Arpa doni; No‘xot donasi... (Karat va Gran)

31.07.2013 17:57 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tarixiy ma'lumotlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Arpa doni; No‘xot donasi

(Karat va Gran)

Yevropaning[1] har qanday dorixonasida turli xildagi vazn o‘lchash tarozilarining qadoqtoshlari oradisa albatta Gran ham bo‘ladi. Gran paydo bo‘lganiga «atiga» ikki ming yil bo‘ldi holos. Granning etalon vazni bir o‘simlikning donining vazniga teng. Qaysi deysizmi? Bu odata arpa boshog‘idagi bir dona donning vazniga tenglashtirilgan. Lekin tarixchilarning ta'kidlashicha, qadimda har bir tamaddun o‘choqlarida mahalliy sharoitdan kelib chiqib gran uchun turli xil donlarning vazni qabul qilingan ekan. Masalan Akatsiyaning doni ham bu maqsadga muofiq kelavergan.

Gran so‘zining kelib chiqishi ham qadimgi lotin tilidagi «granum» - don, yorma ma'nolarini anglatuvchi so‘zan kelib chiqqan. Ingliz tilida don ham, o‘lchov grani ham - «grain», eski nemis tilida ham don bu - Granno bo‘lgan.

 

Yevropa mamlakatlarida gran - arpa doni dorixona ishlarida ko‘p asrlardan beri amalda qo‘llanilib, an'anaviy o‘lchov birligi sifatida mustaxkam o‘rnashib qolgan. Xalqaro Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish tashkiloti, R-31 hujjat orqali uning (aynan dorixonaga tegishli granning, zargarlik granining emas!) rasmiy ekvivalentini joriy etgan. Unga ko‘ra 1 dorixona grani 64.798911 miligrammga teng. Demak Bobilliklarning sikli hozirgi standartlarga muofiq 11.6 grammga (180 dona arpa doni) teng bo‘lishi kerak ekan.

Gran massa vazn birligi sifatida birinchi navbatda zargarlar tomonidan keng qo‘llaniladi. Dastlabki rasmiy ravishda qabul qilingan zargarlik granini Parij Karatining chorak qismiga teng deb olingab edi. 205 miligrammga teng bo‘lgan bu Parij Karatni 1871-yilda Parij Qimmatbaho buyumlar Palatasi taklifiga binoan muomalaga kiritilgan edi. Karat so‘zining o‘zi yunoncha bo‘lib, Dukakli o‘simlik no‘xotining donasi ma'nosini anglatadi. Qaqdimgi yunonlar no‘xot donalarining vaznining deyarli bir xil ekanligiga e'tibor qaratishgan. Bu vazn 0.15 - 0.20 gramm atrofida bo‘lib, o‘sha davrlardayoq qimmatbaho zargarlik buyumlarining vaznini aniqlash maqsadlarida foydalana boshlashgan.

1907-yilda maxsus metrik karat tasdiqlandi va uning vazni 50 miligrammga teng deb belgilandi. 1908 yildan 1930 yilgacha muddatda ko‘plab mamlakatlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarfa asosan metric karatni va uning asosidagi granny zargarlik o‘lchov birligi sifatida o‘zlarida joriy etdilar. Bu zamonda yashagan dunyodagi barcha zargarlarga qimmatbaho zargarlik buyunlarining vazn miqdorini ushbu birlikda o‘lchashga buyruq berilgan! Lekin, zargarlik buyumlari bilan bog‘liq an'analar dunyoning turli mamlakatlarida juda ham kam o‘zgaruvchan bo‘lganligidan, hozirgi kunda bu borada ham turli davlatlarda turlicha standartlarni uchratish mumkin.

