Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Topqirlik va uddaburonlik

Topqirlik va uddburonlik namunalari

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 13
Juda yomon!A'lo! 

Topqirlik va uddburonlik namunalari yoxud,

Siz shoxida yursangiz biz bargida raqs tushamiz

Mashhurlar hayotidan bolgan voqeliklar, topqirlik va uddaburonliklar...

Birovga chox qazisang!

Teatrlardan birida bir biriga juda kop hazil qiluvchi, bir birini dogda qoldirishga garov boglagan ikki aktyor ishlardi. Napoloen davriga oid tarixiy spektaklni oynashda esa ulardan biri Napaleonni, ikkinchisi esa uning adyutanti rolini ijro etardi.

Spektaklda adyutantning Napoleonga horijdan maktub keltirib tutqazadigan, Napoleon esa uni barchaga eshittirib ovoz chiqarib oqishi lozim bolgan sahna bolib, Napaleon rolini oynovchi aktyorga mazkur xat uzatiladiga qogozga yozilgan holatda berilar, u esa har safar maktubni qogozni ozidan oqib berar edi. Spektakllardan birida, adyutant rolidagi aktyorning qitmirligi tutib, Napaleonning xatni yoddan bilmasligini juda yaxshi hisobga olgan holda, unga qattiq hazil qilmoqchi bolibdi. Osha epizod kelganida, adyutant rolidagi aktyor oz rejasiga kora, Napaleonga oppoq, bom bosh qogozni tutqazibdi. Napoleon xatni olgach viqor bilan uni oqishga choglanib qarasa, unda ssenariydagi sozlar yoq

U shu zahotiyoq gap nimadaligini fahmlab, oz raqibi adyutantga qarasa, u jilmayib, uning ustidan kulgan yuz ifodasida tikilib turarmish. napaleonning fahmi adyutantnikidan yuqoriroq ekanmi, har qalay vaziyatdan tez chiqib ketish yolini topibdi: U Napaleonga xos viqor va salobat bilan yogon ovozda boyagi xatni adyutantga qayta tutqazib, buyruq ohangida:

-Ovoz chiqarib oqing! degan ekan.

Oz tuzog'iga ozi tushgan adyutant nima qilarini bilmay uzoq vaqt serrayib turib qolgan va oqibatda tomoshabinlar tomonidan hushtakbozlik bilan sahnaning ozida izza qilingan ekan.

***

Yashasin qirolicha!

Angliyada qirol Georg IV hukmronligi vaqtida uning oilasiga taaluqli favqulodda mojaroli vaziyat yuzaga keldi. Qirol oz xotini Karolinani oilaga xiyonat qilganlikda ayblab soroqqa tutardi. Qirolicha Karolinaning eng ashaddiy dushmanlaridan biri lord Kleyford edi. U Karolinaning kop sirlarini (kirdikorlarini) bilar va shu sababli ham qirolicha tomonidan taqib va tayziqlarda bolardi. Bir kuni u oz karetasida London kochalaridan birida ketayotsa, qarshi tomondan qirolicha karetasi kelayotganini koradi. Qirolicha Karolina ham vaziyatdan foydalanib qolish va Kleyfordga butun kocha odamlari oldida ozining aybsizligini tan oldirish maqsadida unga Yashasin pokiza va halol qirolicha Karolina deb butun Londonga eshittirib baqirishni va boshqa toplanganlar buni tasdiqlab quchqirishlarini buyuradi. Tezda olomon toplanadi. Qirolichaga hayrihoh, hamda uning kirdikorlaridan habardor bezorilar olomoni esa, agar lord bu talabni bajarmasa, uni shu yerda gumdon qilishlarini malum qilishadi, lording iqrorona baqirishini ustidan kulish va unga moslab chinqirishga tayyor turgan bu olomon, gvardiya yetib kelgunicha biror telbalikni qilib qoyishi mumkin edi. Talabni bajarmasa sog qolmasligiga fahmi yetgan lord, kareta ustiga chiqib bor ovozi bilan Yashasin qirolicha Karolina! Iloyim barchalaringizning xotinlaringiz ham huddi qirolicha Karolinaday bolsin!!! deya baqirgan ekan. Kim ham xotining oziga hiyonatkor bolishini hohlaydi? Hattoki ashaddiy London bezrilari ham buni hohlashmagan va yaramas qirolicha maqsadiga erisha olmagan ekan.

***

Ijod qadri

Ozi jurnal chop etib ozi sotuvchi bir noshirga har safar nonvoy kiyimodagi bir kishi kelib, jurnalga obuna bolish maqsadida ekanligini, lekin avval jurnal unga maqul keladimi yoqmi tekshirib korish niyatida uni varaqlab kormoqchiligini aytib, nashriyotda hotirjam otirib barcha sahifalarni oqib chiqar va fikrini keyinroq aytishini bildirib ketar ekan. Bu holat 5-6 marta takrorlangach, noshir uning maqsadi jurnalga obuna bolish emas, balki tekinga oqib olish ekanligini fahmlab qolibdi. Naoshir ham aksil harakatga tushib, nonvoyning dokoniga borib, nondan kesib yeya boshlabdi. Nonvoyning shu zahoti jahli chiqib Nima qilyapsiz, avval pulini tolamaysimi? deb oshqirib beribdi. Noshir ham hotirjam nonni kavshagan holda, Yeb koraychi, menga maqul kelsa keyin xarid qilaman degan ekan. @Mualliflik huquqlari

Yangilаndi: 12.06.2013 19:37  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840878

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!