Billiard sharlari va Moyli bochkalar

02.08.2013 04:38 Muzaffar Qosimov Bu-qiziq - Qiziqarli masalalar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 

Billiard sharlari

1 dan 15 gacha bo’lgan billiard sharlarini uchburchak ichiga shunday tizingki, Ketirilgan 4 ta guruhning har birida ochkolar soni bir xil bo’lsin:

1)      A+B+D+G+K=A+C+F+J+O=K+L+M+N+O

2)      C+E+H+L=B+E+I+N=G+H+I+J

3)      D+F+M=A+K+O=E+H+I

4)      G+L=J+N=B+C

Shu bilan birga, bu Guruhlardan ikkitasidagi ochkolar sonining bir biriga nisbati, ulardagi sharlar sonining bir biriga nisbatiga teng bo’lsin.

Bu masalani yechish uchun sharlarni qanday tizish kerak?

 


Moyli bochkalar

Do’konga 6 bochkada moy keltirilgan. Rasmda har qaysi bochkaga necha litr moy sig’ishi ko’rsatilgan.

Birinchi kuniyoq bitta firma, ikkitta bochkani,  ikkinchi firma esa uchta bochkani ochilmagan holda sotib olgan. Lekin birinchi firma ikkinchisiga qaraganda moydan ikki baravar kam olgan. Hullas bochkalar ochilmasdanoq sotilib ketgan. Kechki vaqtga kelib do’konda faqat bitta bochkada moy qolgan. Necha litrli bochka do’konda soltilmay qolganini aytib bering.

masalaning javobini topdingizmi? unday bo'lsa o'z javobingizni tekshirib ko'ring...

YangilĐ°ndi: 02.08.2013 05:04