Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

12.09.2017 16:41 Muzaffar Qosimov Bu-qiziq - Infografika
Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Sayyora va yulduzlargacha parvoz qancha davom etadi?

Siz ham yovuz Gryu singari raketa modeli yasab, Quyosh tizimidagi sayyoralarga, yoki, olis yulduzlarga parvoz qilmoqchimisiz? Unda raketangiz yoqilg‘i zahirasini hisoblashda sizga yordam bermoqchimiz ??????. Quyidagi infografikada Koinotdagi ayrim obyektlargacha qancha muddatda yetib borishingiz mumkinligi keltirilgan. Ushbu hisob-kitoblar, hozirgacha inson qo‘li bilan yasalgan mashinalar ichida eng tez harakatlanadigani - "Voyajer-1" tezligiga nisbatan olingan bo‘lib, agar Sizning raketangi bunday tezlikda ucha olmasa, tabiiyki, muddat yanada uzoqlashadi. Eslatib o‘tamiz, "Voyajer-1" hozirda Quyosh tizimini tark etgan va u 17 km/soniya tezlikda harakatlanmoqda. Qaysi obyektga uchishingizga qarab, oziq-ovqat zahirasini ham ko‘proq oling. Masalan, Qutb yulduzigacha naq 7,5 million yildan ko‘proq uchish kerak bo‘adi. Agar, dinozavrlar davrida ulardan biri raketada o‘sha yoqqa yo‘lga chiqqan bo'lsa, hozir manzilga yaqinlashib qolgan bo‘lardi...

 

Albatta, bular shunchaki absurd aralash hazil gaplar bo'ldi. Lekin, ushbu masofalarni tasavvur qilish - Koinotning naqadar favqulodda ulkan ekani va insonning qanchalik mitti, mo'jaz sayyorada istiqomat qilayotganini anglashga yordam beradi. Yaratganning Qudrat qo'liga tan berish kerak...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 21.11.2018 17:56