Kompas tarixi

07.04.2013 04:44 Muzaffar Qosimov Maqolalar - Ixtirolar tarixi
Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Kompas tarixi

Kompasni Xitoyliklar juda qadimda ixtiro qilishgan. Milodgacha bo‘lgan III-asrda Xitoylik faylasuf Hen Fey-Szi o‘ziga zamondosh bo‘lgan kompas tuzilishini shunday tavsiflagan: U magnetitdan tayyorlangan erigan qoshiq shakliga ega, ingichka dastagi va sharsimon, puxta sayqallangan bo‘rtma qismilari bor. Bu bo‘rtma qismida qoshiq huddiy shunday puxta sayqallangan mis yoki yog‘och plastina gadastgi plastinaga teginmaydigan, lekin uning ustida erkin harakatlanigan shu bilan birga, qoshiq o‘z o‘qi atrofida va bo‘rtma ichida aylana oladigan qilib o‘rnatilgan. Plastinada olam tomonlari tsiklik burj belgilari orqali tasvirlangan. Qoshiq dastasini qimirlatib itarib uni aylanuvchi harakatga keltirishgan. Muvozanatlashib, kompas dastasi aniq Janubni ko‘rsatadi.

Bu dunyo tomonlarini ko‘rsatuvchi eng qadimgi asbob sifatida e'tirof etiladi.

 

XI-asrda Xitoyda ilk marotaba harakatlanuvchi strelkali kompas paydo bo‘lgan. Odatda u baliq shaklida tayyorlangan ekan. Bu baliqni suv to‘ldirilgan idishga solishganida boshini janub tomonga qaratib suzish bilan tomonlarni ifodalagan. Kompasning yana bir turini, magnit strelkasi ustida ko‘p ishlar olib borgan Xitoylik olim Shen Gua (XI -asr) o‘ylab topgan. U oddiy tikuvchilik ignasini magnitlab, so‘ngra uni mum yordamida shoyi tolalaridan tayyorlangan erkin harakatlanuvchi korpus markaziga mahkamlab o‘rnatgan. Bu kompas strelkasi harajatlanuvchi kompasdan ko‘ra yuqoriroq aniqlikka ega bo‘lgan. Chunki u aylanish vaqtida nisbatan kam qarshilik kuchini yengishi kerak bo‘lgan. Shen Gua taklif etgan yana bir kompas konstruktsiyasi zamonaviysiga yana ham yaqin: magnitlangan igna endi shpilkaga o‘rnatilgan; o‘z tajribalari orqali Shen Gua shuni aniqladiki, kompas strelkasi janubni aniq emas, balki, bir muncha og‘ish bilan ko‘rsatar ekan. Buni u magnit meridianlari va geografik meridianlarning o‘zaro mos kelmasligi ya'ni ular bir-biriga nisbatan burchak ostida ekanligi bilan izohladi. Uning izohi qanchalik to‘g‘ri ekanligini keyingi yuz yilliklarda yevropa olimlari tomonidan amalda isbotlanib, ular hayratda qolishgan edi. Shen Guadaen keyingi davrlarda yashagan Xitoy olimlari bu burchakni (uni «magnit og‘ishi» deb ataladi) hisoblashni bilib olishdi va bu burchakni Xitoyning turli hududlari uchun hisoblab chiqib, korreksiya jadvallarini tuzishdi. XI-asr Xitoy kemalarining aksariyati ushbu turdagi kompaslar bilan (odata kemaning tumshuq va quyruq qismlarida) jihozlangan edi va kema kapitanlari har qanday ob-havo sharoitida to‘g‘ri kurs belgilay olishlari mumkin edi.

Bu ko‘rinishdagi Xitoy kompaslarini XII-asrda arablar o‘zlashtirishdi. XIII-asrda «harakatlanuvchi igna» yevropaliklarga tanishtirildi. Birinchi bo‘lib uni arablardan italyan dengizchilari o‘zlashtirishdi. Ular orqali kompas ispanlar, portugallar va fransuzlarga, keyinroq esa ingliz va nemislarga tarqaldi. Dastavval kompas suv solingan idishda qalqib yuruvchi magnitlangan igna va yog‘och bo‘lagi ko‘rinishida tayyorlanardi. Keyinroq idish yuzasini shisha bilan yopib, magnitlangan ignani shamol ta'siridan himoyalash zaruriyatini tushinib qolishdi. XIV-asr o‘rtalarida qog‘oz doiraning markaziga o‘rnatish usuli paydo bo‘ldi. Italiyalik Flavio Joyya kompasni takomillashtirib, qog‘oz asosga 16 qism (rumb) belgilab chiqdi, taqsimlangada dunyoning har bir tomoni uchun to‘rt bo‘lakdan iborat doira choragi kelib chiqadigan yana ham qulayroq orientirlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu oddiy o‘zgartirishlar kompasnining takomillashuvi jarayonida katta qadam bo‘lib hizmat qildi. Keyinroq doira teng 32 sektorlarga ajratildi. XVI-asrda tebranishlar ta'sirida strelkada paydo bo‘ldigan hatolikni kamaytirish uchun uni kardanli osmaga maxkamlashni yo‘lga qo‘yildi. Bir-asrdan so‘ng esa kompaslarda yo‘nalishi aniqroq ko‘rsatadigan aylanuvchan chizg‘ichlar paydo bo‘ldi.

Porox harbiy sohada yoki Gutenberg matbaachilikda qanday inqilobga olib kelgan bo‘lsa Kompas dengizchilikda ham huddi shunday iz qoldirdi. U ochiq dengizda kursni to‘g‘ri belgilash va olib borish uchun dastlabki navigatsiya asbobi edi. Kompasdek ishonchli yo‘l ko‘rsatuvchiga ega bo‘lgach, XV-asr ispan va portugal dengizchilari uzoq dengiz safarlariga jur'at qila boshladilar. Ular ming yillar davomida uzoqlasha olishmagan dengiz qirg‘oqlarini orqada qoldirib okeanlararo sayohatlar davrini boshlab yuborishdi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.09.2018 10:12