Bobil mili, Rim mili

22.07.2013 05:08 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tarixiy ma'lumotlar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Bobil mili, Rim mili

o‘lchov birliklarining aniq tasdiqlar orqali ma'lum bo‘lgan eng qadimgilari qadimgi Bobilga tegishli. Bobilliklar ham ularni o‘z ajdodlari - Shumerlardan meros qilib olishgan bo‘lishsa kerak. Lekin, aynan Shumerga tegishli arxeologik topilmalar juda kam.

Qadimgi Bobilda uzoq masofalarni mil o‘lchov birligida ifodlashgan. Bir mil 30 qo‘shqadam (ya'ni ham o‘ng ham chap oyoqda bosilgan ikkala qadam) masofasida o‘lchangan. Shu sababga ko‘ra bir Bobil mili tahminan 11650~11660 metrga teng bo‘lgan. Ko‘rib turibmizki bu bizning kilometrlarimiz yoki inglizcha quruqlik milidan ko‘ra ancha katta masofa. Bu holatda mil so‘zi shartli ravishda qo‘llaniladi. Sababi hozirda hech qaysi tarixiy manbada qadimgi Bobildagi bu o‘lchov birligi aslida qanday atalganiligini aniq ko‘rsata olmaydi. Bu sohaga oid yechimini kutayotgan va balki hech qachon yechilmaydigan lingvistik muammolardan biri hisoblanadi. Bizgacha faqat bir necha bobil qo‘lyozmalaridagi ushbu birliklarga mos keluvchi ierogliflargina saqlanib qolgan holos.

Rim birliklari borasida esa, Lotin yozuvi va tilining ilmiy tasarrufda hozirgacha saqlanib kelayotganligi munosabati bilan, tarixchilar ishonch bilan tadqiqotlar olib borishlari mumkin. Masalan, Rim mili nomlanishining etimlogiyasi unga tegishli miqdoriy son qiymati - 1000 bilan bog‘liq. Rimliklar to‘la qurollangan Rim legionerining 1000 ta qo‘shqadami masofasini «Mile passus» deb atashgan. Uning uzunligi 1481 metr bo‘lgan deb hisoblanadi. Rim jangchisining qo‘shqadami demak 148.1 santimetr bo‘lgan.

Yangilаndi: 24.09.2018 09:09