O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi hamda, Metr Konvensiyasi

22.07.2013 05:00 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - SI tarixi
Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi hamda, Metr Konvensiyasi

O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi (O‘TXQ) 1875-yilning 20-may kunida, 17 davlat delegatlari ishtirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga ko‘ra Metr Konvensiyasiga binoan ta'sis etilgan. Konvensiyaga 1921-yilda o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan.

O‘TXQ, farang hukumati tomonidan ajratib berilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 m2 maydonda joylashgan shtab - kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining a'zo davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘TXQning asosiy vazifasi - butun jahon bo‘yicha o‘lchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta'minlash; bu borada:

O‘TXQ, o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ta'sis etgan o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi (O‘TXI) ning qat'iy nazorati ostida ish olib boradi va bajarilgan ishlar yuzasidan mazkur Idoraga hisobot beradi.

Metr Konvensiyasining a'zo davlatlarning delegatlari har to‘rt yilda Bosh Konferensiyada yig‘iladilar. Bu yig‘ilishlarning asosiy vazifasi:

O‘TXI turli mamlakatlardan saylangan, va har yili yig‘iladigan 8 ta a'zo ishtirokchidan iborat; Idora mahsul xodimlari har yili, Metr Konvensiyasining a'zo davlatlari hukumatlariga O‘TXQning yillik ma'muriy va iqtisodiy faoliyatiga oid hisobotni taqdim qiladilar. O‘TXIning asosiy printspial vazifasi butun jahon bo‘yicha o‘lchov birliklarining bir xilligini ta'minlashdir. Idora bu vazifani bajarishni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki, o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasining ishlab chiqqan dasturlariga binoan olib boradi.

o‘z faoliyatini masofa va vazn o‘lchov birliklari hamda, ular bilan bog‘liq metrologik tadqiqotlar sohasi bilan cheklangan doirada boshlagan O‘TXQ, keyinchalik, elektr (1927), fotometriya va radiometriya (1937), ionlanuvchi nurlanishlar (1960), vaqt shkalalari (1988) va kimyo (2000) sohalari uchun ham o‘lchov standartlarini joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat doirasini kengaytirdi. Bu maqsadlarda 1876 - 1878 yillarda dastlabki laboratoriyalar qurilgan va ular 1929-yilda kengaytirilgan;

31 dekabr, 2005 yil holatiga[1] O‘TXQga quyidagi 51 ta davlat a'zo hisoblanadi: Argentina, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Chili, Chexiya, Chernogoriya, Daniya, Dominikana, Eron, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Kamerun, Kanada, KXDR, Koreya (Resp.), Malayziya, Meksika, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Tailand, Turkiya, , Urugvay, Venesuela, Vengriya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Yunoniston, Xitoy.

Quyidagi 12 ta davlat va Iqtisodiy ittifoqlar O‘TXQ ning hamkorlari hisoblanadi:

Belarus, Karib dengizi havzasi iqtisodiy ittifoqi, Kosta-Rika, Kuba, Ekvador, Estoniya,

Gonkong, Yamayka, Qozog‘iston, Keniya, Latviya, Litva, Malta, Panama, Filippin, Sloveniya, Ukraina, Vetnam, Xitoy Taypeyi, Xorvatiya.

1963 - 1964 yillarda ionlanuvchi nurlanishlar laboratoriyalari uchun, 1984-yilda lazerlar bilan ishlash va 1988 yilda kutubxona, hamda, idoralar uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2001-yilda ustaxona, idora va majlislar xonalari uchun yangi binolar ochildi.

O‘TXQ laboratoriyalarida 41 nafar turli sohadagi fizik va texnik mutaxassislar faoliyat olib boradilar. Ular asosan metrologik tadqiqotlar, xalqaro birliklarning standartlarni o‘zaro muvofiqlashtirsh va bir o‘lchamga keltirish ishlarini olib boradilar. Yillik hisobotda va O‘TXQ direktorining hisobotlarida ular olib borayotgan ish jarayonlarining tafsilotlari yoritib boriladi.

1927-yilda O‘TXI ning ish faoliyat sohalarining kengayishi natijasida O‘TXQ, asosiy vazifasi o‘z sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar va ulardagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborot berib borish bo‘lgan maxsus Konsultativ qo‘mitalar tashkil qildi. Ushbu konsultativ qomatlar, birliklar bo‘yicha olib borilayotgan xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirib turish va ularga oid maxsus masalalarning, tegishli sohalarda bajarilishi nazorat qilib boruvchi, doimiy yoki muvaqqat ishchi guruhlarni tuzish va O‘TXI ga tavsiya qilish vazifalarini bajaradi.

Konsultativ qo‘mitalar umumiy me'yoriy hujjatlar asosida ish yuritadi. Ular nodavriy muddatlarda o‘zaro uchrashib turadilar. Har bir konsultativ qo‘mitaning prezidenti O‘TXI tomonidan tayinlanadi va u odatda O‘TXI a'zolaridan biri bo‘ladi. Konsultativ qo‘mitalarining a'zolari O‘TXI tasdig‘idan o‘tgan metrologiya laboratoriyalari va maxsus institutlar bo‘lib, ular o‘z a'zolari orasidan Konsultativ qo‘mitasi doimiy ish faoliyatida ishtirok etish uchun delegatlar saylaydilar. Hozirda 10 ta shunday konsultativ qo‘mitalari mavjud:

1) 1927-yilda ta'sis etilgan Elektr va Magnetizm konsultativ qo‘mitasi (CCEM), 1997 yilda unga "Elektr konsultativ qo‘mitasi" (CCE) nomi berildi. (CCE);

2) 1933-yilda ta'sis etilgan Fotometriya va Radiometriya konsultativ qo‘mitasi - (CCPR). 1971-yilda "Fotometriya konsultativ qo‘mitasi" deb yangi nom berilgan. 1930 - 1933-yillarda Fotometriya bilan CCE shug‘ullangan.

