Venera
Venera - Quyoshdan uzoqligi boyicha ikkinchi va Yerga eng yaqin sayyora. Venera Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida ayol ismi bilan ataladigan yagona sayyora bolib, u qadimgi Rim Panteoni Muhabbat ma'budasi sharafiga shunday atalgan. Venera insoniyatga qadimdan ma'lum. Uning fizik jihatdan yerga oxshashligi tufayli, Yerning singlisi deb ham ataladi.
Quyoshdan ortacha uzoqligi 108 million kilometr (0,723 a.b.). Quyosh atrofida toliq aylanib chiqish davri 224.7 kun. Venera Yerga 40 million km gacha yaqinlashib kelishi mumkin, va bu degani Quyosh tizimidagi barcha boshqa sayyorlar ichida Yerga eng yaqin keladigan sayyora bu aynan - Venera hisoblanadi. Sinodik davri 583.92 kunga teng. Veneraning eng yaxshi korinadigan vaqtlari elongatsiya davrlariga togri keladi. Quyoshdan burchak masofasi 48 dan ortmagani uchun elongatsiya vaqtlaridagi korinish yoki shom oqqan paytda, yoki, tong otar chogida paydo boladi. Shuning uchun ham Venerani Tong yulduzi deb atashadi. Venera - yerdan korinadigan osmon jismlari orasida Quyosh va Oydan keyingi eng yorqin osmon jismi hisoblanadi.
Venera diametri Yer diametrining 95% qismiga teng va 12104 km tashkil qiladi. Massasi Yer massasining 81.5% qismi - 4,86851024 tonna. Ortacha zichligi - 5220 kg/m3. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 8.87 m/soniya2 (Yernikiga nisbatan 90%). Veneraning oz oqi atrofida aylanish davrini hisoblash uzoq vaqtgacha imkonsiz bolib, bunga sayyorani orab turgan qalin bulutli qatlam mone'lik qilar edi. Faqat radiolokatsiya usullarini qollash natijasida Veneraning oz oqi atrofida aylanish davri 243.2 kunga teng ekanligi va u Yer va boshqa sayyorlarga nisbatan teskari tarafga aylanishi ma'lum boldi. Aylanish oqining orbita tekisligiga nisbatan ogish burchagi deyarli 90.
Sayyoraning atmosferasi mavjudligini, uning Quyosh diski boylab otish jarayonini kuzatgan M. Lomonosov 1761-yilda aniqlagan. XX-asrda olib borilgan spektral tahlil natijalariga kora Venera atmosferasining 97% qismini CO gazi tashkil qilishi aniqlandi. Shuningdek, Venera atmosferasida 2% miqdorda azot va boshqa inert gazlar, hamda 0.1% miqdorda suv buglari, shuncha miqdorda kislorod mavjudligi aniqlangan. Venera atmosferasidagi CO gazi va suv buglari, issiqxona effekti hodisasini sodir qiladi. Ushbu ikki gaz Veneraning ota qizigan sirti chiqarayotgan infraqizil nurlarni kuchli yutuvchi xususiyatiga ega va shu tufayli sayyora sirtidagi harorat 500C gacha qiziydi. Sayyora sirtini bizdan tosib turuvchi qalin bulutlar qatlami taxminan 49 - 68 km balandlikdagi yengil tuman korinishida bolib, ochiq koinotdan qaralganda uning ekvatoriga parallel qatlamlar tarzida korinadi. Ushbu bulutlarning tarkibi suvda erigan oltingugurt kislotasi tomchilaridan iborat deb taxmin qilinadi. Sayyora sirtining yoritilganligi, Yerdagi bulutli, quyoshsiz kunni eslatadi. Sayyoraning bulutlar balandligida 100 metr/soniya tezlikdagi doimiy shamollar esib turadi.
Sayyora sirtidagi atmosfera bosimi 9 MPa bolib, uning zichligi yer atmosferasinikidan 35(!) marotaba katta. Venera atmosferasining yuqori qatlamlari (5500 km balandliklarda) deyarli toliq vodoroddan iborat. Radiolokatsiya yordamida Venera sirtida ham xuddi Oy va Merkuriydagi kabi kraterlar mavjudligi va ularning diametri 35 - 150 km gacha ekanligi aniqlandi. Lekin Venera sirti Oy va Merkuriynikidan kora ancha tekis. Unda 1500 km gacha chozilgan botiqliklar, tog tizimlari, Vulqon va havzalar mavjud.
Venera tabiiy yoldoshlarga ega emas.
Veneraning orbital korsatkichlari |
|
Perigeliy |
107476259 km; 0,71843270 a.b. |
Afeliy |
1089421090 km; 0,72823128 a.b. |
Katta yarim oq (?) |
108208930 km; 0,723332 a.b. |
Orbita ekstsentrisiteti (e) |
0,0068; |
Siderik aylanish davri |
224,698 kun; |
Sinodik aylanish davri |
583,92 kun; |
Orbital tezligi (v) |
35,02 km/soniya |
Peritsentr argumenti |
54,85229 |
Yoldoshlari |
Yoq. (aniqlanmagan) |
Veneraning fizik korsatkichlari |
|
Ortacha radiusi |
6051,8 1,0 km; |
Sirt yuzasi (S) |
4,60108 yoki, 0,902 yer sirti |
Hajmi (V) |
9,381011 km; 0,857 yer hajmi |
Massasi (m) |
4,86851024kg; 0,815 yer massasi |
ortacha zichligi (?) |
5,24 gr/sm3 |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
6.52 m/soniya2 |
Oqining ogish burchagi |
2,11 0,1 |
Albedo |
0.65 |
Korinadigan yulduz kattaligi |
?4.7 |
Sirtidagi ortacha harorat |
737 K (464 C) |
Atmosfera bosimi |
9.2 MPa (92 bar) |
Venera atmosferasi tarkibi: |
|
Karbonat angidrid (CO2) |
~96.5% |
Azot (N2) |
~3.5% |
Oltingugurt dioksidlari (SO2) |
~0,015 % |
Argon (Ar) |
~0,007 % |
Suv buglari (H2O) |
~0,002 % |
Is gazi (??) |
~0,0017 % |
Geliy (He) |
~0,0012 % |
Neon (Ne) |
~0,0007 % |
Uglerod-oltingugurt oksidi (OCS) |
Qoldiqlari |
Ftorovodorod (HF) |
Qoldiqlari |
Xlorovodorod (HCl) |
Qoldiqlari |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|