Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Litosfera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 24
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Litosfera
Yerning turli chuqurlik intervallaridagi zichligi.
Yerning ichki qatlamlarida erkin tushish tezlanishi.
Yerning turli chuqurliklaridagi bosim
Yerning ichki qatlamlaridagi harorat.
Yer qobig�ida kimyoviy elementlarning tarqalishi.
Hamma sahifa

Litosfera

Yerning ichki tuzilishi

Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo‘lib o‘rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.

Yer qobig‘i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog‘li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o‘zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig‘ini o‘rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog‘ jinslari harorati o‘rtacha har 33 metrda 1 °C ga ko‘tariladi.

 

Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho‘kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho‘kindi jinslar asosan organik moddalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho‘kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo‘lib, u yer qobig‘ida magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o‘tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo‘lib, u granitdan ko‘ra og‘irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko‘proq.

Qobiqdan keyin, 33-29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo‘rg‘oshindan ekanligi va o‘rtacha harorati 2000 °C atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig‘i va mantiyasining yuqori qismi o‘zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo‘lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo‘ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo‘ylab zilzilalarning nisbatan ko‘p o‘choqlari paydo bo‘ladi. Mantiya va qobiq chegarasi - "Moxrovich yuzasi" deb ataladi va unda seyesmik to‘lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120-150 km, okeanlardan esa 60 - 400 km chuqurlikda "Atenosfera" deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo‘lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o‘zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o‘z sirti bo‘ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar.

Yerning markaziy qismini esa, 29000-6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o‘z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900 - 5000 kilometr qalinlikda bo‘lib, uning suyuq holda, ya'ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi - ichki yadro 5000 - 6731 kilometr qatlamda bo‘lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to‘liq o‘rganib chiqilmagan.

 



Yangilаndi: 17.01.2019 09:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11852621

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)