Sun'iy radioaktiv izotoplarning olinish usullari va qo‘llanish sohalari
Jadvalda sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, hamda, fan-texnikaning turli sohalarida keng miqiyosda qo‘llaniladigan radioaktiv izotoplarning ishlab chiqarish usullari, olinish reaksiyasi va uning asosiy qo‘llanish sohalari haqida ma'lumot keltirilgan.
Uchinchi ustundagi qavs ichidagi birinchi belgi (harf) - bombardimon qilinadigan zarrachani ifodalaydi: p - proton, d - deytron, n - neytron, α - alfa-zarra.
Element nomi |
Radioaktiv izotop belgisi |
Izotopning olinish reaksiyasi |
Radioaktiv izotopning olinish usuli |
Yarim yemirilish davri |
Olinish energiyasining maksimal qiymati, MeV |
Qo’llash sohasi |
|
||||||||
β |
γ |
|
|||||||||||||
Iridiy |
192Ir |
191Ir (n, γ ) 192Ir |
Tabiiy iridiyni reaktorda nurlantirish |
74 kun |
0.67 |
0.61 |
Gamma defektoskopiya |
|
|||||||
Ittriy |
90Y |
|
|
64 soat |
2.26 |
− |
Qalinlikni o’lchash, kimyoviy – radiatsion tadqiqotlar |
|
|||||||
Kaliy |
42K |
41K (n, γ ) 42K |
Kaliy karbonatni (K2CO3) neytronlar bilan nurlantirish |
12.4 soat |
3.52 |
1.52 |
Tuproq va o’g’itlarning o’zaro ta’siri, o’simliklarning mineral o’g’itlardan iste’mol elementlarini o’zlashtirish jarayonlari tadqiqotlari |
|
|||||||
Kaltsiy |
45Ca |
44Ca (n, γ ) 45Ca |
Reaktorda kaltsiyning tabiiy birikmalarini (CaO, CaCO3) neytronlar bilan nurlantirish |
165 kun |
0.25 |
− |
Organizmda moddalar almashinuvi hamda o’simliklarda o’g’itlarning o’zlashtirilishini tadqiq qilish. |
|
|||||||
Temir |
59Fe |
58Fe (n, γ ) 59Fe |
Metall temir yoki uning oksidlarini reaktorda nurlantirish. |
45.6 kun |
1.57 |
1.29 |
Temir va po’lat korroziyasini tekshirish, organizmlarda qon ketishi tezligini aniqlash, rudalarning erish jarayoni hamda, odam organizmidagi ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini tadqiq qilish. |
|
|||||||
Yevropiy |
152Eu 154Eu |
151Eu (n, γ ) 152Eu 153Eu (n, γ ) 154Eu |
Yevropiyning tabiiy izotoplarini reaktorda neytronlar bilan o’qqa tutish |
12.7 yil 16 yil |
1.49 1.85 |
1.41 1.25 |
Gamma defektoskopiya |
|
|||||||
Yod |
131J |
131Te 131J+ |
Tellurning tabiiy birikmalaridan izotoplarni ajratib olish va ularni neytronlar bilan nurlantirish |
8 kun |
0.81 |
0.72 |
Qalqonsimon bez hastaliklarini tashxis qilish va davolash. |
|
|||||||
davomi |
|||||||||||||||
Element nomi |
Radioaktiv izotop belgisi |
Izotopning olinish reaksiyasi |
Radioaktiv izotopning olinish usuli |
Yarim yemirilish davri |
Olinish energiyasining maksimal qiymati, MeV |
Qo’llash sohasi |
|||||||||
β |
γ |
||||||||||||||
Kobalt |
60Co |
59Co (n, γ) 60Co |
Reaktorda kobalt nishonlarini nurlantirish |
5.26 yil |
0.31 |
1.33 |
Gamma-defektoskopiya; Materiallarning qalinligi va zichligini aniqlash; o’sma kasallikllari va yallig’lanish jarayonlarini davolash; Qirquvchi asbob uskunalarning detallarini nazorat qilish. |
||||||||
Marganets |
54Mn |
56Fe (d,α) 54Mn 54Fe (n, p) 54Mn |
Temirni deytronlar bilan nurlantirish; Temir nishonlarini reaktorda neytronlar bilan nurlantirish |
303 kun |
− |
0.83 |
Metallurgiya, tog’-kon sanoatida rudalarni o’rganishda. |
||||||||
Natriy |
22Na |
24Mg (d,α) 22Na 254Mg (p,α) 22Na 27Al(p,3p,3n) 22Na |
Alyuminiyli yoki magniyli nishonlarni tsiklotronda nurlantirish |
2.6 yil |
1.82 |
0.51 |
Qattiq jism fizikasi sohasidagi tadqiqotlar; qon ketishi tezligini aniqlash; moddalar almashinuvini o’rganish; go’sht mahsulotlarini sifatini nazorat qilish. |
||||||||
Qalay |
113Sn |
112Sn (n, γ) 113Sn 113In (p, n) 113Sn 113In (d, 2n) 113Sn |
Tabiiy qalayni reaktorda nurlantirish; Indiyni protonlar yoki, deytronlar bilan nurlantirish |
115 kun |
− |
0.26 |
Antifriktsion qotishmalarni o’rganish |
||||||||
Plutoniy |
238Pu |
237Np(n, γ) 238Pu 238Np238Pu+ |
Neptuniyni neytronlar bilan uzoq vaqt davomida nurlantirish |
86 yil |
5.5 alfa-nurlanish |
− |
Izotopli termoelektrik generatorlar |
||||||||
Plutoniy |
239Pu |
238U(n, γ) 239U 239U239Np+ 239Np239Pu+ |