3) Termometriya konsultativ qo‘mitasi - (CCT), 1937-yilda ta'sis etilgan.

4) Uzunlik konsultativ qo‘mitasi - (CCL) 1997-yildan buyon sobiq "Metrni aniqlash" (ССDM) konsultativ qo‘mitasi shunday nomlanadi.

5) Soniyani aniqlash konsultativ qo‘mitasi (CCDS) - 1956-yilda ta'sis etilgan. 1997-yildan e'tiboran, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) deb ataladi.

6) Ionlanuvchi nurlanishlar konsultativ qo‘mitasi (CCRI) - 1997-yildan buyon, 1958-yilda ta'sis etilgan "Ionlanuvchi nurlanishlar standartlari bo‘yicha konsultativ qo‘mita" (CCEMRI) ning yangi nomi. Mazkur qo‘mita 1969-yilda to‘rt bo‘limga ajratilgan:

  1. Rentgen va gamma nurlanishlari, elektronlar;
  2. Radionuklidlarni o‘lchash;
  3. Neytron o‘lchovlari;
  4. α-Energiya satndartlari

1975-yilda α-Energiya standartlari bo‘limi tugatilib, uning vazifalari Radionuklidlarni o‘lchash bo‘limiga yuklatilgan;

7) Birliklar konsultativ qo‘mitasi - (CCU) - 1964-yilda ta'sis etilgan. Bu konsultativ qo‘mita 1954-yilda tashkillangan Birliklar bo‘yicha Xalqaro Komissiyaning o‘rnida faoliyat yuritadi;

8) Vazn va u bilan bog‘liq miqdorlar bo‘yicha konsultativ qo‘mita (CCM). 1980-yilda ta'sis etilgan.

9) Modda miqdori konsultativ qo‘mitasi: Kimyoviy metrologiya. (CCQM), 1993 -yilda ta'sis etilgan.

10) Akustika, Ultratovush hamda Vibratsiya bo‘yicha konsultativ qo‘mita. (CCAUV) - 1999-yilda ta'sis etilgan.

o‘lchov va tarozilar Xalqaro Bosh Konfrensiyasining faoliyatiga doir dalolatnomalar O‘TXQ tomonida quyidagi seriyalarda nashr etilgan:

O‘TXKning 2003 yildagi qaroriga ko‘ra, O‘TXQ faoliyatiga doir axborotnomalarni chop etish to‘xtatildi, lekin rasmiy veb - saytida joylashtirish davom ettirilmoqda.

O‘TXQ shuningdek, metrologiyaning barcha maxsus sohalariga oid monografiyalar, hamda Xalqaro birliklar Tizimini qo‘llashga doir amaliy tavsiya va qoidalar jamlangan, davriy yangilanadigan "Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)" nomali maxsus risolani nashr etib boradi.

o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ish faoliyatiga oid hisobot - nashrlar "Travaux et Mémoires du Bureau International des Poids et Mesures" 1881 yildan 1966 yilgacha 22 jildda nashr etilgan. O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi rasmiy hujjatlari to‘plami - "Recueil de Travaux du Bureau International des Poids et Mesures" 1966-yildan 1988-yilgacha 11 jildda chop etilgan. Ushbu nashrlar ham hozirda, O‘TXK qarorlariga binoan to‘xtatilgan.

O‘TXQ ilmiy faoliyatiga taalluqli ilmiy ishlar, ochiq ilmiy adabiyotlar tarzida nashr etiladi va bir yillik nashrlar ro‘yxati o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi direktorining yillik hisobotida e'lon qilinadi.

o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi ta'sischiligi ostida, 1965-yildan buyon chop etilayotgan Metrologia oynoma jurnalida ilmiy metrologiya, o‘lchash usullarini takomillashtirish, birliklar va standartlar bilan ishlash kabi yo‘nalishlarda turli xil maqolalar, shuningdek Metr Konvensiyasiga muvofiq tuzilgan turli Tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan hisobotlar, qaror hamda tavsiyalar chop etib boriladi.


[1] Hozirda (21.07.2014) Argentina, Kolumbiya, Xorvatiya, Iroq, Qozog‘iston, Keniya, Saudiya Arabistoni, Tunis, davlatlari ham a'zo davlatlar safiga rasman qo‘shilishgan. Shuningdek, Albaniya, Bangladesh, Boliviya, Bosniya va Gersogovina, Botsvana, Chernogoriya, Makedoniya, Gruziya, Gana, Lyuksemburg, Mavrikiy, Mo‘g‘uliston, Moldova, Namibiya, Omon (Ummon), Paragvay, Peru, Seyshell, Shri Lanka, Sudan, Suriya, Zambiya, hamda, Zimbabve davlatlari ham, O‘TXQ ning hamkorlari sanalishadi. Shunday qilib, 21.07.2014 holatiga O‘TXQ tarkibida 56 ta a'zo; va 41 ta hamkor davlat va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar mavjud.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.12.2018 09:57