Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Ixtirolar tarixi G‘ildirak va Arava

G‘ildirak va Arava

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

G‘ildirak va Arava

 

Insoniyat tarixidagi eng buyuk ixtirolardan biri bu - g‘ildirak hisoblanadi. Olimlarning tahminicha g‘ildirakning eng qadimgi ajdodi, yo‘g‘on daraxt yog‘ochlarini, yoki og‘ir toshlarni bir joydan ikkinchi joyga eltishda uning tagiga qo‘yib yumalatishda foydalanilgan g‘o‘lalar bo‘lgan ekan. Balkim aynan o‘shanda aylanayotgan jismlarning xususiyatlariga birinchi marta e'tibor qaratilgandir. Masalan yuk ostida g‘ildirayotgan g‘o‘laning o‘rta qismi uning chetlariga qaraganda yupqaroq bo‘lsa, u yuk ostida nisbatan ravon yumalagan va yo‘nalishdan og‘ib ketmagan. Buni payqagan qadimgi odamlar, g‘olani markazini ataylab o‘yib tashlab yoki kuydirib yupqalashtrib, chetki qismlarini esa o‘z holicha qoldirish orqali o‘ziga xos oson yuk yumalatish vositasini yasab olishgan. Bu yo‘nalishdagi keyingi takomillashuvlar natijasida, endi g‘o‘laning ikki chetida to‘liq aylana shaklidagi g‘idiraklar va ular orasida uzun o‘q paydo bo‘ldi. Keyinchalik ularni alohida alohida tayyorlab, so‘ngra o‘zaro mustaxkam tutashtirish usulini yo‘lga qo‘yildi. g‘ildirak shunday ravishda kashf etildi va bunga hamohang holatda arava paydo bo‘ldi. Keyingi bir necha asrlarda g‘ildiraksoz va arava yasovchi ustalarning bir necha avlodi mazkur ixtironi mukammallashtirish borasida doimiy izlanish olib bordilar.

 

Dastlabki namunalarda yaxlit g‘ildiraklar o‘qqa maxkam qotirilgan va u bilan birgalikda yalangan. Bunday g‘ildiraklar tekis va to‘g‘ri yo‘llarda harakatlanishda mutlaqo o‘zini oqlagan. Lekin burilishlarda g‘ildiraklarning har biri har xil tezlikda aylanishi lozim bo‘lgan hollarda bunday g‘ildirakli aravalar yaroqsiz holga juda tez kelib qolgan. g‘ildiraklarning o‘zi ham mukammal bo‘lmagan. Ularni yog‘ochning yaxlit bo‘lagini taroshlash orqali tayyorlashgan. Shu tufali ham arsavalar og‘ir va burilishga no‘noq bo‘lib qolavergan. Ular juda sekin harakatlangan va odatda ularga sekin yuradigan lekin, baquvvat ho‘kizlarni qo‘shishgan. Tasvirlangandek g‘ildirak va aravaning qadimgi konstruktsiyadagi namunalaridan birini Moxendjdaro qazilmalaridan topilgan.

Texnika tarqqiyotida ilg‘or va katta qadam tashlashga sabab bo‘lgan omillardan biri bu g‘ildiraklarning gupchakli turlarini ixtiro qilinishi edi. Bunday holda g‘ildiraklarning har biri bir biridan mustaqil ravishda aylana olishi eng katta innovatsiya edi. g‘ildirak o‘qqa kamroq yoki, muloyimroq ishqalanishi va bu orqali o‘qning xizmat muddatini oz bo‘lsa-da uzaytirilishi maqsadida, o‘q va g‘ildirak tutashadiga joyga hayvon yog‘ining eritilgani yoki, qatron surtishni o‘ylab topilishi ham mazkur sohaning muhim yangiliklaridan biri bo‘lgan. g‘ildirak vaznini kamaytirish va bu orqali aravaning harakatlanishini yengillashtirish maqsadlarida, g‘ildiraklarda o‘yiqlar o‘yib olingan, mustaxkamligini orttirish maqsadida esa, ko‘ndlang qisqichlar yordamida maxkamlab qo‘yilgan. Tosh davrida bundan yaxshi konstruktiv yechimni o‘ylab toppish mumkin emasdi.

Lekin, inson faoliyatiga metallarning kirib kelishi natijasida, g‘ildiraklar ham butunlay yangi qiyofa kasb eta boshlashdi. Endi ularning yog‘och asosiga metalldan tashqi qoplama va kegaylar (spitsalar) tayyorlana boshlandi. Bunday g‘ildirak yog‘och ajdodiga nisbatan o‘nlab marotaba tezroq aylanishi va toshlarga urilishdan zararlanmasligi imkoniyati yuqoriroq bo‘lgan. Bunday ilg‘or g‘ildiraklar ustiga qurilgan aravalarga uchqur tulporlarni qo‘shish orqali inson, o‘zining harakatlanish tezligini bir necha marotaba orttirishga erishdi.

Texnikaning taraqqiy etishiga bu miqiyosda katta turtki bergan boshqa bir ixtironi topish mushkul. Arava, kulolchilik dastgohi, Tegirmon, suv g‘ildiragi va blok - mana asosida g‘ildirak eng muhim tarkibiy qism bo‘lgan muhim texnika vositlarining qisqacha ro‘yxati. Bu ixtirolarning har biri insoniyat hayotida butun bir davrlarni tashkil qiladi. Ularning insoniyat hayotiga nisbatan mujassamlashgan holdagi ta'sir doirasi shunchalik ulkanki, har qanday mubolag‘asiz g‘ildirak - tarixni uyqudan uyg‘otib, harakatlanishga undagan eng asosiy vosita deb ta'riflash mumkin


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 07.06.2018 15:33  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11694136

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)