Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Rim raqamlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 45
Juda yomon!A'lo! 

Rim raqamlari

Qadimgi Rimliklar hozirgi kunda ham "Rim raqamlari" nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimidan foydalanishgan. Biz bu tizimda, asrlarni ifodalashda, konferensiyalar, libos o‘lchamlari, kitob boblari kabilarni belgilashda hali hanuz foydalanamiz. Masalan, XIX-asr, XXL o‘lchamli kiyim, kitobning XXII bobi, yoki, qirolicha Yelizaveta II kabi so‘zlarda rim raqamlarini qo‘llaymiz. Rim raqamlarining eng keyingi shakllari quyidagicha:

I=1, V=5, X=10, L=50, C=100, D=1000, M=10000

Ilgari sonlarni ifodalash uchun lotin alifbosidagi harflarning boshqacharoq shaklidan foydalanishgan. Lekin rim raqamlarining bizgacha yetib kelgan va hozir ham qo‘llanadigan ko‘rinishi aynan shu holatdagisidir.

Rim raqamlarining kelib chiqishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. V raqami dastlab qo‘l panjasini ifodalagan bo‘lsa, X raqami ikkita beshlikdan yasalgan bo‘lishi ehtimol.

Rim raqamlarida beshli sanoq tizimining ildizlari sezilib turibdi. Rimliklarning so‘zlashuv tilida (lotin tilida) esa beshli sanoq tizimining asari ham yo‘q. Demak bu tizimni qadimgi rimliklar boshqa xalqlardan o‘zlashtirgan bo‘lishi katta ehtimol. Masalan, qadimgi Italiya hududida yashagan Etrusk xalqlari ushbu tizimning asoschilari bo‘lishi mumkin.

Rim raqamlash tizimida 5000 gacha bo‘lgan hamma sonlar yuqorida ko‘rsatilgan belgilar orqali, ularni keraklikcha takrorlab yozish orqali ifodalanadi. Bunda o‘ziga xos qoidalar mavjud: agar rim raqamlari bilan yozilgan sonda katta raqam avval, kichik raqam keyin tursa (chapda katta raqam, o‘ngda kichik raqam tursa) ular qo‘shiladi. Agar kichik raqam avval (chapda) katta raqam esa o‘ngda tursa, unda kichigi kattasidan ayriladi. Ushbu holatda kichik raqam son tarkibida qayta ishlatilmaydi. Masalan, VI=6, ya'ni, V+I; IV=4, ya'ni, V-I bo‘ladi. Shuningdek, XL=40, chunki L-X (50-10); LX=60 (L+X=50+10) bo‘ladi. Rim raqamlari bilan son yozishda bitt raqamni ketma-ket uch martadan ortiq yozish mumkin emas. Masalan, LXX=70, LXXX=80; lekin 90 ni LXXXX deb yozish noto‘g‘ri. Buning o‘rniga 90 uchun XC yoziladi (ya'ni, C-X=100-10).

Dastlabki 12 ta son rim raqamlari bilan quyidagicha yoziladi:

I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII.

Bu xil yozishda katta sonlar bilan arifmetik amallar bajarish juda qiyin. Shunga qaramay, rim raqamlash tizimi Italiyada XIII- asrgacha, g‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa XVI asrgacha ishlatib kelingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.07.2019 10:08  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 10899808

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!