Yoqilg’i sifatida tabiiy uran ishlatiladigan reaktorlarda ish jarayonida yig’ilib qoladi. |
2.44∙104 yil |
5.15 alfa-nurlanish |
0.38 |
Yadro yoqilg’isi; Havoda statik elektr zaryadlarini yo’qotish uchun ionizatsiyalash |
||||||||
davomi |
|||||||||||||||
Element nomi |
Radioaktiv izotop belgisi |
Izotopning olinish reaksiyasi |
Radioaktiv izotopning olinish usuli |
Yarim yemirilish davri |
Olinish energiyasining maksimal qiymati, MeV |
Qo’llash sohasi |
|||||||||
β |
γ |
||||||||||||||
Selen |
75Se |
74Se (n, γ) 75Se 75As (d, 2n) 75Se 75As (p, n) 75Se 73Ge (α, 2n) 75Se |
Tabiiy selenni reaktorda nurlantirish; Mishyakni deytronlar yoki, protonlar bilan; Germaniyni alfa-zarralar bilan nurlantirish. |
120 kun |
− |
0.40 |
Gamma defektoskopiya |
||||||||
Oltingugurt |
35S |
35Cl (n, p) 35S |
Xlor birikmalarili (KCl) nishonni neytronlar bilan nurlantirish. |
87.9 kun |
0.17 |
− |
Suyuqlik qatlamlari qalinligini aniqlash; oziq ovqat mahsulotlarini quritishda namlikning harakatlanish jarayonini kuzatish; qotishmalardan tayyorlangan podshipniklarning yedirilishini nazorat qilish. |
||||||||
Strontsiy |
90Sr |
− |
Issiqlik ajratuvchi radioaktiv chiqindi moddalarning aralashmalaridan ajratib olinadi |
27.7 yil |
0.55 |
− |
Qog’oz, polietilen, zarqog’oz (folga) mahsulotlarining qalinligini aniqlash va nazorat qilish; Havoni mahalliy ionizatsiyalash; Ko’z kasalliklarini davolash; Termoelektrik generatorlar. |
||||||||
Surma |
124Sb |
123Sb (n, γ) 124Sb |
Surmaning tabiiy birikmalarini reaktorda nurlantirish. |
61 kun |
2.31 |
2.01 |
Texnologik nazorat asboblarini tayyorlash; Podshipniklar tayyorlanadigan metallar qotishmalari tradqiqotlari. |
||||||||
Talliy |
204Tl |
203Te (n, γ) 204Tl |
Tabiiy Talliyni reaktroda nurlantirish |
3.81 yil |
0.76 |
− |
zarqog’oz (folga) mahsulotlarining qalinligini aniqlash va nazorat qilish; Detallarning eskirishini tekshirish |
||||||||
Tritiy |
3H (T) |
6Li (n, α) 3H 9Be (d, 2α) 3H |
Tarkibida Litiy tutgan nishonlarni reaktorda nurlantirish. |
12.26 yil |
0.019 |
− |
Payvandlash choklarining kristall tuzilishlarini nazorat qilish; Havoni ionizatsiyalash. |
||||||||
davomi |
|||||||||||||||
Element nomi |
Radioaktiv izotop belgisi |
Izotopning olinish reaksiyasi |
Radioaktiv izotopning olinish usuli |
Yarim yemirilish davri |
Olinish energiyasining maksimal qiymati, MeV |
Qo’llash sohasi |
|||||||||
β |
γ |
||||||||||||||
Tuliy |
170Tm |
169Tm (n, γ) 170Tm |
Tabiiy Tuliyni reaktroda nurlantirish |
130 kun |
0.97 |
0.08 |
Gamma defektoskopiya; Texnologik nazorat asboblari. |
||||||||
Uglerod |
14C |
14N (n, p) 14C |
Azotning noorganik birikmalarini, masalan (Ca(NO3)2) , Be3N2 kabi, nishonlarni reaktorda nurlantirish. |
5730 yil |
0.16 |
− |
Fotosintez va moddalar almashinuvi jarayonlarini tadqiq qilish; Texnologik jarayonlarni nazorat asboblari |
||||||||
Fosfor |
32P |
31P(n, γ)32P 32S(n, p) 32P |
Fosfor oksidi (V) ni reaktor nishonida nurlantirish |
14 kun |
1.71 |
− |
O’simliklarning mineral o’g’itlardan iste’mol elementlarini o’zlashtirish jarayonlari va moddalar almashinuvining tadqiqotlari; qon kasalliklarini davolash; o’simliklarning ildiz tizimini kuzatish va tadqiq qilish. |
||||||||
Seziy |
134Cs
|
133Cs (n, γ) 134Cs
|
Seziyning tabiiy birikmalarini reaktorda nurlantirish; |
2 yil |
0.66 |
1.36 |
Gamma defektoskopiya;
|
||||||||
137Cs |
− |
Issiqlik ajratuvchi radioaktiv chiqindi moddalar aralashmalaridan ajratib olinadi |
30 yil |
1.18 |
0.66 |
Gamma defektoskopiya; Termoelektrik generatorlar; Gamm-nurlantirish uskunalarini o’rnatish. |
|||||||||
Rux |
65Zn |
64Zn(n, γ) 65Zn 65Cu (d, 2n) 65Zn |
Izotopni reaktorda tabiiy ruxni nurlantirish yoki, tsiklotronda misni deytronlar bilan bombardimon qilish orqali olinadi |
245 kun |
0.33 |
1.12 |
Mashina detallari – tirsakli vallar, ichki yonuv dvigatellarining porshenlari va ho kazolarning eskirishi (yedirilishi) ni tadqiq qilish. |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|