Qadimgi yunonistonning ishonchli Draxmasi.

21.08.2013 07:47 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tarixiy ma'lumotlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Qadimgi yunonistonning ishonchli Draxmasi.

Eramizgacha bo’lgan XI asrda Yunoniston hududlarida istiqomat qilgan Doriyar qabilasi temirdan foydalanishni yaxshi bilishgan. Bizga yaxshi ma’lumki, aynan metallarni qayta ishlash va ularning oldi sotdisi munosabatlari natijasida, dastlabki tarozilarga ehtiyoj paydo bo’lgan va bunday tarzoilar kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Keyinroq esa metall pullar – tangalar (eramizgacha bo’lgan VII asr) paydo bo’ldi.

Yunonistondagi qadimgi har bir shahar davlat o’z tanga pullarini zarb qilgan va ular boshqa shahar davlatlarnikidan maxsus yorliq belgilari – o’ziga xos tamg’alari bilan ajralib turgan. Masalan, Afina pullarining asosiy belgisi – boyqush bo’lgan ekan. Makedoniya esa o’z tangalarini tulporlar tasvirlari bilan zarb etgan. O’sha zamonlarda (xatto yaqin o’tgan asrlarda ham) otliq qo’shin, umuman ot bilan bog’liq barcha narsa strategik muhim ahamiyatga molik hisoblangan. Makedoniyalik Iskandarning otasi – Filipp (ismi ham «otlarni sevuvchi» ma’nosini anglatgan) tomonidan uyushtirilgan va ko’pincha o’zi ha ishtirok etgan dabdabali ot poygalari haqida afsonalar mavjud.

Argoss ibodatxonalaridan esa yaqindagina topilgan, nisbatan eng qadimgi yunon tanga – pullari jamlanmasi esa, Egina oroli podshosi Fidon nomi bilan bog’liq bo’lib, bu podsho, o’z davri uchun dastlabki yagona o’lchov birliklarini joriy etgan hukmdor sifatida ham metroligiya tarixidan joy olgan.Bu haqida qadimgi qo’lyozma hujjattlardan biri – «Paross solnomasi» dalolat berib turibdi.

Fidon joriy etgan o’lchov birliklaridagi vazn tizimiga asoslangan tangalar, qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VII asrdan boshla keng tarqala boshladi. Bu qoida, VII asrda yashagan yunon hukmdori va qonun ijodkori – Drakon davrida qabul qilingan maxsus davlat qonunlari bilan mustaxkamlab qo’yilgan. Drakon o’ta shafqatsiz va qattiqqo’l bo’lib, uning davlatida har qanday jinoyat (hatto mayda o’g’rilik ham) faqat o’lim jazosi bilan hukm qilingan ekan. Drakonning qattiqqo’lligi bilan muomalaga mukammal kiritilgan Fidon tangalari, keyinroq, eramizdan avvalgi 594 yilda islohotchi Solon tomonidan qayta ko’rib chiqilgan. Aynan Solon islohotlari davrida qadimgi Yunonistonning nisbatan mukammal tanga – pul zarb qilish tizimi yuzaga kelgan. Solonning podsho Kryoz huzurida mehmon bo’lganida, tanga zarb qilishning ko’plab yangi qirralarini o’z ustalariga o’rgatishga ko’ndirgani haqida afsona mavjud. Solon islohotchi davridan boshlab, Yunonistonning keying ming yilliklardagi pul tizimi asosi bo’lgan – Draxma yuzaga keldi. Bu haqida ko’plab badiiy bezakli tarixiy manbalar saqlanib qolgan va guvohlik berib turibdi. Draxmaning asosi – 67 gran kumushdan iborat tanga tashkil qilgan. 67 gran – hisob uchun noqulay, to'g'rimi? Shu tufayli, Makedoniyalik Iskandar davrida bu narsa 65 granga tenglashtirildi. Yunonistonni Rim imperiyasi zabt etmagunicha, ya'ni keying 400 yil muttasil mazkur draxmalar qadimgi yunonlarning asosiy pul brliklari bo’lb qoldi.

