Kimyoviy va fizik-kimyoviy kattaliklar

29.04.2013 09:31 Muzaffar Qosimov Xalqaro birliklar tizimi - SI - Qoidalar
Chop etish
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Kimyoviy va fizik-kimyoviy kattaliklar

Xalqaro birliklar tizimini umumiy kimyo va molekulyar fizika, shuningdek, kimyoviy texnologiyaga joriy qilish unchalik kata qiyinchiliklar tugʻdirmaydi. Bu fanlarda uchraydigan turli eskirgan fizik va fizik-kimyoviy kattaliklarni, SI birliklaridan karrali va ulushli birliklar hosil qilib, eskirgan kattaliklarning sonli qiymatlarini qulay koʻrinishda ifodalash mumkin. Masalan, juda kichik massalar uchun Xalqaro birliklar tizimining massa birligi kilogramm (kg) dan hosil qilinadigan karrali birliklari: gramm (g), milligramm (mg), nanogramm (ng), pikogramm (pg) va hokazolarni ishlatib, bundan avval fizik-kimyoviy oʻlchovlarda uchraydigan massaning tizimlashmagan quyidagi birliklari: gamma (1 mkg ga teng), milligamma (1 ng ga teng), mikrogamma (1 pg ga teng) va hokazolarni chetlab oʻtish mumkin. Ammo avvalgi birliklardan baʼzilari (masalan, termokimyoviy kaloriya) ni vaqtincha ishlatishga, boshqalari (masalan, massaning atom birligi, molyar birliklar) ni esa takomillashtirib SI birliklari bilan bir qatorda ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Yetmishinchi yillarning oʻrtalaridan boshlab barcha mavjud standartlar, anʼanaviy ilmiy tadqiqot ishlari, tabiatshunoslik, nazariy xarakterdagi nashrlar, shuningder, shartli shkalalar (masalan, Rokvell va Vikkers qattiqlik shkalalari, fotomateriallarning yorugʻlik sezuvchanligi va hokazolar) asosida darajalangan kattalik birliklari oʻlchovlariga Xalqaro tizim birliklari asta-sekin, lekin muntazam ravishda kirib bordi.

Xalqaro birliklar tizimi fizik va fizik-kimyoviy kattaliklarning avvalgi qatoridagi baʼzi oʻziga xos birliklarni aniqlashtirdi va oʻz qatorida qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.05.2019 09:19