Marsdagi tong...
Â
Marsni tadqiq qilish maqsadida Arizona Oy va Sayyoralar universiteti laboratoriyasi rahbarligi ostida Ball Aerospace & Technologies firmasi tomonidan loyihalab, «Mars Reconnaissance Orbiter» kosmik apparati bortiga o'rnatilgan «HiRISE» (High Resolution Imaging Science Experiment) yuqori aniqlikdagi fazoviy kamerasi tufayli biz, yaqin qo'shnimiz - Mars sayyorasida tongning qanday otishi, Quyoshning zenitdagi holati, Marsdagi kezib yurgan Marsaxod tadqiqotchi apparatlarini kuzatishimiz mumkin.
Â
Â
Â
Mazkur loyiha 40 million AQSH dollariga baholangan bo'lib, 65 kg vaznga ega. Kamera 0.5 metr aperturaga ega teleskop-reflektorni o'zida namoyom etadi. Bu teleskop hozirgacha ochiq fazo qa'riga yuborilgan kameralarning eng kattasi bo'lib, uning tasvirga olish sifati 30 sm/pikselgacha yetadi. Bu Mars sirtidan 300 km balandlikda ham o'ta aniqlikdagi sifatli tasvirlar olish va yerga yuborish imkonini beradi. Bunda kamera olgan tasvir kengligi 6 km gacha yetadi. Kamera uch xil rangdagi diapazonlarda: 400 - 600 nm (ko'k-yashil yoki, B-G), 550 - 850 nm (qizil) va 800 - 1000 nm (yaqin infraqizil yoki, NIR) tasvirga olish xususiyatiga ega.
Kamera shu vaqtgacha Mars sirtida ishlahan va hozirda faoloiyat olib borayotgan Marsaxodlar - "Opportyuniti" va "Kuriositi" larni shuningdek, Mars tongi hodisalarini samarali ravishda tasvirga olib, NASA laboratoriyalariga jo'natdi.
Quyida Mars tongi turkumidan fotosuratlarni havola etamiz:
Â
Â
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:Â https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:Â @OrbitaUz
Google+ :Â https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:Â https://telegram.me/OrbitaUz
Â
< avvаlgi | kеyingi > |
---|