Hozirgi vaqtda, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa ko‘plab davlatlarda Troya granini qo‘llash qabul qilingan va u 64.7989 miligrammga teng. Bu granning nomi Fransiyaning Trua (fr. Troyes) shahri nomidan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur shahar yaqain yaqinlargacha butun Yevropaga mashhur bo‘lgan zargarlik yarmarkalari tufayli shuhrat qozongan. Parij grani esa 51.3 miligrammga teng, lekin u hozirgi kunda kamdan kam qo‘llaniladi. Savdo grani odatda 64.7981 miligrammga tenglashtiriladi. Oltin va Kumush uchun maxsus - metall grani joriy etilgan bo‘lib, u 3.8879 grammga teng. Bu degani ingliz tilla karatining chorak qismiga teng deganidir.

Karat - vazn o‘lchovining qadimgi birliklaridan biri. Lekin, qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, zargarlar qimmatbaho toshlar va buyumlarni tarozida tortib ko‘rishni unchalik ham hushlashmaydi. Bunday mahsulotlarni boshqachasiga o‘lchashadi. Masalan, qat'iy qoidalar asosida va o‘ta aniqlikda sayqallangan brilliantning vazni uning o‘lchamlariga muofiq kelishi kerak. Zargarda andoza bor: tirqishlaribor plastinka. Uning yordamida zargar murakkab sayqalangan brilliantning vaznini ancha katta aniqlikda o‘lchaydi va vaznini o‘rnatadi. 50 karatdan (10 gramm) ortiq vazndagi brilliantlar esa, odatda o‘z ismiga ega bo‘ladi va ularni butun dunyo zargarlari «yuzidan» tanishadi.

Yer yuzida topilgan olmoslardan eng katta o‘lchamdagisi 1905-yilda-Janubiy Afrikadan topilgan «Kullinan» olmosi - 3106 karat (621.2 gramm) bo‘lgan. Uni bir necha qismlarga bo‘lib olishgan taqsimotdan keyin sayqallangan eng katta qismi «Kullinan I»ning vazni 530.2 karatni tashkil qilgan.

Umuman olganda zargarlar tabiiy olmoslarni ming xillarcha navlarga ajratidalar, va ularni rangi, shaffofligi, va boshqa ko‘plab belgilaridan kelib chiqib belgilaydilar. Lekin, bu jarayonda baribir qimmatbaho toshning o‘lchamlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xususan, bu o‘lchamlar mazkur toshning 1 karatining qiymatini ham belgilab beradi. Katta o‘lchamdagi toshning bir karati odatda qimmatroq yuradi. Zargarlikda mashhur bo‘lgan Tavernye qoidasiga ko‘ra, brilliantning umumiy narx qiymati uning karatlardagi vazning kvadratini bir karat brillian narxiga ko‘payirilgan holda hisoblab chiqariladi. Ya'ni bir karat brilliantning narxi ning vazniga to‘g‘ri proportsional ravishda ortib boradi. Masalan o‘sha «Kullinan» Tavernye qoidasi bo‘yicha hozirgi kunda 290 million dollarga baholanadi. Zargarlarda shunaqa arifmetika.

Shuni aytib o‘tish kerakki, Karat so‘zi yana bir holatda - zargarlik metalining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalashda ishlatiladi. Nodir metallarning «karat probasi» deb nomlanadigan sifat ko‘rsatkichi mavjud. Proba qanchalik yuqori bo‘lsa, zargarlik mahsuloti shunchalik qimmat baholanadi. Karat probasi tizimi bilan hozirgi kunda AQSH, Sheytsariya, Buyuk Britaniya davlatlari ishlashadi. Bu davlatlarda sof oltin 24 karatli namuna bilan probalanadi. Oltin sofligini baholashning karat shkalasi ildizlari Rim Imperatori Konstantin hukmronlik qilgandagi 24 karat vaznli oltin solidlar muomalaga chiqarilgan davrlarga borib taqalar ekan.

 


[1] O‘zbekistonda dorixona o‘lchov vositalarida gramm va miligrammlar qo‘llaniladi, Qo‘shma Shtatlarda esa Gran ko‘proq zargarlik sohasidagi o‘lchov maqsadlarida ishlatiladi. Aynan Yevropada dorixona o‘lchovlari granga tayanadi.

Yangilаndi: 21.06.2018 07:18