlarda pulning paydo bo‘lishi eramizdan avvalgi uchunchi ming yillikda shakllana boshlagan. Biroq, eng qadimgi tangalarning paydo bo‘lishi eramizdan ming yil avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. Arxelogiya ma'lumotlariga ko‘ra dastlabki tanga - chaqa pullar kichik osiyo yarim oroli hududida mavjud bo‘lgan Lidiya podsholigida, eramizdan avvalgi VIII  VII asrlar orasida, shuningdek, eramizdan avvalgi VII asrda Egina orolida paydo bo‘lgan ekan. aynan shu joylardagi arxeologik qazishmalarda oltin va kumush qotishmasidan tayyorlangan "elektrum" deb ataluvchi, eng qadimgi chaqa - tangalar topilgan. Ularning vazni fors siklining vazniga teng bo‘lgan - 8.4 gramm. Yunonlar bunday tangalarni "stater" - tarozi muvozanatchisi ma'nosida atagan ekanlar. Bunday muvozanatchi qadoq - tangalardan eng qimmatbaho buyumlarning vaznini aniqlashda, masalan nodir metallar yoki qurollarning vaznini o‘lchashda foydalanishgan. (kundalik maishiy turmush mahsulotlari uchun oddiy qadoqtoshlar ham bo‘laveradiJ ). Keyinroq, eramizdan avvalgi VI asrda, mol davlatining ko‘pligi xatto afsonalarga aylangan darajadagi podsho Kryoz tarixda ilk marotaba sof oltindan tayyorlangan tanga pullarni zarb qildirgan.

Qadimgi tangalarga taaluqli qiziqarli sifatlardan biri shuki, bu tangalarning yozuvi uning sotib olish (harid qobiliyatini) qiymatini emas, balki mazkur tanganing vaznini ifodalagan ekan. Tangalarning qiymat yozuvlari (raqamlar) ham hozirgidek tizimli va bir xil qiymatni ifodalamay, balki o‘ta xilma xil bo‘lgan. Bunga sabab ham, har bir tanganing vazni turlicha bo‘lganligidir. Mohiyatan bunday tanga, vazni tamg‘alab yozib qo‘yilgan qadoqtosh singari bo‘lgan. Farq shundaki, bunday tangani tarozida tortib ko‘rishga hojat yo‘q, chunki uning vaznini ifodalovchi raqam, uning o‘zida yaqqol ko‘rsatib qo‘yilgan. Bunday tagalarning haqiqiy ma'nodagi pulga aylanishi va tizimli va tartibli asosda zarb qilinib, moliyaviy munosabatlarga mustaxkam kirib o‘rnashishi uchun ancha zamonlar kerak bo‘lgan.

Tarixchilarning ta'kidlashlaricha, qadimgi jamiyat a'zolari, nisbatan arzon mahsulotlar bilan, masalan, chorva, don yoki matolar bilan savdo munosabatlarida pul yoki boshqa metallarga asoslangan ekvivalentlarsiz ham muomala qila olishgan. Metall parchalari ishtirokidagi dastlabki savdo munosabatlari haqidagi eng qadimgi va aniq ma'lumotlar Bobil podsholigi davriga tegishli. Hozirgi Iroq hududida joylashgan qadimgi Bobilda, metall konlari bo‘lmagan. Metallarni qo‘shnilaridan: Temirni Ossuriyadan, misni Ossuriya hamda Urartudan, oltinni - Efiopiyadan sotib olishgan. Arxeologik qazishmalarda, Bobilliklarning vazn o‘lchash tizimi tarozilarda ham o‘sha davr uchun ancha ilg‘or sanalgan innovatsion elementlar mavjudligi aniqlangan.

Bobilliklar o‘zlarining va qo‘shnilarining uzoq muddatli to‘plangan tajribalaridan foydalanib, ikki xil ko‘rinishdagi va har biri ishlatilgan metallning vazniga asoslangan pul birliklarini joriy qilishgan: Katta va Kichik birliklar. Masalan podsho talanti - 60.4 kg, kichik talant esa 30.2 kg tosh bosgan. Katta tilla talant 50.4 kg, kichigi esa 25.2 kg bo‘lgan. Podsho talanti har biri 1.008 kg dan bo‘lgan 60 minadan iborat bo‘lgan. Kumush talant esa, 1.0906 kglik 50 minaga (chaqalarga) ulushlash mumkin bo‘lgan. So‘nggi Bobil davrlarida esa 74.2 kg vaznli talantlar ham paydo bo‘lgan. Bunday vazniy "pul" birliklarining paydo bo‘lishi ko‘p asrlik pul muomamalari yo‘lini boshlab berdi.

Bunday birliklarning o‘lchamligi va qiymatini aniqlash imkoni Tigr va Evfrat daryolari havzasidan topilgan so‘nggi Bobil davriga taaluqli bir necha tangalar va loy taxtachalardagi qadimiy yozuvlarni tadqiq qilish natijasida yuzaga keldi. Bular hozirgacha topilgan eng qadimgi birliklar tizimlarining namunalaridir.

 


[1]Mazkur asarning elektron nusxasini o‘zbek tilidagi eng katta internet?kutubxona sayti bo‘lmish www.ziyouz.com dagi ushbu manzildan yuklab olishingiz mumkin: http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=24

Yangilаndi: 18.02.2019 09:40  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)