Qadimgi Yunonistonning ushbu pul birliklari tizimi Bobilliklar tizimining poydevoriga qurilgan bo’lib, aynan shu davrga oid yunon qo’lyozmalari orqali, zamonamiz olimlar qadimgi Bobil haqida ko’plab tarixiy faktlarga ega bo’lganlar. Bobilliklarning pullarining nomi masalan, Talant haqiqiy Bobilcha talaffuzda qanday jaranglaganini tarxichilar aniqlay olishmadi. Chunki, Bobil yozuvlari – ieroglif ko’rinishida bo’lib, u bilan taqqoslanadigan qadimgi yunon yozuvlari esa – harfiy belgilardan iborat. Bobil yozuvlarida faqat talantning ramzini aniq ajratish mumkin. Mavzuga qaytsak, yononlarda 8 xil vazn birliklari mavjud bo’lgan: Milet, Evbey, Egin, Fokey va ho kazo. Eng kata vazn birligi ham, yunonlarda, huddi Bobilliklardagidek Talant deb atalgan. Biroq yunon talanti, Bobilliklarnikidan ancha farq qilgan. Qadimgi yunon tilida talant so’zi «tarozi pallasi» ma’nosini anglatgan. Yunon talanti 60 minaga, mina esa 50 staterga, 1 stater esa 2 draxmaga bo’lingan. Draxma esa, qadimgi yunon tilida «hovuch» ma’nosini anglatgan. 1 draxma ham o’z navbatida 6 oboldan (obol – «o’zak» ma’nosida masalan, pat o’zagi, hivchin o’zagi va ho kazo) iborat bo’lgan. Keyinroq bunday murakkab ulushli bo’linish tizimi o’rniga, 1 draxmani 100 leptga teng ekanini bildiruvchi boshqacharoq pul birligi tizimi joriy qilingan.  Barcha qadimgi yunon shaharlarida bu birliklar bir xil nom bilan atalgan bo’lsa hamki, ularning har biridagi vazn qiymatlari kata nisbatlarda farq qilgan. Miso uchun, Milet stateri 14 gramm, Fokeyniki esa 16 grammga teng bo’lgan. Finikiya minasi 364 gramm, Ebveylarniki esa 436 grammga teng bo’lgan. shu kabi farqlanishlar juda ko’p bo’lib, ular uchun maxsus jadvallar yuritilgan. Bundan tashqari, o’quvchining o’zi ham seganidek, yunonlarning bu davrdagi vazn va pul birliklarining ulushli birliklari orasidagi munosabat murakkab ko’rinishdagi kasr qiymatlarini yuzaga keltirgan…

Qadimgi yunonlarning kumush obol tangalarining esa maxsus xizmat vazifasi bo’lgan: dafn marosimi vaqtida bunday tangalarni marhumning og’ziga tishlatib qo’yilgan. Qadimgi yunon mifologik tasavvurlaridagi «o’liklar saltanati»ga kirishdagi Stiks daryosining kechuv joyida, mazkur tanga, ma’bud Xaronga boj to’lash uchun ishlatiladi deb hisoblangan…

Yunonistonning Rim imperiyasi tomonidan zabt etilishidan so’ng, deyarli ikki ming yil davomida, mazkur qadimiy va boy tarixga ega mamlakatning keying taqdiri juda murakkab kechdi. Faqat XIX asrga kelibgina, aniqrog’i, 1832 yilda Yunoniston qaytdan o’z davlat mustaqilligini tikladi va qadimiy pul birligi – draxmaning zarb etilishini yangitdan yo’lga qo’ydi. Bu Otton I tasviri tushirilgan, 20 draxmalik oltin tanga edi. Hozirgi kunda esa, Yunoniston mustaqil davlat hisoblansa-da, u Yevroittifoq a’zosi sifatida, o’z hududida YEVRO pul birligini joriy qilgan. Zamonaviy Yunonistonning Yevropa ittifoqiga iqtisodiy qaramligi esa borgan sari ortib, davlatning yevroittifoqdan kreditorlik holati qaltis ko’rinishga kirmoqda.

Yangilаndi: 25.01.2014 04:43