Termokimyoviy kaloriya

29.04.2013 08:55 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan birliklar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Termokimyoviy kaloriya

Xalqaro birliklar tizimida issiqlik miqdori va energiyaning boshqa turlari uchun ham qabul qilingan birlik — Joul (J) dir. Shu bilan birga, fanda ko’pdan beri issiqlik miqdorining biron tizimga kirmagan birligi — termokimyoviy kaloriya ishlatilar edi. Bu birlik 4,1840 J ga teng va 4,1868 J (aniq) ga teng boʻlgan Xalqaro kaloriyadan biroz kichik.

Shuning uchun yetmishinchi yillargacha termokimyoviy kaloriyani ham vaqtincha ishlatishga yo‘l qo‘yilgan edi. Termokimyoviy kaloriya va Joul o‘rtasidagi munosabat quyidagicha.

1934-yilda Doimiy xalqaro termokimyoviy komissiya, elektr kattaliklarni o‘lchash uchun o‘sha vaqtda mavjud boʻlgan ikkita amaliy o‘lchovlar tizimi — Xalqaro birliklar tizimi va Mutlaq amaliy birliklar tizimi borligini e’tiborga olib, termokimyoviy o’lchovlar uchun o’sha paytda keng tarqalgan 15-graduslikaloriyanisaqlab qolishni va uning Joul bilan quyidagi nisbatda ishlatilishini tavsiya etdi:

1 kal15= 4,1833 xalqaro Joul.

Suvning issiqlik sig‘imini aniqlash boʻyicha o‘tkazilgan keyingi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, 4,1833 xalqaro Joul birligi 1 g toza suvni 14,5 dan 15,5 °C haroratgacha (ya’ni 1 kal15) isitish uchun zarur boʻlgan issiqlik miqdoriga mos kelmas ekan.

1948-yildan boshlab Xalqaro elektr birliklardan Mutlaq birliklarga o‘tilishi munosabati bilan, xalqaro va mutlaq Joullar o’rtasidagi nisbatlar quyidagicha belgilandi:

1 xalqaro Joul = 1,00019 mutlaq Joul.

Shuning uchun kimyoviy termodinamikada hozir ham ba’zan yuqorida ko‘rsatilgan termokimyoviy kaloriya birligi uchrab turadi:

1termokimyoviykaloriya= 4,1840 J

Bu son 4,1855 sonning 1,00019 ga ko‘paytmasining yaxlitlangan ko‘rinishidir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.02.2019 07:56