Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Galileo Galiley. Medichi yulduzlari. (ikkinchi hikoya)

Galileo Galiley. Medichi yulduzlari. (ikkinchi hikoya)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Galileo Galiley. Medichi yulduzlari. (ikkinchi hikoya)
«Yangi ko‘zoynaklar»
«Yulduzlar axboroti».
Kepler, Madjini, Klaviy.
Buyuk kashfiyotlar yili.
Rimni zabt etish.
«Buyuk gersogning faylasufi va birinchi matematigi».
«Qutqaruvchi dekret».
O‘zgarishlarni kutib.
«Olam tuzilishi».
Sud va hukm.
Yana Medichi Yulduzlari.
Xotima.
Hamma sahifa

Medichi Yulduzlari

1979- yilning noyabrida Vatikan 1633-yili inkvizatsiya sudi hukm qilgan Galileo Galileyni oqlamoqchi bo'ldi. U vaqtda Galileyni «Quyosh Olamning markazi, u harakatlanmaydi, Yer esa Olamning markazi emas va harakatlanadi, degan to'g'riga o'xshash fikriga ishongani va uni himoya qilgani uchun...» «xudosizlikda kuchli gumonsirashgan» edi. Galileyni oqlash haqidagi gap II Vatikan Soborida (1962-1965) ham bo'lgan edi. Oqlashni olimning 400 yilligiga (1964-yilga) to'g'rilashmoqchi edi, ammo, hatto ilm fan shunchalik taraqqiy etgan XX-asrda ham nasroniy dini katolik mazhabi ruhoniylari uchun masala bahsli - tortishuvli bo'lgani uchun ulgurishmadi. Shunday bo'lsada, Galiley asarlari (Kopernik va Keplerlarning asarlari) bilan bir qatorda 1835 yildayoq «Taqiqlangan indeks»dan chiqarilgan edi. Galiley ustidan sud, uning qaytarilishi odamlarni, ko'pgina fandan yiroq kishilarni ham uch yarim asr davomida hayajonlantirib keldi. Bunda badiiy adabiyot ajratgan e'tibor ham xarakterli. (Bertold Brextning Galileyning hayoti» pyesasini eslash kifoya.)

XVI va XVII-asrlar chegarasida odamlar va olimlar tasavvurida ham Olam tuzilishi masalasi ancha chalkash edi. Eramizdan oldingi IV asrda Aristotel bizga ko'rinadigan yettita sayyora Yer atrofida aylanadi, aslida esa ular mahkamlangan xrustal sferalar aylanadi, sakkizinchi sferani qo'zg'almas Yulduzlar egallaydi,- deb tasdiqlaydi. Munajjimlar sayyoralarni quyidagicha turlarga ajratishgan: ikkita yoritqich - Oy va Quyosh, ikkita yomonlik olib keluvchi sayyora - Mars va Saturn, ikkita yaxshilik manbai bo'lgan sayyora - Yupiter va Venera hamda bitta betaraf sayyora - Merkuriy.


Aristotelning, ayniqsa, uning  izdoshlarining qoidalarida bu sxemadan og'ishini, aytaylik, sayyoralarning ajoyib «qaytma» harakatlarini - biror momentda sayyoralar ko'rinma harakati yo'nalishini qarama-qarshisiga o'zgartirishini tushuntirish  yo'q edi. Asta-sekin bu qoida bilan kuzatishning aniq belgilangan ma'lumotlari orasida qarama-qarshilik paydo bo'ldi. Eramizning II- asrida Ptolomey kuzatish ma'lumotlarini maksimal hisobga oladigan sistema tuzdi. Bunda u sayyoralar yordamchi (episikllar) aylana bo'ylab harakatlanib, o'z navbatida bu aylanalarning markazlari (deferenti) Yer atrofida aylanadi, deb hisoblaydi. Yangi ma'lumotlarni hisobga olish ishtiyoqi sistemani yanada murakkablashtirishga olib keldi. Sistemani saqlab qola olgan olimlarning matonat va aqliga qoyil qolish lozim.

Nikolay Kopernik (1473-1543) butunlay kutilmagan yo'lni taklif etdi. Uning diqqat bilan ishlab chiqqan, kuzatishlar bilan mos keluvchi sxemasi Quyosh sistemasiga yondoshuvning bugungi barcha asoslarini o'z ichiga oladi: sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi, jumladan Yer ham; bundan tashqari, Yer sutkalik harakat qiladi; Oy Yer atrofida aylanadi. Bunday yondoshishda kuzatish ma'lumotlari bilan moslashtirishda aniqlanmagan momentlar qolsa ham sistema juda ham soddalashdi. Kopernikning fikricha sayyoralarning harakati aylanalar bo'ylab tekis harakatga (Aristoteldagi kabi) yaqin, ehtimol, albatta bo'ladigan og'ish mohiyati unchalik bo'lmasa-da, yana Ptolemeydagi kabi episikllarni talab etgan. Episikllar orbitalarning elliptik ekanini kashf etgan Keplerdagina yo'qoldi. Kopernikning sistemasi sifatiy hodisalarga asoslangan sof tavsifiy nazariya emas edi. Unda juda ko'p sondagi hisoblashlar bor edi; Quyoshgacha bo'lgan masofa, aylanishlar davrlari va hokazo. Faqat mana shunday nazariya Ptolemeyning kuzatishlarni hisobga olgan nazariyasi bilan raqobat qila olardi.

