Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... «MIR» orbital stantsiyasi

«MIR» orbital stantsiyasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

«MIR» orbital stantsiyasi

 

1986-yilda orbitaga chiqarilgan «MIR» orbital stantsiyasi Yer sayyorasi atrofida sun'iy yo‘ldosh sifatida 89067 marotaba aylanib chiqdi, 12 ta davlatdan koinotga parvoz qilgan 104 nafar fazogirga o‘ziga xos fazoviy uy bo‘lib xizmat qildi. 2001 yilda esa aylanishdan to‘xtatilib, yerga qaytarildi.

 

«MIR» orbital stantsiyasi - XX asr fan-texnikasining eng buyuk yutuqlaridan biri bo‘lib, u 1986 yilning 19 fevralida, Sobiq ittifoq tomonidan bir modulli - asosiy blok shaklida yer orbitasiga chiqarilgan edi. Bosqichma bosqich ravishda fazoviy yuk kemalari yordamida «MIR» orbital stantsiyasi uchun qo‘shimcha modullarni olib chiqib o‘rnatildi va ular 6 ta tutashuvchi portlarga ulandi. 2001 yilga kelib, «MIR» orbital stantsiyasining vazni 124 tonnaga yetib qoldi va eng yirik fazoviy apparat maqomini oldi. (hozirda Xalqaro Fazoviy Stantsiya - XFSning vazni bundan ortib ketgan.) fazoviy ekspeditsiyalardan birining ishtirokchisining iborasi bilan aytganda, «MIR» orbital stantsiyasi bir biri bilan old oynalari tarafdan maxkam jipslashtirilgan 4 ta maktab avtobuslarini eslatardi. Mazkur stantsiyaga fazogirlar odatda «Soyuz TM» fazoviy kemasida uchib borishgan va qaytishgan. Kosmik yuklar va jo‘natmalarni esa, uchuvchisiz fazo kemasi «Progress-M» da tashilgan. 1990 yillarning o‘rtalariga kelib, «MIR» Xalqaro Orbital Stantsiya maqomini oldi. 1995 yilning 27 iyun kuni «MIR» va AQSHning «Atlantis» fazo kemasi bilan dastlabki tutashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu vaqtdan boshlab, «MIR»ga rus (ittifoq) fazoviy kemalaridan tashqari AQSHning «Endeavor», «Atlantis» va «Discovery» fazoviy shatllarining to‘qqiz marotaba parvozi amalga oshirildi.

«MIR»ning asosiy bloke umumiy hajmi 90 m3 bo‘lib, u yerda yashash xonalari, bort kompyuterlari hamda, kommunikatsion texnika vositalari joylashgan edi. Fazoviy stansiya uchun energiyani kata quyosh panellari ishlab chiqarib berardi. Havo esa maxsus qayta ishlash jarayonidan keyin, elektroliz tizimi asosida tozalanib, yana iste'molga berilgan. Bort ancha tor bo‘lib, ekipaj a'zolariga ko‘p oylar davomida yonma yon, bir joyda yashashga to'g'ri kelgan. «MIR» ning xizmat muddati davomida bir necha rekordlar qayd etilgan, xususan, bort vrachi Valeriy Polyakov, «MIR»ning bortida uzliksiz 437 kun va 18 soat xizmatda bo‘lgan. Bu uning «MIR»ga qilgan ikkinchi safari bo‘lib, birinchisi bilan qo‘shib hisoblaganda Polyakovning umumiy fazoviy xizmat muddati 678 kun 16 soatva 34 daqiqani tashkil qiladi. Bort - muhandis Sergey Avdeev esa, koinotga uch marotaba parvoz qilgan va«MIR» orbital stantsiyasida jami bo‘lib 747 kun, 14 soatva 14 daqiqa ishlagan. 1996 yilda AQSHlik astronavt ayol, «MIR» bortida 188 kun muddatda faoliyat olib bordi.90 yillar oxiriga kelib, «MIR» orbital stantsiyasida ketma ket texnik muammolar yuz bera boshladi. Bort asboblari va telekommunikatsiya vositalari tez tez va tizimli ravishda ishdan chiqa boshladi. Shu tufayli uning amaliy faoliyatiga yakun yasash haqida qaror qabul qilindi. 2001 yilning 23 martida «MIR» orbital stantsiyasini yerga qaytarish operatsiyasi boshlandi. U yer tortish kuchi ta'sirida, qulay boshlagach, atmosferaning yuqori qatlamlarida katta qismiyonishga uchradi va yo‘q bo‘lib ketdi. Qolgan qutgan qismlari esa, Tinch okeanining janubiy qismiga kelib quladi va ummon bag‘riga cho‘kib ketdi.

Shuni ta'kidlash o‘rinliki, «MIR» orbital stantsiyasining yerga qaytarish operatsiyasida o‘zbek fazogiri - Solijon Sharipov ham faol ishtirok etgan edi. Uning vazifasi, «MIR» orbital stantsiyasining yerga qulash jarayonida mabodo hisoblangan traektoriyadan favqulodda chetlashib, xavf tug‘diruvchi yo‘nalish hosil qilsa, uni o‘z boshqaruvidagi darhol start oladigan kosmik kemaga, osmonning o‘zidayoq ergashtirib, xavsiz yo‘nalishga burish bo‘lgan. Yaxshiki, «MIR»ning qulashi oldindan hisoblangan traektroriya bo‘yicha aniq va muvaffaqiyatli amalga oshirildi va Solijon Sharipovning aralashuviga hojat bo‘lmadi.

 

YIRIK PLANDA:

 

 

Har bir bloknin go‘z vazifasi bo‘lgan. Asosiy blok - markaziy boshqaruv punkti bo‘lib, u joydan, orbital stantsiyaning barcha ilmiy  tadqiqot ishlari, barcha energetik, ilmiy va aloqa tizimlarining nazoratiolib borilgan. Yashash bo‘lmalari (otsek) ham aynan asosiy blokda joylashgan. 1987 yilda tutashtirilgan «Kvant-1» moduli - vazifasi Galaktikalar, Kvazarlar va neytron yulduzlarni tadqiq qilish bo‘lgan fazoviy asbobuskunalarni«MIR»ga eltib bergan. 1989 yilda tutashtirilgan «Kvant-2» moduli esa, orbital stantsiyadagi fazogirlarning hayot faoliyati uchun zaruriy uskunalarni bortga yetkazgan. 1990 yilda tutashtirilgan «Kristall» moduli esa, o‘zi bilan juda xilma xil ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan ko‘p sonly fazoviy ilmiy tekshirish asboblarini olib chiqqan. 1995 yilgi tutashuvda, «Spektr» moduli, Yer atmosferasining yuqori qatlamlari hamda okean yuzasining kosmik tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan edi. Keyingiyili orbitaga olib chiqilgan «Priroda» modulida, yer sirtini turli to‘lqin uzunliklarida kuzatib borish, hamda, insonning uzoq vaqt davomida koinotda bo‘lishi sharoitidagi psixofiziologik o‘zgarishlarini kuzatib, ilmiy tekshirishlar uchun natijalar qayd etishga vazifalangan.

 

Yangilаndi: 16.12.2017 17:43  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840841

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov