Saturn

14.08.2013 18:58 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Astronomiya
Chop etish

Saturn

Saturn quyosh tizimidagi sayyoralar ichida kattaligi bo‘yicha ikkinchi, quyoshdan uzoqlashish tartibida oltinchi sayyora bo‘lib, Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 29.46 yil ni tashkil qiladi. Bu sayyora, quyosh tizimidagi qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rib bo‘ladigan 5 ta sayyoraning biri bo‘lib, uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi birinchi yulduz kattaligidan ham yorqinroqdir. Garchi ekvatorial diametri Yupiternikidan ozgina kichik bo‘lsa hamki, massasiga ko‘ra Yupiterdan ancha far qiladi - deyarli uch barobar. o‘rtacha zichligi juda kichik - 0.7 gr/sm3. Kichik zichlik shu bilan izohlanadiki, bu gigant sayyora asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib gaz gigantlari turkumiga kiradi. Lekin uning sirtidagi bosim ham Yupiterdagidek katta emas. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qut radiusi esa 54400 km ni tashkil qiladi. Uning massasi Yernikidan deyarli 95 marta katta, lekin uning o‘rtacha zichligi esa, 0.69 g/sm3 bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari ichidagi, o‘rtacha zichligi, suvning o‘rtacha zichligidan kichik bo'lgan yagona sayyoradir. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10.44 m/soniya2. Saturn quyosh atrofida 29.5 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Undan quyoshgacha bo'lgan masofa 1430 million km, yoki, 9.58 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita bo‘ylab aylanish tezligi 9.69 km/soniya.

Spektral tahlil yordamida Saturn atmosferasida bir necha xil molekulalar aniqlandi. Saturn bulutlari aftidan sayyoradagi eng qattiq jismlar bo‘lsa kerak. Saturnagi atmosferada metan gazi erish haroratiga yaqin –184 ºC sharoitda bo‘ladi. Saturn atmosferasi 96,3 % vodorod va 3,25 % geliydan iborat. Bundan tashqari etan, fosfen, ammiak va boshqa gazlarning aralashmalari aniqlangan. Saturn atmosferasining yuqori qatlamlari kuchli ammiak bulutlaridan iborat. Quyi atmosfera qatlamlarida esa ammoniy gidrosulfid (NH4SH) bulutlari aniqlangan. Saturn atmosferasida tezligi 500 m/soniyagacha yetadigan kuchli dovullar esishi qayd etilgan. Saturnda ham Yupiterdagidek o‘ziga xos, ko‘zga darhol tashlanadigan tashqi dog‘lar kuzatiladi. Ulardan biri ulkan oq oval har 30 yilda bir marta paydo bo‘ladi.

Saturnda ham magnitosfera mavjud ekanligini ilk marta 1979-yilda "Pioner-11" fazoviy apparati orqali kashf etilgan edi. Saturn magnit maydoni va quyosh shamoli uchrashadigan chegara Saturndan 20 radius masofada joylashgan.

Teleskop orqali kuzatilganda dastlab ko‘zga tashlanadigan yaqqol manzara Saturn ekvatori bo‘ylab uni o‘rab turgan halqa bo‘lib, undan tashqari, xiraroq rangdor dog‘larni ham ko‘rish mumkin. Saturn halqasini 1610-yilda Galileo Galiley kashf qilgan edi. Bu Quyosh tizimidagi eng hayratlanarli hodisalardan biri bo‘lib, halqa Saturnni butun ekvator tekisligi bo‘yicha qurshab olgan va sayyora sirtiga umuman yaqin kelmaydi. Saturn halqasi, oraliqlarini fazo bo‘shlig‘i ajratib turuvchi bir necha konsentrik halqalardan iborat. Ularni lotin alifbosidagi harflar bilan belgilanadi. Sayyora sirtidan eng chetki bo‘lgan tashqi - A halqa, ikkinchi va eng yorqin B halqa, ichki halqa - C, hamda, Saturn sirtiga eng yaqini, va undan alohida holatda ko‘rish mushkul bo‘lgan D halqalardan iborat. Shuningdek, deyarli shaffof bo‘lgan D halqa ham aniqlangan. Saturnning barcha halqalari sayyora atrofida aylanadi. Ichki halqalar tashqi halqalardan ko‘ra kattaroq tezlik bilan aylanishi ma'lum. Halqalar tekisligi Saturn ekvatori tekisligiga nisbatan deyarli mos keladi va orbita tekisligiga esa 27º burchak ostida og‘ish bilan, doimiy ravishda sayyora gravitatsiyasi ta'sirida turadi va ular asosan 1-3 sm o‘lchamdagi son sanoqsiz mayda tabiiy yo‘ldoshlardir. Zamonaviy ma'lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, halqalarning kengligi 3.5 km atrofida. Halqalarning umumiy tashqi diametri 275000 kilometrni tashkil qiladi.

