MMBtu nima degani?

03.08.2013 05:01 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Tizimlashmagan birliklar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

MMBTU nima degani?

Metrik tizimning dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda allaqachon qabul qilinganligiga qaramay, nometrik, ya'ni SI tizimiga taaluqli bo‘lmagan birliklar ham ancha keng qo‘llaniladi. Neftning - barellarda, olmos - karatlarda, don mahsulotlari esa bushellarda sotilishini hamamiz yaxshi bilamiz. Huddi shuningdek, Tabiiy gaz miqdorining xalqaro miqiyosdagi oldi-sotdi yoki, texnologik hisob-kitoblar uchun qo‘llaniladigan alohida birligi - «term» (inglizcha «term») birligi mavjud. Biz bilamizki, har qanday gazning hajmini SI tizimida m3 da, modda miqdorini esa mol birliklarida ifodalanadi. NYUMEX birja savdo kotirovkalarida gaz bahosining aynan shu burlkida ifodalanib belgilanishini ko‘rish mumkin. Kotirovkalarda 1 fut kub tabiiy gazning issiqlik chiqarish xususiyati inobatga olinib belgilanadi.

Demak: «term» bu - tabiiy gaz miqdorining o‘lchov birligi.

1 Term - 105 Britaniya termal birligiga teng.

Britaniya termal birligi qisqacha qilib «btu» deb yuritiladi. Britannic thermal units so‘zining akronimi. Uning ta'rifi quyidagicha:

1 btu - 1 fut (0.453 kg) suv haroratining me'yoriy sharoida, Farengeyt shkalasi bo‘yicha 1 gradusga (60ºF dan 61ºF) ga ortishida (qizishida) bajarilgan ishning ekvivalentiga teng.

Eslatib o‘tamiz, Farengeyt shkalasi bo‘yicha suvning qaynash harorati 212ºF, muzlash harorati esa 32ºF. Demak, 1btu=453/1.8=251.67 kal.=251.67*4.19=1055 Joul.

Shu tarzda ma'lum bo‘ladiki, 1 mmbtu deyarli 109 Joul=1Gigajoul ga teng ekan. Shu fakt ham diqqatga sazovorki, 1 mmbtu da 1000 kub fut tabiiy gaz miqdori mavjud bo‘lar ekan.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.12.2017 10:24