Cho'ktirish.

23.09.2013 00:00 Muzaffar Qosimov Ma'lumotnomalar - Kimyo
Chop etish
Maqola Reytingi: / 11
Juda yomon!A'lo! 

Cho'ktirish.


Moddalarni eritmalarda uch xil yo'l bilan: siqib chiqarish, vodorod ko'rsatkichni (vodorod ionlar konsentratsiyasini) o'zgartirish, yoki, erimaydigan birikmalarni hosil qilish bilan cho'ktirish mumkin. Agar ikki moddaning har biri alohida olinganida mazkur erituvchida erisa, bir-birida esa qiyin erisa, yaxshi eriydigan tegishli konsentratsiyada yomon eriydigan moddani siqib chiqaradi. Siqib chiqarishning ikki usuli: suvli eritmalarda organik yoki anorganik tuzlarni ishlatib, tuzga tushirish va ikki yoki undan ortiq o'zaro aralashuvchi erituvchilarni ishlatib cho'ktirish yuqorida aytilgan tamoyilga asoslangan. 
Tuzga tushirish uchun anorganik yoki organik tuzni kukun yoki eritma holida modda eritmasiga qo'shiladi. Bu usul yordamida suv bilan qisman aralashadigan erituvchilar (spirtlar, efirlar, va ho kazo), organik kislotalar, aminokislotalar, peptidlar suvli eritmalardan ajratib olinadi. Cho'ktiruvchining tabiati yoki miqdorini o'zgartirib, eriydigan moddalarni erituvchilar aralashmasida qoldirib, moddalarni eritmadan tanlab cho'ktirish mumkin.
Erituvchilar bilan cho'ktirish moddaning yuqori haroratga sezgirligi tufayli kristallanishi mumkin bo'lmaganda yoki uning kristallanuvchanligi yomon bo'lganda qo'llaniladi (masalan polimerlarni cho'ktirishda).

"Yosh kimyoga"r ensiklopedik lug'atidan olindi

 

Yangilаndi: 23.09.2014 17:38