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari mavjudligi haqida 1609-yilda dastlabki bo‘lib uni teleskop orqali kuzatgan Galileo Galiley fikr yuritgan edi. Uning kuzatishlarida Saturn yagona yaxlit osmon jismi emas, balki o‘zaro tutashgan jismlardek taassurot uyg‘otganini yozadi. Lekin Galileyning o‘zi Saturnning yo‘ldoshlarini topa olmadi. 1659-yilda Xristian Gyugens yanada kuchliroq teleskop yordamida, Galiley kuzatgan hodisa aslida Saturnning halqalari ekanligini aniqlaydi. Shu yilning o‘zida u Saturnning eng yirik tabiiy yo‘ldoshi - titanni ham kashf etdi. 1675-yildan boshlab Kassini ham Saturnni jiddiy o‘rganishga kirishdi. U Saturn halqasi yaxlit bo‘lmay, balki o‘zaro bir-biridan aniq ajralib turuvchi alohida halqalardan iborat ekanligini aniqladi. Shuningdek Kassini Yapet, Tefiya, Diona va Reya tabiiy yo‘ldoshlarini kashf qildi. 1789-yilda U.Gershel Saturnning yana ikkita tabiiy yo‘ldoshini aniqladi - Mimas va Enselad. Keyinchalik Britaniyalik bir guruh olimlar tomonidan Giperion kashf etildi. 1899 yilda esa, Uilyam Pikering yana bir tabiiy yo‘ldosh - Febani kashf qildi. Febaning o‘ziga xosligi shunda ediki, u Saturn bo‘ylab, sinxron aylanmasdan balki 500 kundan ziyod muddatda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi. 1944-yilda Jerard Koyper Saturnning tabiiy yo‘ldoshi - Titanda atmosfera mavjudligini aniqladi. Bu Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar orasida atmosferaga ega bo'lgan yagona va noyob yo‘ldosh hisoblanadi. XX-asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Saturnga yetib borgan kosmik apparatlar yordamida ushbu gaz gigantining yana bir necha o‘nlab tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 2009-yilda sayyoraga eng yaqin tabiiy yo‘ldosh, diametri 300 metrlik S/2009 S-1, halqaga tashlagan soyasi orqali sezib qolindi. 2013-yilda Saturnning hozircha so‘nggi tabiiy yo‘ldoshi - Egeon tasnifga kiritildi. U 2008 yilda "Kassini" fazoviy apparatini tomonidan G halqasini o‘rganish vaqtida kashf etilgan edi. Keyinchalik uni ancha avvalgi tasvirlarda ham mavjud bo‘lib, faqat nazardan chetda qolganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Saturnning jami 82 ta tabiiy yo‘ldoshi ma'lum.

Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari:

Tabiiy

yo‘ldosh nomi

Sayyora sirtidan

o‘rtacha

uzoqligi

Aylanish davri

(kun)

Diamteri yoki

o‘lchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim

1

Mimas

185600

0.94

500

1789

U. Gershel

2

Enselad

238100

1.37

600

1789

U. Gershel

3

Tetis (Tefiya)

294700

1.89

1000

1684

J. Kassini

4

Diona

377400

2.74

800

1684

J. Kassini

5

Reya

527100

4.52

1500

1672

J. Kassini

6

Titan

1221900

15.95

5500

1655

X. Gyugens

7

Giperion

1464100

21.28

400

1848

J. Bond

8

Yapet

3560800

79.33

1500

1671

J. Kassini

9

Feba

12944100

550.4*

300

1899

U. Pikering

10

Yanus

151500

0.75

350

1966

O. Dolfyus

11

Atlas

137670

0.6

49

1980

R. Terril

12

Prometey

139400

0.61

140

1980

Kollins

13

Pandorra

141700

0.63

110

1980

Kollins

14

Epimetey

151430

0.69

140

1980

Fauten

15

Telesto

294660

1.89

24

1980

Rentsema

16

Kallipso

294700

1.89

30

1980

Paku

17

Yelena

377400

2.74

36

1980

J. Lekasho

18

Pan

133600

0.57

20

1990

 