Yerning aylanishi mumkinligini pifagorchilar ham ko'rsatgan edi. Shu sababli ham cherkov yerning aylanishi haqidagi nazariyani pifagorchilarniki deb atagan edi. Bu yerda quyidagi sababga ko'ra Kopernikning nomini tilga olmaslikni lozim topishdi. Kopernikning «Osmon sharlarining aylanishi haqida» degan (u vafot etgan yili nashr etilgan) kitobida so'z boshi bo'lib (ehtimol, uni Kopernik yozmagandir), unda Kopernik tizimi faqat astronomik hisoblashlar uchun qulay matematik sxema deb e'lon qilingan edi. Unda qaraladigan harakatlar esa xayoliy deb e'lon qilindi. Demak, kitobda «haqiqiy» harakatlar haqida so'z bormaydi. Bu matematiklarning xizmat vazifasiga kirmaydi! Bu masalani faylasuflar va dindorlar diniy kitoblardagi aqidalarga mos ravishda hal etmoqlari kerak. Kitob papa Pavel III ga bag'ishlangan edi. Bunday kelishuv cherkovni qanoatlantirar va kitobni dinsiz deb ayblab bo'lmasdi. Matematiklarga o'z hisoblashlarida xayoliy sxemalardan foydalanishga ruxsat etilgan edi. Kopernikning jadvallaridan foydalanuvchi iezuit-astronomlar, xususan, taqvimlarni qayta tuzish ishlarini qiladigan hisoblashlarda bundan foydalanishlari istisno emas edi.

So'zsiz Yer harakatlanmaydi, Quyosh harakatlanadi degan ta'limot qolishi lozim edi. Hatto, boshqa sayyoralar haqida ham cherkov bunchalik murosasiz emas edi (diniy kitoblarda ular haqida hech narsa yozilmagan). Tixo Bragening Quyosh Yer atrofida, qolgan sayyoralar esa quyosh atrofida aylanadi, degan sistemasiga ham chidashgan. O'sha Tixo Brage kometalar haqiqiy dunyoga tegishli emas, ular tashqaridan keladi deb (aytganday Galiley boshqa nuqtai nazarda edi) o'z mohiyatiga ko'ra billur sferalar bilan xayrlashgan edi.

Shunday qilib, Kopernik sistemasi qulay matematik sxema, pifagorchilar ta'limoti esa dinsizlik. Chegara ana shunday o'tardi. Bunday murosasozlikka Galiley tayyor emas edi; «Mening fikrimcha Kopernikni bo'shashtirish kerak emas, chunki Yerning harakati, Quyoshning harakatlanmasligi uning ta'limotidagi eng muhim jihat va umumiy asosdir. Shu sababli, uni butunlay rad etish yoki u qanday bo'lsa, Shunday qoldirish lozim!» Galiley Yerning harakati xayoliy bo'lmay, balki haqiqiydir degan fikrda qat'iy turdi.

Olamning geliotsentrik tizimi uchun bo'lgan keskin kurashga Galiley oddiy yo'l bilan kelmadi. Kopernikning tizimiga juda  erta ishonib, ancha vaqtgacha o'zining bu tizimni qo'llab-quvvatlaydigan dalillarini e'lon qilishga jur'at etmadi (bu haqda 1597-yili Keplerga yozilgan xat guvohlik beradi).

XVII-asr Quyosh sistemasiga o'xshash boshqa Olam haqida fikr yurituvchi shoir va faylasuf Jordano Brunoni namoyishkorona ravishda  gulxanda kuydirish bilan boshlandi. 1610 yili Galiley o'z ilmiy ijodining eng yuqori cho'qqisiga keldi: tabiiy harakatlar (erkin tushish va yuqoriga otilgan jism harakati)ni yigirma yillik tadbiqi ajoyib yakunlandi. U o'zining buyuk kashfiyotlari haqida kitob boshlaydi va kutilmaganda uni noma'lum muddatga kechiktiradi. Nima bo'ldi? Galileyning ilmiy faoliyatida Shunday voqea ro'y berdiki, bu ishchan Galileyning butun yoshligi sarflangan kashfiyotlarini nashr etishni ikkinchi darajaga surishga majbur etdi. Galiley o'zining Kopernik sistemasini yoqlaydigan hal qiluvchi dalillari bor va bundan buyon uning hayoti o'sha g'oyalarni targ'ibot etishga qaratilishi lozim degan qarorga keladi. O'sha muhim dalillarni eslaylik.



Yangilаndi: 25.09.2026 09:45  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 886
O'qilgan sahifalar soni : 14072455

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov