Parsek

05.11.2019 09:37 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan birliklar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Parsek

Parsek – astronomiyada qo‘llaniladigan masofa birligi. SI tizimiga kirmaydi. O‘zbekcha belgilanishi pk (кирилл алифбосида пк), xalqaro belgilanishi pc. Termin «parallaks» va «sekund» so‘zlarining birinchi bo‘g‘inidan yasalgan.

Bir parsek masofa – yillik trigonometrik parallaksi bir burchak sekundiga teng bo‘lgan obyektgacha bo‘lgan masofadir.

Muqobil ta’rifiga ko‘ra esa, bir parsek bu – ko‘rish nuriga perpendikulyar bo‘lgan bir astronomik birlik (a.b.) kesmaning bir sekund burchak ostida ko‘rinish masofasidir. Ushbu ta’rifga ko‘ra, demak, bir parsek, katetlaridan biri 1 astronomik birlikka teng bo‘lgan va o‘tkir burchagi 1" bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning katta katetining uzunligidir:

Bu degani, 1 pk = 30,8568 trillion km; hamda, 3,2616 yorug‘lik yili masofasi demakdir.

2015-yilning avgust oyida Xalqaro Astronomiya Ittifoqining XXIX-Bosh assambleyasida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan va unda parsek

tarzidagi formula bilan aniqlanishini belgilab qo‘ydi. Bu formulaga ko‘ra hisoblansa, bir parsek masofa yuqoridagi ta’rifdagidan 1011 ga qisqaroq chiqadi. Bu yulduzlararo masofani o‘lchash borasida, zamonaviy o‘lchov texnikasida yo‘l qo‘yiladigan nisbiy xatolikning eng katta aniqlik darajasidan ham yuqori darajadir (o‘lchov texnikasining nisbiy xatoligi 0,001%, yoki, 105 bo‘ladi). XAI belgilagan formulaga binoan aniqlangan parsek, ta’rifdagidan ≈242 km ga qisqaroq xolos. Shu sababli, yulduzlararo masofani o‘lchashda ishlatiladigan ushbu birlik deyarli o‘zgarmagan deyish mumkin.

Parsekning kiloparsek (kpk), megaparsek (Mpk) va gigaparsek (Gpk) ko‘rinishidagi karrali birliklari ham fanda qo‘llaniladi. Biroq, parsekning ulushli birliklari ishlatilmaydi. Buning o‘rniga, nisbatan qulayroq bo‘lgan a.b. birligidan foydalaniladi.

Ayrim astronomik masofalarning parsekda ifodalanishiga misollar:


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 05.11.2019 09:45