Quyosh atmosferasi

22.07.2013 04:32 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Astronomiya
Chop etish
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Quyosh atmosferasi

 

Quyosh atmosferasi (quyoshning ko‘rinadigan qatlamlari) - bir necha ustma ust qatlamdan iborat. Ulardan eng ichkaridagisi va eng qisqa qalinlikdagisi - Fotosfera bo‘lib, u quyosh atmosferasining ko‘rinish spektridagi yagona qatlamidir. Fotosfera qatlami yuqori va quyi chegarasi masofasi 300 kilometr bo‘lib, takrorlanuvchi rangdor quyosh dog‘laridan iborat bo‘lib ko‘rinadi. Bu dog‘larning paydo bo‘lishini, Quyoshning ichki qatlamlarida sodir bo‘ladigan konveksiya hodisasi bilan bog‘lanadi.

Fotosferadan keying qatlam - Xromosfera deb nomlanadi. Xromosferani Quyoshning to‘liq tutilishlari vaqtida to‘q rangli xalqani o‘rab turgan och pushti rangda kuzatish mumkin. Fotosferadan farqli ravishda, Xromosfera bir jinsli bo‘lmagan tarkibi bilan diqqatni jalb etadi. Tarkibning bir jinsli emasligining ikki hil ko‘rinishi mavjud: Yorqin va Qoramtir. Bularning har ikkalasi ham, yaqqol ajralib ko‘rinadigan rangdor dog‘lar shaklida ko‘rinadi. Bu dog‘larning o‘lchamlari Fotosfera dog‘laridan bir necha barobar katta. Xromosfera xalqasining chetki qismlarida o‘ta yuqori zichlikda otilib chiqayotgan gazlarning yonishidan hosil bo‘luvchi olov tillari - Xromosfera spikulalarini kuztish mumkin.

Quyosh atmosferasining eng chetki va eng siyrak qatlami - Quyosh toji hisoblanadi. Uni Quyoshning to‘liq tutilishi vaqtida, yoki, maxsus asbob - Koronograf bilan kuzatish imkoniyati mavjud. Quyosh tojida harorat million darajagacha yetadi va uning tashqi chetlari Quyoshning o‘z radiusidan bir necha o‘n barobar uzoqlikkacha yetishi mumkin.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

 

Yangilаndi: 24.09.2018 09:14