19

Imir

23040000

1315.4

18

2000

 

20

Piliak

15200000

686.9

22

2000

 

21

Tarvos

17983000

926.2

15

2000

 

22

Idjirak

11124000

451.4

12

2000

 

23

Suttung

19459000

1017

7

2000

 

24

Kiviok

11111000

449.2

16

2000

 

25

Mundilfari

18685000

952.6

7

2000

 

26

Albioriks

16182000

738.5

32

2000

 

27

Skadi

15541000

728.2

8

2000

 

28

Erripo

17343000

871.2

10

2000

 

29

Siarnak

17531000

895.6

40

2000

 

30

Tryum

20474000

1094

7

2000

 

31

Narvi

19007000

1004

7

2003

 

32

Metona

194000

1.010

3

2004

 

33

Pallena

211000

1.140

4

2004

 

34

Polidevk

377400

2.740

4

2004

 

35

Dafnis

136500

0.594

7

2005

 

36

Egir

20735000

1116.5

6

2004

 

37

Befind

17119000

834.8

6

2004

 

38

Bergelmir

19338000

1006

6

2004

 

39

Bestla

20129000

1084

7

2004

 

40

Farbauti

20390000

1086

5

2004

 

41

Fenrir

22453000

1260

4

2004

 

42

Fornot

25108000

1490.9

6

2004

 

43

Xati

19856000

1039

6

2004

 

44

Girokkin

18437000

932

8

2006

 

45

Kari

22118000

1233.6

7

2006

 

46

Logi

23065000

1312.0

6

2006

 

47

Skoll

17665000

878.3

6

2006

 

48

Surt

22707000

1297.7

6

2006

 

49

Anfa

197700

1.037

2

2007

 

50

Yarnaksa

18600000

942

6

2006

 

51

Greyp

18105000

905

6

2006

 

52

Tarkek

17920000

895

7

2007

 

53

Egeon

167500

0.80812

0.5

2008

 

54

S/2004 S 7

19800000

1103

6

2005

 

55

S/2004 S 12

19650000

1048

5

2005

 

56

S/2004 S 13

18450000

906

6

2005

 

57

S/2004 S 17

18600000

986

4

2005

 

58

S/2006 S 1

18981000

970

6

2005

 

59

S/2006 S 3

21132000

1142

6

2006

 

60

S/2007 S 2

16560000

800

6

2007

 

61

S/2007 S 3

20518500

1100

5

2007

 

62

S/2009 S 1

117000

 

0.3

2009

 

 

Saturnning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

1 353 572956 km; 9,048 a.b.

Afeliy

1 513 325 783 km; 10,116 a.b.

Katta yarim o‘q (α)

1 433 449370 km; 9,582 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,055 723 219;

Siderik aylanish davri

10 759,22 kun; 29.46 yil.

Sinodik aylanish davri

378,09 kun;

Orbital tezligi (v)

9.69 km/soniya

Peritsentr argumenti

336,013 862

Og‘ishi

2,485 240

Yo‘ldoshlari

62

Saturnning fizik ko‘rsatkichlari

Ekvatorial radiusi

60 268 ± 4 km;

Qutb radiusi

54 364 ± 10 km;

Sirt yuzasi (S)

4,27·1010 km2 ;

Hajmi (V)

8,2713·1014 km;

Massasi (m)

5,6846·1026 kg; 95 yer massasi

o‘rtacha zichligi (ρ)

0.687 g/sm3;

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

10.44 m/soniya2;

o‘qining og‘ish burchagi

26.73

Albedo

0,342 bond; 0,47 geometrik albedo

Ekvatorial aylanish tezligi

9.87 km/soat

Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik

35.5 km/soniya;

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

+1.47 dan ?0.24 gacha

Sirtidagi harorat

1 bar sathda 134 K

0.1 bar sathda 84 K

Saturn atmosferasi tarkibi:

Vodorod (H2)

~96 %

Geliy (He)

~3 %

Metan (CH4)

~0,4 %

Ammiak (NH3)

~0,01 %

Vodorod deyterid (HD)

~0,01 %

Etan

0,000 7 %

Shuningdek muzlagan holatdagi, ammoniy, suv, ammoniy gidrosulfidi (NH4SH) aniqlangan.

 


* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.10.2019 18:13